Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi 
Rasmiy qabul marosimi taklif etilgan mehmonning tashqi ko‘rinishi muhim rol 
o‘ynaydigan tantanali marosimlar turiga kiradi. Qadim zamonlardan bugungi 
kungacha qabul marosimlarida kiyiladigan kiyimlarni tanlashning qoidalariga qatiy 
amal qilish urf-odati saqlanib kelmoqda. Ushbu qoidalarga rioya qilish zaruriyligi 
hamon zamon talabidir. 
Erkak kishilarning kiyimi konservativ ekanligi, qat’iy cheklanganligi bugungi 
kunda ham o‘z dolzarbligani yo‘qotmagan. Rasmiy tadbirlar uchun erkak kishilarga 
smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi. 
Smoking va frak — bugungi kunda kechki kostyumlarning turi bo‘lib, dunyo 
protokol tajribasida yanada keng foydalanilib kelinmoqda. 
Frak majburiy bo‘lgan hollarda, rasmiy taklifnomalarda «oq galstuk» deb 
belgilanadi. Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (Frakni erkaklar asosan Nobel 
mukofoti bilan taqdirlash tantanali tadbirlarida, Qirol va Podshohlarning saroy 
qabullarida, La Skala premera spektakllarida, ba’zi mamlakatlarda ishonch 
yorliqlarini topshirish marosimlarida kiyadilar). Klassik frak uchun oq kamzul va oq 
«kapalak-bo‘yinbog‘» kerak bo‘ladi. (qora «kapalak-bo‘yinbog‘» va frak faqat 
ofitsiantlar yoki orkestr musiqachilari tomonidan kiyiladi). Frak kiyganda qo‘l soati 
taqilmaydi. Erkaklar paypoqlarinipg rangi kostyum rangidan to‘qroq bo‘lishi kerak 
va bu, o‘z navbatida, kostyum va oyoq kiyim rangining uyg‘unlashishini ta’minlaydi. 
Taklifnomada «qora bo‘yinbog‘» deb belgilansa, smoking kiyish majburiy 
hisoblanadi. Smoking pidjaki bir yoki ikki bortli bo‘lib, tik yoqali yoki keng yoqa
astari shoyi matodan tikilgan bo‘ladi. Shimlarning ikki chekkasiga shoyi kant tikiladi. 
Klassik smoking qora rangda bo‘ladi. 
Smoking ichidan oq kraxmallangan tik yoqali, old qismi «plisse»dan iborat, engi 
«zaponka» taqiladigan ikki maijetli ko‘ylak kiyiladi. 
«Kapalak bo‘yinbog‘» qora yoki to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. Shim belbog‘i ham 
to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ko‘krak cho‘ntagiga oq shoyi matodan tikilgan 
dastro‘molcha solib qo‘yiladi. 
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‘lishi kerak. 
Kora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi. 
Davlat rahbari va uning rafiqasi nomidan o‘tkaziladigan rasmiy qabul 
marosimlarida protokol tajribasiga ko‘ra klassik kostyum kiyiladi. 
Kostyumga bo‘lgan talablar oddiydir: kostyum yaxshi bichilgan va sifatli 
matodan tikilgan, bosiq rangda bo‘lishi kerak. Rasmiy kostyum bir rangda bo‘lishi 
lozim. 


114 
Kechki tadbirlar uchun to‘q ko‘k yoki to‘q kul rangdagi kostyum nihoyatda mos 
keladi (u bilinar-bilinmas yo‘l-yo‘l bo‘lishi ham mumkin). Qora rangdagi kostyum 
kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00. dan ilgari boshlanadigan tadbirlarga och 
rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‘ylak va galstuk kechki kiyimning ajralmas 
qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq 
ranglardagi galstuk tavsiya etiladi. 
Germaniyada erkaklar odatda «dvoyka» – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi, 
ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin.
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tikilish turi va rangiga bo‘lgan 
talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan farqli 
o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda tutish 
lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil yetishi 
kerak. 
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor. 
Kunduzgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus 
yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy uzunlikdagi ko‘ylak yoki ko‘ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida 
maxsus yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa) kechki-bayramona, oddiy uzunlikdagi 
ko‘ylaklar yoki ko‘ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki qabullarga 
berilgan taklifnomada «kechki libos» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu tavsiyaga rioya 
qilish maqsadga muvofiq. 
Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‘rtacha uzunlikda (yerdan 15-20sm 
balandlikda) va uzun (yergacha) bo‘ladi. Oxirgi paytlarda uzun ko‘ylaklar kam 
kiyilmoqda. Kunduzgi qabullar va «kokteyl» yoki «furshet» qabullariga qulay 
poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‘ylaklarga yuqori poshnali zamsh, 
parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi. Kechki 
ko‘ylakka mos qilib shoyi qo‘lqop kiyish mumkin. Agar ko‘ylak yenglari uzun 
bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi. 
Zebu ziynatlarga kelganda, ko‘p mamlakatlarda kunduzgi qabullarga bijuteriya, 
kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zebu ziynatlarni taqish odat tusiga kirgan. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish