36
og‘ir munosabatlar, hamda o‘zaro arazlar haqida yangi xodimga «yetkazish» shart
emas. Bir jamoa munosabatining shakli ularning o‘zaro do‘stona layoqati hamda
oldindan mavjud rusmlarni ushlash darajasiga bog‘liq. Ammo har qanday holatda
ham do‘stingiz familiyasini aytib murojaat qilishingiz noto‘g‘ri. Ish vaqtida xizmatga
doir vazifalarni bajarayotganda o‘zingizni idorangiz nomidan tanitasiz, shunga ko‘ra
hamma vaqt ham ism, familiyani aytish shart emas.
Dam olish maskanidagi hayot tanishishning nisbatan
oddiyroq shaklini taqozo
etadi.
«Kitobingizni ko‘rsam maylimi?»
deb boshlangan murojaatning o‘zi yaqin
munosabatga asos bo‘la oladi. Bunday holatda qo‘shni stol va hamxonaningizga
o‘zingizni tanishtirishingiz maqsadga muvofiq. Umumiy tanishuv hamda do‘stona
kayfiyatni paydo qilishda ba’zi oromgohlarda bo‘lgani kabi
«tanishuv kechalari»
o‘tkazish yaxshi qo‘l keladi. O‘zaro tengdoshlar – qizlar va bolalarning tanishuvida
ismning o‘zi yetarli.
Mana sizni tanishtirishdi. O‘zingizni endi qanday tutasiz? Agar sizni
tanishtirayotgan kishi ismi-sharifingizni aytgan bo‘lsa, ko‘rishish uchun qo‘lingizni
uzatayotib, buni qaytarishingiz shart emas. Birinchi bo‘lib tanishishga taklifni qabul
qilgan
odam uzatadi, ya’ni ayol kishi erkak kishiga, katta – kichikka, rahbar –
xodimga. Tanishtirilgan Shahs to unga javoban ko‘rishishga qo‘l uzatmagunga qadar
qo‘l uzatmaydi. 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar kattalar ko‘rishayotganda turib
ko‘rishadilar. Uy bekasi yoshi va jinsidan qat’i nazar o‘rnidan turib ko‘rishishi lozim.
Agar taklif qilinganlardan biri kechikib kelsa, mezbon birvarakay uni hamma bilan
tanishtiradi va joyga o‘tkazadi. Kechikib kelgan odamning o‘zi
keyinroq stol
atrofdagilar bilan tanishib olishi mumkin.
Ko‘chada sizga notanish ayol bilan ketayotgan tanishingizni ko‘rib qolgan
paytda, ayolga qarab bosh bilan ta’zim qilib, bir chetga o‘tasiz, ko‘rishishni esa
tanishingizga qo‘yib bering – kerak bo‘lsa uning o‘zi sizni tanishtiradi.
O‘zini boshqalarga tanitish ham bir san’atdir. Bunday vositachisiz tanishish
qiyinroq bo‘lib, juda odob saqlashni talab qiladi. Odobli kishi istagan vaqtda o‘zini
tanita oladi. Tanishi uchun yo‘l ochib beradigan vositalar juda ko‘p. Tanishish
mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va Shu
kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o‘zi gaplashib
kyetishga va keyinchalik
tanishishga sabab bo‘ladi.
Ismi-shariflar haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega
bo‘lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Bir ko‘p yillardan so‘ng biz tezda
yodga olgan ismning egasi xursand bo‘ladi. Ammo begona ismlar tezda xotiradan
uchib ketadigan vaziyatlar juda ko‘p. Bunday holatda nuqsonni bildirmaslikka
harakat qiling. Ammo agar siz bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olmasangiz:
«Uzr
yodimdan ko‘tarilibdi»
deb tan olishga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatdan hazil yoki
ishonchlilik orqali chiqib kyetish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga to‘g‘ri
37
keladi.
Bunda
«Biz tanishmiz»
degan javobni eshitmaslik uchun o‘z ismi-sharifini
aytib so‘rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni tanimay hayron bo‘layotgan
yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar ekanmiz:
«meni taniyapsizmi?»
deb
uni qiynamaganimiz ma’qul. Bundan u noqulay bo‘lishi mumkin. Ammo
«biz falon
joyda tanishgandik»
degan ma’noda so‘z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz
durust. Bu uni kim bilan gaplashayotgani haqida eslashga yordam beradi.
Ishxonada ham ayol ayolligini yo‘qotmaydi. Odobli erkak ayol kishiga joy
beradi va turli xil achchiq hamda qo‘pol so‘zlardan o‘zini tiyadi. Ammo barcha
mulozamat turlari asosiy narsaga – ishni borishiga xalaqit bermaslik lozimdir. Erkak
ishlayotgan bo‘lsa, ayol uchun o‘rnidan turib paltosini olib berishi shart emas. Ammo
garderobda birga bo‘lib qolishsa, kiyishga yordam berishi shart. Ayol kishi ham o‘z
o‘rnida, agar ishxonada erkak kishi o‘zini og‘irroq tutsa,
shikoyat qilmasligi, erkak
kishi ishlab o‘tirgan bo‘lsa, faqat ayol turgani uchun o‘rnidan turishni talab qilmasligi
lozim.
Ayollar! Ish sharoitida o‘z ayollik latofatingizni suiste’mol qilmang. Ish
muammolarini ko‘z yoshi bilan hal qilishga intilmang. Va yana bir maslahat. Ish
stolni chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli ko‘rsatmaydi. Ular uchun
boshqa joyni topgan ma’qul. Telefon go‘shagini ko‘tarayotib
«Bu kim?»
deb
qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish imkoniyatiga ega.
«Kim so‘rayapti?»
deb so‘rash mumkin. Ayni paytda telefon suhbatlariga doir bir narsani aytib o‘tiz
joiz. Imkon qadar ishxonada telefonda kamroq va qisqaroq so‘zlashish lozim. Ammo
agar iloji bo‘lmasa, buni yarim ovozda ham qisqaroq shaklda olib borish mumkin.
Ishxonadagilarni yo‘qotilgan kalit yoki tikuvchi bilan bo‘lgan uchrashuvga doir
masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi alohida jamoa o‘rtasida xodimlar
tug‘ilgan kunlarini nishonlash rusmga aylanib qolgan. Rusm bo‘lgani o‘z-o‘zidan
yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Tabriklar qabul
qilayotgan ayyom sababchisi o‘rnidan turadi. Bunga javoban oddiy o‘tirishni taklif
qilish mumkin: kofe, shirinlik. Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma’qul.
Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug‘diradi va keyingi tug‘ilgan kun egasini
«qiynab»
qo‘yishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlar chiroyli rusmlarni falokatga
aylantiradi. Agar sovg‘a sifatida shirinlik olgan bo‘lsangiz, atrofdagilarni u bilan
mehmon qiling. Rahbarning tug‘ilgan kunini mavjud muassasining rusmiga qarab
nishonlanadi. Rahbarni tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullarni
qo‘ymoqdir. Lekin baribir xodimlar rahbarga sovg‘a
qilishni istasalar, unda eng
yaxshisi – o‘rtame’yona, qimmat bo‘lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar,
kuldon yoki stol uchun mayda-chuyda narsalar, albom, kitoblar sovg‘a qilish
mumkin. Yaxshi tashkillashgan, kirishimli jamoalarda karmon, portfel yoki qo‘lqop
ham hadya qilish mumkin.
Muassasa rahbari ayniqsa, yoshroq bo‘lsa, yoshi ulug‘
xodimlar va ayollar bilan birinchi bo‘lib ko‘rishadi. Bo‘limga kirib kelgan rahbar
38
birinchi bo‘lib so‘rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob
beradi, ammo o‘rinlaridan turmaydilar. O‘zining xonasida rahbar oldiga bir masala
bo‘yicha kelgan ayol xodim uchun o‘rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa cho‘zilgan
taqdirda, rahbar xodimga o‘tirishni taklif qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: