Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Birinchi.
Rahbar shahsshunchaki boshqaruvchi emas, balki u tom ma’nodagi 
yetakchi va o‘zgalar uchun ibrat namunasidir. Bu yetakchilik va ibratlilik ishda, 
axloqda va faoliyatda bo‘ladi.


105 
 Ikkinchi.
O‘zbekiston boshqaruv ilmida rahbar shahsning ma’naviyatli bo‘lish 
g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimidan 
demokratik boshqaruv tizimiga o‘tish asoslaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqarilgan 
rahbar 
shahs 
ma’naviyatini Iste’dod, Izlanish, Zamonaviy bilimdonlik, 
Vatanparvarlik, Yurtga sadoqat, Fidoyilik, Professionalizm, Mustaqil dunyoqarash, 
Iymon-e’tiqodlilik va Insoniylik fazilatlari tashkil qiladi. 
To‘rtinchi
. Rahbar shahs ma’naviyati konsepsiyasi xalqimizning milliy 
mentaliteti va dunyoviy mezonlar bilan uyg‘un bo‘lib, u ilmiy-nazariy va amaliy 
jihatdan asoslangandir. 
Beshinchi.
O‘zbekistonda rahbar shahs ma’naviyatining shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllantirilgan. U davlat kafolatiga 
olingan. 
Oltinchi.
Ma’naviyat masalalariga MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib 
O‘zbekistonda alohida e’tibor qaratildi va shu asosda rahbar shahs ma’naviyati 
konsepsiyasi shakllantirildi. 
Rahbar shahs ma’naviyati boshqaruv ilmida: 
-
muammoni hal yetishda shahs omiliga tayanish; 
-
Shahs imkoniyatlarini maqsadli yo‘naltirish; 
-
Shahs imkoniyatlaridan foydalanish bilan ahamiyatlidir. 
Bu masala fundamental ravishda tadqiq etilishi va hayotda keng tatbiq etilishi 
kerak. Shundagina rahbar shahs ma’naviyatiga doir yaxlit konsepsiya o‘z samarasini 
beradi va mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida hamon 
uchrayotgan to‘siq va kamchiliklar bartaraf etilib, ko‘zlangan ulug‘ maqsadlarga 
og‘ishmay va tez sur’atlar bilan yetishish mumkin bo‘ladi.
Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay 
ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari 
ahamiyatlidir:
1. Rahbar – ijtimoiy shahs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab 
chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini 
boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shahs. 
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul 
qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini 
belgilaydi.
3. Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni 
joriy etuvchi tadbirkor shahs hisoblanadi. 
4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli 
faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar 
keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni 


106 
oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta 
boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.
Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini 
namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi kishining shahsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. 
Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi 
kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma 
sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa 
orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy 
faollik shakllanmaydi.
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar oldida 
«o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday 
fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‘ndalang turadi. 
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. 
Ammo eng avvalo, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi 
san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ko‘rinadiki, har kimdan 
san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. 
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, 
odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning 
umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik usulini yaratadi, U o‘z 
boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin Shahsdir, ammo uning rahbarlik 
usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shahsning tafakkuri, aql-idrokiga 
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish
yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish 
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar 
rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, unday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini 
qiynalmasdan egallab oladi, o‘z jamoasi o‘rtasida obro‘ va ishonch qozonadi.
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va 
uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik 
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.
Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa 
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar 
kadrlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya, rahbar 
psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi uchun bor 
imkoniyatlarini ishga solishi kerak. 


107 
Xullas, jamoaga rahbarlik qilish katta san’at. Rahbar – ustoz, murabbiy, rahbar - 
millat tarbiyachisi, jamiyatimizdagi mas’ul shahs. Uning mashaqqatli mehnati natijasi 
o‘laroq, kelajak vorislari kamol topib boradi. Demak, rahbarlarga qaratilgan e’tibor – 
Vatan taqdiriga qaratilgan e’tibordir.
Rahbar shahslar avlodini shakllantirish aslida juda murakkab masala. Bu masala 
bilan olimlar va davlat rahbarlar uzoq vaqt, izchillik bilan Shug‘ullanganlar. Chunki 
odam darhol rahbar bo‘lib tug‘ilmaydi. Izchil tarbiya va tajriba vositasida iqtidorli 
kishilar rahbar Shahsga aylana boradi.
Shu 
o‘rinda Amir Temurning rahbar shahsi xususidagi fikrlarini 
keltirmoqchimiz. U bu borada quyidagi 12 talabga javob bergan shahsni rahbar deb 
hisoblashini yozib qoldirgan: 


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish