O'rta Osiyo xalqlari ma'naviy madaniyat in ing o'sishida islom madaniyat in ing ahamiyati katta bo'ldi



Download 366,44 Kb.
bet2/7
Sana18.04.2020
Hajmi366,44 Kb.
#45593
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 va 5 uchun

XIX asrda О‘zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik observatoriyasi (О‘zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug‘ullangan va natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30- yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi.

1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qо‘qon, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan О‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- О‘zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy boyliklarni о‘rganish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy о‘quv yurtlari va fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida О‘zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial О‘zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bо‘lib kelayapti. О‘sha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xо‘jaligi muammolari (1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bо‘limlari; Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda О‘zbekistonning ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy о‘quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy о‘quv yurtlari ish olib borgan.

1943-yilda О‘zbekistondagi SSSR FA filiali О‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-ta’sischi, 18 ta muxbir a’zo, 3 ta faxriy a’zo akademiya a’zolari bо‘lishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yuksaltirishga yо‘naltirilgandi.

1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi taraqqiyotiga asos bо‘ldi. 60-70-yillarda О‘zbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yо‘naltirilgandi. Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar yuksalishining kompleks tadqiqiga alohida e’tibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.

Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha ta’sir qildi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash tо‘g‘risida” va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli “Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Ma’mun Akademiyasi О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bо‘limi sifatida tiklandi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi va YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan – 12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.) kо‘rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman о‘tkazishdi. О‘zbekistondagi xorij davlatlarning qator elchixonalari О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirlar о‘tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda о‘tkazishdi.

Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori va О‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil qilinganligi alohida ahamiyatga ega bо‘ldi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga о‘tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e’tibor qaratadi. Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ‘ib qilish, muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yо‘llari aniqlanib, hayotga tatbiq qilinmoqda, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy bо‘limlari faoliyati takomillashtirilmoqda.

Biror xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb etadigan har qanday hodisa kabi sovet mamlakatining Osiyo qismidagi birinchi universitetning taraqqiyot yo‘li ham silliq kechmadi, uning olg‘a siljishi tinimsiz chigal sinovlar bilan yonma-yon bo‘ldi. Turkiston xalq universiteti sifatida tashkil topgan oliy maskan yil o‘tib-o‘tmay, davlat universitetiga aylandi. Tug‘ilganining beshinchi yilida dorilfunun maqomi yana bir bor o‘zgarishga yuz tutdi. G‘oyat ulkan hududdagi aholini malakali kadrlar bilan ta’minlash va bu o‘lkalar turmush yo‘sinini o‘zgartiradigan darajada ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishga yo‘naltirilgan bu maskan 1923 yilning iyulь oyidan e’tiboran birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘ODU) tarzida atala boshladi. Sirasini aytganda, bu nom universitetning asl maqomini to‘laroq ifoda etardi. Negaki, bu davrga kelib, ushbu o‘quv yurtida nafaqat Turkiston respublikasi, balki Xorazm xalq respublikasi, Buxoro xalq respublikasi, Qirg‘iz avtonom viloyati fuqarolari ham o‘qiyottan va ularniig soni yildan yilga ortib borayottan edi. Chunonchi, shu yili yuz nafar qirg‘iz yoshlari talabalikka qabul qilingandi. Eron hukumati ellik nafar talaba o‘kitib berilishi so‘rab murojaat qilgandi. Bu hol universitetning faoliyat doirasini bir mamlakatdan tashqariga chiqarib, xalqaro maqomga ega qildi.


Aytish kerakki, TurDUning O‘ODUga aylanish sanasi manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, «XX let Sredne-Aziatskogo gosudarstvennogo universiteta» kitobining 13-betida bu hodisa 1923 yilning 19 iyulida ro‘y bergan deyilsa, «ToshDU ilm va ma’rifat maskani» asarida o‘sha yilning 17 iyulida ekani qayd etiladi.
1924 yilda o‘tkazilgan milliy chegaralanish va tashkil qilingan har bir yangi respublikaning bilimli zamonaviy mutaxassislarga o‘ta muhtojligi O‘rta Osiyo davlat universitetining ahamiyatini yanada oshirdi. O‘sha davr hukumati tomonidan ulkan hudud va ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mintaqadagi yagona universitetning ravnaqiga imkoniyat darajasida e’tibor qaratildi. Lekin, birinchidan, bu imkoniyatning o‘zi g‘oyat cheklangan edi, ikkinchidan, markscha-lenincha mafkura birinchi universitetning emin-erkin taraqqiy etipshga yo‘l qo‘ymasdi. Shu sababli O‘ODUning o‘sish yo‘li ancha chigal va murakkab bo‘ldi.
Sho‘ro davrida tayyorlangan hamda ular asosida keyingi yillarda yozilgan ayrim adabiyotlarda O‘rta Osiyo davlat universiteti yildan yilga miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham tinimsiz o‘sib, yuksalib borganligi qayd etiladi va buni isbotlashga xizmat qiladigan raqamlar keltiriladi. Holbuki, bir odamning umri faqat o‘sish quvonchlaridan iborat bo‘lmaganidek, birinchi universitetning taraqqiyoti ham silliq hamda ko‘zni quvontirar darajada yarqiroq kechmagan. Bunday bo‘lishi mumkin ham emasdi. Buning ustiga raqamlar hamisha ham haqiqiy ahvolni aks ettiravermaydi. Chin vaziyatni bilmoq uchun raqamlar zamiridagi mohiyatga etib borish talab etiladi.
1924 yilda Turkiston davlat Botanika bog‘i birinchi universitetga qo‘shib berildi. U qishloq xo‘jatigi fakulьteti talabalari uchun amaliyot o‘tash, botanika va tuprokshunoslik institutlari xodimlari uchun ilmiy tajribalar o‘tkazish manbasiga aylandiki, bu hol o‘qitish sifatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
1924 yilda universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga etdi. Ular orasida nodir qo‘lyozma asarlar ham talaygina edi. 1940 yilda esa kugubxona 376 ming kitob fondiga ega bo‘ldi. 1923 yilning noyabridan «O‘rta Osiyo davlat dorilfununi axbori» (Byulletenь Sredneaziatskogo gosudarstvennogo universiteta) chop etila bog‘landi. Asosan, Rossiyadan kelgan olimlarning rus tilida bitilgan turli mavzudagi ilmiy izlanishlari chop etiladigan ushbu nashr tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. Buni «Axborot»ning 1925 yilda chet ellardagi 278, 1929 yilda 438 oliy maktab va ilmiy markazga jo‘natilgani ham isbotlaydi.
Milliy chegaralanish o‘tkazilib, O‘zbekiston alohida respublikaga aylangandan so‘ng ham O‘ODU rasmiy ravishda sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasi ixtiyorida qoldirilib, federal byudjetdan ta’minlanadigan va u sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasining ilmiy-o‘quv va adabiy-matbuot ishlari qo‘mitasi rahbarligida ishlaydigan bo‘lib qolaverdi. Bu O‘rta Osiyoda yagona oliy maktabga alohida e’tibor tarzida talqin etilsa-da, aslida universitetning erli hukumat ta’siriga tushib, erli millatlar manfaatiga bo‘ysundirilishidan xavotir natijasi edi.
1926 yilda universitetning fakulьtetlari soni ko‘payib, ettitaga etdi. O‘ODU qoshida tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, fizika-matematika, melioratsiya muhandisligi, erli xo‘jalik va huquq, sharq va ishchi fakulьtetlari faoliyat yuritar edi. 1929 yilda talabalar soni 2750 nafarni tashkil etdi. Universitet fakulьtetlarining yiriklashib borishi ularning tashkiliy faoliyatida bir qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Fakulьtetlarning ichki ixtisoslashuvi kuchayib, bo‘limlar soni ortishi natijasida boshqa fakulьtetlar bilan aloqa susayib bordi. Ayrim fakulьtetlarning ilmiy salohiyati o‘sha davr o‘lchovlari bilan yondashilganda, alohida oliy o‘quv yurti darajasida edi. Natijada, oliy ta’limni bir universitet miqyosidagina ushlab turish tashkiliy pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emasligi oydinlashib, O‘rta Osiyo davlat universitetining ayrim fakulьtetlari asosida yangi oliy maktablarni ochish zaruriyati paydo bo‘ldi. 30-yillar boshida markazdan qochish qonuniga muvofiquniversitet tarkibidagi bir qator fakulьtetlar mustaqil oliy o‘quv yurtlari bo‘lib ajralib chiqdi. 1929-1932 yillarda Toshkentning o‘zida O‘ODU bazasida industrial, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va mexanizatsiyasi, moliya-iqtisod, pedagogika institutlari, Samarqand shahrida xalq xo‘jaligi instituti, Ashxobodda zooveterinariya instituti, hozirgi Xo‘jandda qishloq xo‘jaligi instituti tapgkil etildi. Bulardan tashqari, universitetdan bir qator ilmiy-tadqiqot instituglari ham ajralib chiqib, mustaqil ilmiy tashkilotlarga aylandi Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘rta Osiyo davlat universiteti asosida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlari soni 14 taga etdi.
Turkiston sho‘rolar MIQiing 1919 yshg 31 yanvardagi 195-buyrug‘i bilan tashkil etilib, 1920 yilning 11 fevralida ochilgan va to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchi va dehqonlarni universitet «kursini o‘tashga tayyorlashdan iborat» ishchi fakulьteti bu davrga kelib, ancha oyoqqa turdi. Fakulьtetga o‘zbeklar va bopgqa erli millat vakillarini qabul qilish bir qadar ko‘paydi. Ilk bor 153 tinglovchi bilan ish boshlagan bu fakulьtet 1923 yilda 784, 1924 yilda 773, 1925 yilda 889,1928   yilda 900 nafar tinglovchi qabul qildi. Lekin fakulьtetning ta’limiy tarkibi erli aholi uchun o‘ta noqulay tuzilgandi. Chunonchi, fakulьtet aeoeiy va tayyorlov bo‘limvdan iborat bo‘lib, asosiy bo‘limda uch yil, tayyorlov bo‘limda ikki yil o‘qish kerak bo‘lardi. Demak, o‘rta maktabni bitirmagan yurt egasi besh yil ishchi fakulьtetida, yana besh yil o‘zi kirgan fakulьtetda o‘qishi lozim bo‘lardiki, bu erli yoshlarning ilm olish imkoniyatini pasaytirardi. Faqat 1930 yilga kelib, fakulьtetda o‘qish muddati uch yilga keltirildi. Shu holatda bu yordamchi fakulьtetning faoliyati 1938 yilga qadar davom etdi.
Universitetda mahalliy xalq vakillari soni haddan tashqari kam edi. Jumladan, 1925-1926 o‘kuv yilida 157 nafar erli aholi o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, 1928- 1929      yilda bu ko‘rsatkich 256 nafarga etdi. Ularning yarmi o‘zbek millatiga mansub kishilar edi. Lekin ularning juda katta qismi o‘qishni oxiriga qadar etkaza olmasdilar, albatga. Fikrimizni O‘ODUga qabul qilinuvchilar miqdori bilan uni bitiruvchilar soni o‘rtasida juda katta ayirma borligi ham isbotlaydi. Chunonchi, agar 1924 yilda universitetga 2278 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, besh yildan so‘ng, ya’ni 1928 yilda O‘ODUni bitirgan yosh mutaxassislar soni bor- yo‘g‘i 250 kishini tashkil qildi. Boshqacha aytganda, o‘qishga kirgan har besh kishining birigina universitetni bitirib chiqa oldi, xolos. Bulariing orasida o‘zbeklar qancha bo‘lganligini faqat tasavvur etish mumkin. Shunga qaramay, baribir, sekinlik bilan bo‘lsa-da, universitet o‘quv-ilmiy faoliyatida olg‘a siljish davom etardi.
1922 yilda universitetning bitiruvchilari orasida barmoq bilan sanarli bo‘lsa-da, mahalliy xalq vakillari, xususan, keyinchalik sobiq ittifoq tibbiyot akademiyasining akademigi darajasiga erishgan Zulfiya Umidova kabilar borligi ko‘z yumib bo‘lmaydigan fakt edi. Yillar o‘tishi bilan ota-bobolari ilmga chanqoq o‘zbek millati vakillari universitetga tobora ko‘proq kela boshladi. 1928-1929 o‘quv yilida abiturientlarniig 19 foizi erli aholi bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi o‘zbeklar edi. To‘g‘ri, abiturientlarning aksariyati kirish imtihonlaridan o‘tolmasdi, kirganlarning ham talaygina qismi o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lishardi. Lekin universitetda o‘qishga intilish jarayoni boshlangan va u tobora ommaviy tus olmoqda ediki, bu holning o‘zi kishini umidlantirardi.
1928-1929 o‘quv yilidan e’tiboran barcha fakulьtetlar qoshida tayyorlov kurslari ochilib, ularga erli aholi vakillari qabul qilinib, universitetga kirishga tayyorlanadigan bo‘ldi. 1930 yilda bu kurslar o‘qish kunduzgi va kechki tarzda olib boriladigan tayyorlov bo‘limlariga aylantirildi. Shuningdek, 1929 yildan boshlab, ikkinchi bosqichli maktabni, texnikum yoki qisqa muddatli o‘qituvchilar institushni bitirgan erli aholi universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadigai bo‘ldi.
Sobiq ittifoq MIQning 1932 yil 19 sentyabrdagi «Oliy maktab va texnikum-lardagi o‘quv dasturlari va tartibi to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq qabul imti-honlari yana tiklandi. Universitetda imtihon sessiyalari va diplom ishlari himoyasi joriy etildi. Bu davrda ma’ruza oliy ta’limning asosiy usuli darajasiga ko‘tarildi.
1930 yilning martida O‘rta Osiyo xalqlari tillari fakulьtetlararo kafedrasi tashkil etildi. Shu yillardan boshlab erli millatlar tilini o‘qitishga bir qadar e’tibor qaratildi. Bu tillardan biri bo‘yicha kirish imtihonlari topshirish majburiy qilib qo‘yildi. 30-yillar o‘rtalariga kelib, birinchi marta universitetdagi ayrim fanlarii o‘z tillarida o‘qishlari zarur bo‘lgan «milliy guruh»lar paydo bo‘ldi. Lekin ta’limni milliy tilga o‘tkazish tezgina ro‘y berib qolmadi. Dastlab ayrim fanlargina milliy tilda o‘qildi. So‘ng matematika, fizika, botanika, zoologiyaga doir ba’zi kitoblar universitet domlalari tomonidan o‘zbekchalashtirildi. Bu harakat keyinchalik ham turli sur’atlarda davom ettirildi. 1941 yilga kelib O‘ODU professor-o‘qituvchilari tarkibida 21 nafar o‘zbek bor edi.
O‘ODU tarkibidan bir qator oliy o‘quv yurtlari ajralib ketishi sababli 1931 yilga kelib, uning tarkibida birgina fizika-matematika fakulьteti qoldi. Bu yagona fakulьtet asosida tez orada biologiya, ximiya va fizika-matematika kabi uch fakulьtet tanjil qilindi. Tabiiyki, talabalar soni keekin qisqarib ketgandi. Ko‘rinadiki, O‘ODU garchi universitet deb gyumlanishda davom etsa ham, amalda tabiiy-aniq fanlar oliy o‘quv yurtiga aylangan edi. Chin ma’nodagi universitet bo‘lishi uchun unda filologiya, tarix, geografiya, huquqshunoslik, iqtisod singari an’anaviy fakulьtetlar ochilishi lozim edi. 1935 yilda tarix va geografiya fakulьtetlari ochilib, fakulьtetlar soni beshtaga etdi. 30-yillar adog‘ida chet tillar, pedagogika (1937), rus va o‘zbek tillari (1939), jismoniy tarbiya va harbiy ish (1939) kabi bir qator fakulьtetlararo kafedralar tashkil etildi.
Sobiq ittifoq MIQning 1938 yil 16 apreldagi qarori bilan O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Xalq komissariati kengashi tasarrufiga o‘tkazildi. U esa O‘ODUni Xalq maorifi komissarligi qaramog‘iga o‘tkazdi. Endilikda universitetni mablag‘ bilan ta’minlash respublika hukumati zimmasiga tushardi. Shuniig uchun ham dastlabki yillarda universitet ta’minotida moliyaviy taqchillik va uning oqibati o‘laroq, tashkiliy uzilishlar ro‘y berdi.
1939 yilda O‘ODUda ximiya-texnologiya fakulьteti ham tashkil qilindi. Lekin universitet tabiatiga u qadar mos kelmaydigan ushbu fakulьtet 1940 yilning 1 sentyabridan talabalari bilan birga, O‘rta Osiyo industrial instituti tarkibiga kiritildi. Fakulьtetlar sonining kamayishi o‘z-o‘zidan talabalar miqdorining ham ozayishiga olib keldi. Shuning uchun ham oliy maktablar ishlari Butunittifoq qo‘mitasining 1939 yil 29 iyuldagi buyrug‘i bilan O‘ODUning talabalari soni 4500 kishidan iborat bo‘lishi kerakligi qatьiy belgilab qo‘yildi. Ushbu buyruqqa muvofiq universitetning tashkiliy tuzilmalarini kengaytirish maqsadida tarix fakulьteti tarix-filologiya fakulьtetiga aylantirildi.
O‘rta Osiyo davlat universiteti rahbariyati kafedralar faoliyatiii jonlantirishga bir muncha e’tibor qaratdi. Shuning uchun ham garchi fakulьtetlar soni kamayib-ko‘payib tursa-da, kafedralar tizimini sakdab qolish va uning miqdorini muntazam ravishda o‘stirib borishga erishildi. Ham o‘quv, ham ilmiy-tadqiqotlar olib boritshga uyushtirish borasida eig qulay tuzilma bo‘lmish kafedralar soni 1937 yilda 17 ta, 1938 yilda 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1939 yilda 46 taga etdi. 1940 yiliing boshiga kelib, professor-o‘qituvchilar orasida 15 iafar fan doktori bor edi. Bu ko‘rsatkich 1938 yilda 6 nafarni tashkil etgaidi. Fan iomzodlari miqtsori 85 kishiga etdi (1938 yilda 52 nafar), professorlar esa 39 kishini tashkil qildi (1938 yilda 32 kishi), dotseitlar 60 nafarga etdi (ikki yil oldin ular 32 kishi edi) va h.k.3
1939-1940 o‘quv yilida universitet xalq xo‘jaligining matematika, mexanika, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tuprokshunoslik, geografiya, tarix, organik kimyo, noorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, analitik kimyo, silikatlar texnologiyasi, yog‘lar texnologiyasi, vinochilik, spirtchilik kabi o‘n sakkiz sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlardi. Shu o‘quv yilida universitetga hujjat topshirgan abiturientlarning 40 foizi, talabalikka qabul qilinganlarning 25 foizi erli millatlar vakillari edi.
1938 yilda tarix, mexanika-matematika va geografiya fakulьtetlarida sirtqi ta’lim tashkil etildi va 1939 yildayoq O‘ODUning sirtqi bo‘limini 18 kishi bitirib chiqdi. Bu holat erli aholini oliy ta’lim bilan qamrab olishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1939 yilning 1 sentyabrida O‘rta Osiyo davlat universitetiga 2116 talaba qabul qilingan bo‘lsa, shulardan 1560 nafari kunduzgi, 556 kishi sirtqi bo‘limda bilim olardi. Ularning 683 nafari erli millatlar vakillari bo‘lib, bu 32,5 foizni tashkil etardi. Shularning yarmidan ko‘prog‘i o‘zbeklar edi. Ko‘rinadiki, O‘ODUda oliy maktablar ishlari Butunitgifoq qo‘mitasiiing 1939 yil 29 iyulda chiqarilgan va talabalar soni 4500 kishi bo‘lishi kerakligi borasidagi buyrug‘i yarmiga ham bajarilmadi. Yanayam achinarlisi shundaki, 1939-1940 o‘quv yilida universitetni bitirgan kishilar soni bor-yo‘g‘i 273 nafarni tashkil qildi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi ham huddi talabalar tarkibi kabi bo‘lib, unda erli ziyolilariing mikdori g‘oyat oz edi. 1930 yilda universitet domlalari orasida atigi 28 nafar erli aholi vakili bo‘lib, bu o‘qituvchilarning bor-yo‘g‘i 6 foizini tashkil qilar edi. Oradan ikki yil o‘tgach, bu ko‘rsatkich 10 foizga etdi. Bular orasida professor unvoni berilgan Abdulla Avloniy, Sulton Segizboev, shu universitetni bitirgan yosh matematik olim Qori-Niyoziy, erli xo‘jalik va huquq fakulьtetining sobiq talabasi shoir Oybek kabilar bor edi.
1940 yilda O‘ODU aspiranturasida 103 yosh mutaxassis tahsil ko‘rgan. Bu borada sezilarli o‘sish bo‘lganligini qayd etish lozim. Zero, 1937 yilda aspirantlar miqdori bor-yo‘g‘i 30 kishini tashkil etgandi. Aspirantlarning 40 foiziga yaqini erli aholi vakillaridan iborat edi3.
Barcha ishni o‘z tabiiy yo‘sini bilan emas, balki zug‘um va zo‘rlik bilan amalga opshrishga tobora o‘rganib borayotgan sho‘ro hukumati talaba yoshlarga ham xo‘jalik yuritipshing ayni usulini singdirishga harakat qildi. Shu bois talabalar 20-yillarning o‘rtalaridan ilm olishga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etiladigan bo‘ldi. Universitet talaba yoshlaridan oldin respublikada er-suv islohotini o‘tkazishda foydalanilgan bo‘lsa, so‘ngroq majburiy kollektivlashtirish tadbiriga ham jalb etildilar. Hech qancha o‘tmay, kompartiya talabalarni o‘zlari tashkil etishda qatnashgan kolxozdagi paxtalarni yig‘ib-terib olishga safarbar eta boshladi. Shu tariqa 1929 yilning 17-19 oktyabrь kunlari O‘rta Osiyo davlat universiteti talabalari dunyo universitetlari orasida birinchi bo‘lib, paxta terimiga chiqishdi. Bu yaroqsiz an’ana yurtimiz ozodlikka chiqqunga qadar, qariyb 66 yil davom etdi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ham bepoyon sho‘ro mamlakati bo‘ylab izg‘ib yurgan qatag‘ondan chetda qolmadi. Bu qatag‘onning mualliflari uchun o‘z fikri, e’tiqodi va dunyoqarashi bor har qanday ziyoli dahshatli dushman hisoblanar edi. Tabiiy, aynan O‘ODUday tafakkur maskanida bunday kishilar ko‘proq bo‘lardi. Shuning uchun ham universitet jamoasi 30-yillarning ikkinchi yarmida qatag‘on mashinasining bugun qudratini yaqqol his qildi. 1936 yilning kuzida universitet rektori V.Ya.Yarotskiy, N.Yaroshevich, T.Jurgenov, A.Shmidt, K.Lapkin singari professor-o‘qituvchilar qamoqqa olindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘zbekiston qaramog‘iga o‘tgandan so‘ng erli aholi vakillarini o‘qingga qabul qilish sekinlik bilan bo‘lsa-da, muntazam ravishda ko‘tarilib bordi. Garchi, hamon rus va rus tilli aholi qatlamiiiig o‘qishiga adolatsizlik bilan katta imtiyozlar berib kelinayotgan bo‘lsa-da, o‘ggan yillar davomida erli kadrlarni oliy ta’limga jalb etmay turib, yurtni taraqqiy ettirish mumkin emasligi tobora yakqolroq anglab etilmokda edi.
Urushdan oldingi yillarda erli millat vakillari nafaqat talaba yoki domla, balki universitet rahbari darajasida ham ishlay olishlari mumkinligi ko‘rindi. 1931 yilning noyabrida sovet xo‘jaligi va huquqi fakulьtetini 1928 yilda bitirib, siyosiy iqgisoddan talabalarga saboq bergan va tez orada pedagogika fakulьteti etakchisi darajasiga ko‘tarilgan N.Murodov universitetga rektor kilib tayinlandi. Universitetning o‘zbeklardan chiqqan birinchi rahbari bo‘lmish bu kishi 1932 yilning iyulь oyiga, ya’ni Moskvaga qizil professura institutiga o‘qishga ketgunsha qadar O‘ODUni boshqardi. Uning o‘rniga ikkinchi bir yosh o‘zbek, keyinchalik olamga maggghur yirik matematik olimga aylangan Toshmuhammad Qori-Niyoziy tayinlandi. Bularning rahbarlik davri, garchi uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, erli millat vakillarining o‘qish va jamoat ishlariga ko‘proq jalb etilgan davri bo‘ldi.
O‘tgan asrniig 20-yillari yarmiga qadar ham hali biripchi O‘ODUni dunyo universitetlari qatori ta’lim-tarbiyaviy va ilmiy-tashkiliy jihatdan bir qadar avtonomiyaga ega bo‘lgan o‘quv maskaniga aylantirishni umid qiladigan eski professura vakillari bor edi. Ular ilmiy va o‘qitish jarayoii siyosat va mafkuradan xoli bo‘lishini, ilmiy-tadqiqotlar olib boringda universitet tashkiliy-huquqiy mustaqilligiii saqlab qolipshni istashardi. Lekii, asosan, shnchi fakulьtetidagi kelib chikishi «toza», g‘oyaviy chiniqqan, ammo chalasavod ishchi-dehqonlardan iborat universitet partiya tashkiloti bunga yo‘l qo‘ymadi. Ular oldingi ilmni ham, uning namoyandalarini ham tarix chiqindixonasiga uloqtirishga tayyor edilar.
Shunday bo‘lsa-da, universitet tashkil etilib, tiklanish davriga kirishi bilanoq, unda keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish yo‘lga qo‘yildi. Garchi yuqori malakali va chuqur ilmiy tayyorg‘arlikka ega mutaxassislar etishmasligi muntazam ravishda sezilib tursa-da, universitet faoliyatiiiig ilk yillaridanoq, nafaqat O‘zbekiston, balki bugun O‘rta Osiyo tabiatini ilmiy maqsadlarda tekshirishga kirishildi. Olis 20-yillarda universitet geolog olimlari tomonidan Chimkent va Avliyoota uezdlaridagi tabiiy qatlamlar tekshirildi. Zarafshon daryosi o‘zani, Mirzacho‘l, Qizilqum o‘simliklar dunyosi va bu erlarda chorvachilikii rivojlantirish istiqbollari ilmiy jihatdan tadqiq etildi. Sirdaryo havzasi faunasi atroflicha o‘rganildi. 1923 yildan boshlab, baland Pomir tog‘lariii o‘rganishga kirishildi.
Universitet faoliyatining dastlabki bosqichlarida gumanitar fanlar yo‘nalishida ham jiddiy tadqiqotlar qilindi. Qozoqva qoraqalpoq etaografiyasini o‘rganish bo‘yicha prof. A.Divaev, Tojikistongsh etnografik nuqtai nazardan tekshirishda M.Andreev, Qashgarni etnografik jihatdan tadqiq etishda A.Semyonov kabi olimlar keig qamrovli ishlarni amalga oshirdilar. Aholiiiig udumlari, o‘yinlari, og‘zaki ijodi, kuy-qo‘shiqlari, ertagu dostonlari, topishmoq va maqollari yozib olindi, tasnif qilindi. Lekin, negadir, o‘zbeklarni etnografik nuqtai iazardan tekshirishga etarli e’tibor qaratilmadi. Faqat 1928 yilga kelibgina o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olishga bir qadar kirishildi.
20-yillarning ikkinchi yarmida universitet qoshida fakulьtetlararo o‘kuv-yordamchi muassasalar faoliyat ko‘rsatib, u universitet o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishga yordam berishdan tashqari, fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borishni uyupggirish bilan ham shug‘ullanar edi. Bu tuzilma 1928 yilda fakulьtetlararo Ilmiy-o‘quv tuzilmalari assotsiatsiyasiga aylantirildi. Uning tarkibida sof va amaliy matematika, ximiya, fizika, geologiya, pedagogika va psixologiya, tuproqshunoslik va geobotanika, botanika kabi ettita ilmiy-tadqiqot instituti bor edi. Albatga, u davrdagi ilmiy-tadqiqot instituglari ilmiy salohiyati va tashkiliy imkoniyatlari jihatidan hozirgi tadqiqot iistitutlari darajasidan juda olis edi. 1929 yilda bu assotsiatsiya tarkibidagi ilmiy-o‘quv tuzilmalari soni yigirma beshgaga etdi. 17 kabinet va botanika bog‘ida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Urupggacha bo‘lgan davrda O‘ODUda olib borilgai ilmiy ishlarning asosiy qismi ilmiy-o‘quv tuzilmalari assopiatsiyasi zimmasiga tushardi.
Assotsiatsiya tarkibidagi ilmiy muassasalar sanoat va xo‘jalik korxonalari bilan aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarini ularning buyurtmalariga muvofiq tashkil etishga urinardi. Respublika Paxtachilik qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi boshqarmasi, «Turkinak» aktsionerlik birlashmasi, sog‘liqni saqlash komissarligi, geologiya tashkilotlari bilan hamkorlikda universitet olimlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston-ning deyarli barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib bordilar.
Universitet fizika-matematika fakulьteti xodimlari B.P.Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar o‘zining ahamiyati jihatidan tengsiz bo‘lgan kashfiyot qildilar. 1928 yilning 26 sholida O‘rta Osiyo harbiy okrugining tajriba stantsiyasida ular yaratgan telefon apparati sinab ko‘rildi. Ular radio orqali elekgronur quvurchalaridan foydalaiib, sof elektron yo‘l bilan dunyoda birinchi bo‘lib harakatdagi tasvirni uzatish va qabul qilishga erishdilar. Misli ko‘rilmagai bu kashfiyot gurli sabablar bilan o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanmadi. Faqat 1971 yilning 16 aprelida YuNESKOning maxsus farmoyishi bilan bu kashfiyotniig qimmati va ahamiyati ko‘rsatildi. Uning elektron televidenieni yaratish va rivojlantirishdagi o‘rni jahon miqyosida rasman tan olindi.
Ayniqsa, O‘ODU qishloq xo‘jaligi fakulьteti olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari katga qimmatga ega bo‘ldi. Bu fakulьtet qoshidagi mashiiasozlik instshuti nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash harakatining poydevorini qo‘ydi. 1926 yilda ushbu instigug tarkibida tashkil etilgan O‘rta Osiyo mashina sinash stantsiyasi mintaqa uchun zarur bo‘ladigan mexanizm va uskutgalarni tayyorlab, hayotga tatbiq etadigan asosiy tuzilmaga aylandi. 20-yillar oxirida universitetda paxtachilik kafedrasi tangkil qilinib, paxtga urug‘chiligi bilan shug‘ullana boshladi. Qishloq xo‘jaligi fakulьteti olimlari tomonidan mintaqada o‘simchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari borasidagi ishlar ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Janubiy Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlarida paxta etishtirishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish borasida ular katta ishlarni amalga oshirdilar.
O‘ODUda talabalarning o‘zini ilmiy ishlarga jalb etish borasida ham bir talay ishlar qilindi. 1940 yilda talabalarning birinchi umumuniversitet ilmiy konferentsiyasi o‘tkazildi. Keyinchalik bu an’anaviy tus oldi va hanuzga qadar davom etib kelmoqda. Bu davrda O‘rta Osiyo davlat universiteti mintaqa ilmini rivojlantirishda tengsiz ahamiyatga ega bo‘ldi. Bizda mavjud mutlaqo to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 1923-1940 yillar orasida O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qib chiqqan talabalarning 41 nafari akademik ilmiy unvoniga sazovor bo‘lishgan. Shuni ta’kidlash kerakki, shovinistik ulug‘ og‘achilik kayfiyati nafaqat o‘qish jarayonini tashkil etish, balki ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yishda ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Universitet tashkil bo‘lgandan buyon faoliyat ko‘rsatib turgan tarix-filologiya fakulьteti 1921 yil oxirida pedagogika fakulьtetiga aylantirildi, 1922 yil ko‘klamida esa tamomila tugatildi, uning adabiy-badiiy bo‘lim tarzida saqlanib qolgan qismi 1923 yil aprelda butunlay yo‘q qilinishi ayrim adabiyotlarda izohlangani kabi moddiy etishmovchilik yoki kadrlar tangligi tufayli emasdi. Hukumat tepasida o‘girgan sovet kadrlari erli millatlarning o‘zini tanishiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan fanlarni o‘qitishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka urinishardi.
Universitetda aniq fanlarga e’tiborning tobora kuchayib, ta’lim tabiiy va aniq fanlar fakulьtetlari doirasida tashkil etilishi bejiz emasdi. Agar e’tibor qilshgsa, universitet hayotining bu davrida millatning o‘zini tanishiga bir darajada xizmat qilishi mumkin bo‘lgan fakulьtetgina emas, kafedra ham ochilmaganligi ma’lum bo‘ladi. 1918 yilda mustaqil ish boshlagan sharqshunoslik institutining universitetga bir fakulьtet sifatida qo‘shib yuborilishi, keyinchalik bu fakulьtetning tugatilishi o‘zbeklarning o‘z tarixiy-ma’naviy ildizlaridan uzilishi yo‘lida atay tashlangan qadamlar edi. O‘zbekning eridagi universitetda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitilmas, bu sohalar bo‘yicha mutaxassis tayyorlanmasdi. Filologiya fakulьteti ikkinchi jahon urushining eng qaltis, Ittifoqdagi millatlarning birdamligisiz dushmanni engib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lgan 1942 yilga kelib tashkil qilinishi, o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyoti kafedralari shundagina ochilganligi ham erli millatning o‘zini tanishiga hamisha to‘siq qo‘yib kelinganligi va bu to‘siqlar ilojsizlikdangina olinganligini ko‘rsatadigan dalildir. Shunisi qiziqki, O‘ODUda o‘zbek tili, adabiyoti, tarixi bo‘yicha biror kafedra bo‘lmagani holda 20-yillarning avvalidaeq birorta mutaxassis bo‘lmaganiga qaramay, antropologiya kafedrasi tashkil etilgandi. Kafedra mutaxassislari bu davrda bir qator «olamshumul kashfiyot»lar qilishga ham erishdilar. Chunonchi, ushbu kafedraning tashkilotchisi prof. V.Oshanin O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi bo‘yicha uzoq yillik tadqiqotlar olib borishi natijasida bu erlarda braxitsefal evropoid irqning avtoxtonligini asoslab berishga erishadi. Bu qimmatli «ilmiy» xulosa omma tushunadigan tilga ag‘darilsa, bizning erlarimizda yashagan eng qadimgi odamlar, ya’ni yurtning asl egalari kalla suyagining eni uzunligining 80 foizini tashkil etadigan evropoid irqiga mansub kishilar bo‘lganligi anglashiladi. Hozir bir tilda gaplashadigan turkiy xalqlarning bir qismi mo‘g‘ulsimon, boshqa bir qismi evropasimon irqqa mansub ekanligi borasidagi nazariyalar ham shu kafedra mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgandi. Aniqki, bu kafedraning faoliyati rasmiy hukumat va hukmron mafkura tomoiidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanardi.
Gap borayotgan yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida ilmiy jarayon ancha qizg‘in kechdi, qator kitoblar yozildi, o‘nlab kashfiyotlar qilindi. Lekin olib borilayottan tadqiqotlarga erli millatlar manfaati nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, ko‘ngil xotirjam bo‘ladigan ipglar g‘oyat oz ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunonchi, tanikdi tarixchi olim V.Kun Rusga mo‘g‘ullar bosqini muammosini tekshirgan bo‘lsa, I.Dodonov Buyuk Pyotrning shahar islohotlari, L.Bajenov Bolgariya, D. Gramenitskiy esa Germaniya tarixi bilan shug‘ullandi. Albatta, bu tadqiqotlarning ham fan uchun muayyan ahamiyati borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Lekin begonalar tomonidan qilingan ilmiy izlanishlar bizning yurtimiz va xalqimizga hech qanday aloqasi va nafi yo‘qligini ham ta’kidlamaslik imkonsizdir. Bu davrda universitet olimlari tomonidan o‘lka tarixiga doir hech qanday tadqiqot olib borilmagan deyish mumkin emas, ammo bunday izlanishlarning, avvalo, kamligini, ikkshtchidan, borlarining ham sho‘ro mafkurasiga moslashtirilganligi ayon haqiqatdir.
1940 yilga kelib O‘rta Osiyo davlat universiteti nafaqat O‘zbekiston yoki O‘rta Osiyo, balki Ittifoqdagi yirik oliy maktablardan biriga aylandi. Uiing ilmiy salohiyati haqida pguni aytish mumkinki, 40-yillar boshida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtidagi fan doktorlarining 80 foizi, professorlarning 56 foizi shu universitetda faoliyat ko‘rsatardi.
Tashkil etilishi vaqtidayoq O‘rta Osiyo davlat universiteti shu mintaqa respublikalari va Qozog‘istonda zamonaviy fanlarni rivojlantirish markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Shuning uchun ham universitet bag‘rida bir qator ilmiy-tadqiqot o‘choqlari tashkil etilib, mintaqa ehtiyoji uchun zarur hisoblangan fan sohalarini rivojlantiripgga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash kerakki, sovet hukumatining universitetda fanlar taraqqiyotiga e’tibor qaratishdan maqsadi o‘lkada fanni rivojlantirishdan ko‘ra, bu erdagi tabiiy boyliklardan to‘laroq foydalanish, tezroq va ko‘proq tashib ketipshing ilmiy yo‘llarini topishdan iborat edi. Bu hol O‘ODU faoliyati yuzasidan SSSR Glavprofobr kollegiyasi qabul qilgan qarorning 2-bandi sinchiklab o‘rganilsa, oydinlashadi. Qarorning ushbu bandida qayd etilgan: «O‘ODUning hamma ishlari ham o‘lkashunoslik xarakteriga ega ekanligi alohida diqqatga sazovordir», tarzidagi ta’kidda mustamlakachilarning manfaatlari aslida iima ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Nima bo‘lganda ham, O‘rta Osiyo davlat universiteti mintaqa ilmu fani va ta’lim tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash markazi missiyasiii bajarganligi bor hakiqatdir. 1922 yidda universitetning birinchi bitiruvchilari orasida qozoq millatiga mansub Oqqog‘oz Do‘sjonova bo‘lganligining o‘zi diqqatga sazovor dalildir. 1931-1932 o‘quv yilida Qozog‘iston respublikasida tapgkil etilgan oliy o‘quv yurtida ishlash uchun O‘ODUdan 38 o‘qituvchi va 9 aspirant yuborilishi fakti ham buni ko‘rsatadi. Ular orasida Bobakenov, Umbetov, Bekov, Baychaskin, Bajanov, Boysenboev, Boymaqonov, Sedamenova, Sulaymonova, Insonboev, Maqulova singari universitetning birinchi bitiruvchilari bor edi. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik qozoq ilmu fanining taniqli namoyandalariga aylanishdi. Ayni shu xildagi amaliy yordam Tojikiston qishloq xo‘jaligi instituti va Turkmaniston zooveterinariya instituti tashkil etilishida ham ro‘y berdi.
Urushdan oldingi yillarda O‘ODU iste’dodli o‘zbek olimlari, bo‘lg‘usi akademik-larning butun bir avlodini kamolga etkazib berdi. Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Obid Sodiqov, Sodiq Umarov, Hamdam Usmonov kabi o‘zbek akademiklari O‘ODUda ayni shu yillarda tahsil ko‘rishib, keyinchalik O‘rta Osiyo hamda Qozog‘istonning turli oliy maktablari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yurgizdilar. Ular zamonaviy ilmni olg‘a siljitgan dunyo miqyosidagi olimlar silsilasini tashkil etdilar.
Bu yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti dunyoga Oybek, Abdulla Qahhor, Muxtor Avezov, Xidir Deryaev singari so‘z san’atkorlarini etkazib berdi. Mahalliy xo‘jalik va huquq fakulьtetida olingan bilimlar Oybekda inson tengligi va iqgisodiy munosabatlarning odam tabiatiga ta’sirini aniq va ishonarli badiiy tasvirlaishga sabab bo‘lgandir. Muxtor Avezovnshn insoniy munosabatlardagi chigal holatlarni butun ko‘lami bilan aks ettirish mahorati shakllanishida, shubhasiz, uning O‘ODU aspiranturasida olgan sabog‘i qo‘l kelganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Uning oldin fan nomzodi, so‘ng filologiya fanlari doktori, Moskva davlat universiteti professori, akademik bo‘lishida birinchi O‘rta Osiyo universitetida ko‘rgan tahsil beqiyos ahamiyat kasb etgani, shubhasiz.
Birinchi «Turkman tili» darsligi muallifi, turkman mumtoz adabiyotining ilk tadqiqotchisi, Turkmaniston xalq yozuvchisi, Turkmaniston FA muxbir a’zosi, «Qismat» romani bilan millionlab kitobxonlar mehrini qozongan Xidir Deryaevning samarali ilmiy-ijodiy faoliyatida O‘ODU bergan bilim hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligini ta’kidlash joiz.
Xullas, O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasida ilm-fanni rivojlantirish, erli millatlardan ziyolilar qatlamini etishtirish, oliy ta’lim tizimini shakllantirishda tengsiz bir o‘rin tutganligini inkor etib bo‘lmaydi.

Siz, konferensiya ishtirokchilarini, avvalo, muhtaram mehmonlarimizni – nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, ilmiy tadqiqot markazlari, universitet va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va vakillarini, taniqli olim va mutaxassislarni qutlab, mazkur Forumda qatnashish haqidagi taklifimizni qabul qilganingiz uchun yuksak hurmat-ehtiromim va minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat yetkazadi.

Bugungi konferensiyamiz o‘zining salkam uch ming yillik tarixi mobaynida dunyo sivilizatsiyasi va turli xalqlar madaniyati chorrahasi bo‘lib kelgan va kelayotgan Samarqand zaminida o‘tkazilayotgani bu anjumanga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlab, uning ahamiyatini yanada oshiradi.

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta.

Mana shu shaharda tug‘ilib-o‘sgan, voyaga yetgan inson sifatida menga bu shaharda yashayotgan barcha-barcha insonlar nomidan sizlarga o‘z samimiy mehmondo‘stligimizni izhor etish va “Azim Samarqandga xush kelibsiz!” deb qutlash katta mamnuniyat yetkazadi.

Qadrli do‘stlar!

Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat.

Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman.

O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.

Men bu fikrga alohida urg‘u berib aytmoqchiman. Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ishonchim komilki, bugun bu mavzuda gapirishning o‘zi ortiqcha.

Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.

XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit’asining katta qismini qamrab olgan.

Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq, O‘rtayer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ulkan, beqiyos rolini baholashning o‘zi qiyin.

Mazkur yo‘l nafaqat yuqorida zikr etilgan hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi.

Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir-birini boyitib borishi alohida rol o‘ynadi. Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi.

Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va "Baytulhikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar.

Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.

Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.

O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin burilish yasadi.

Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.

Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi.

Men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida bo‘lganimda, ana shu nilomerni ko‘rib, bu ulug‘ ajdodimizning ilmiy dahosi oldida yana bir bor hayratga tushish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Fazoviy trigonometriya asoschisi deb tan olingan, o‘zining matematika va astronomiya sohasidagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan yana bir buyuk alloma Abu Nasr ibn Iroqdir. Uni haqli ravishda “Ikkinchi Ptolomey” deb ataydilar.

Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi.

Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas.

“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini o‘qib, hayratga tushganlar.

Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan.

Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning “Koinot haqida kitob” asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy muloqot olib borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni rivojlantirish borasida naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganining mumtoz namunasidir.

X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab – Xorazm Ma’mun akademiyasini shakllantirishdek muhim masalani ham qamrab oladi.

X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda.

O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so‘z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab safdoshlari va shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi.

Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik o‘lchovlar bo‘yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi.

Mirzo Ulug‘bekning safdoshi Al-Koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga joriy etdi, erkin darajalar ildizlarining izchil yaqinlashib borishi va ularni topish metodlarini ishlab chiqdi.

Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan Samarqandni o‘rab turadigan eng baland tepaliklardan birida joylashgan, buyuk alloma nomi bilan ataladigan muzeyga tashrif chog‘ida yanada batafsil tanishish mumkin.

Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar, shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosida donishmandlik va borliq olamni gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi saqlanib kelmoqda. Bu meros haqiqatan ham jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanadi.

Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devoni lug‘atit-turk” kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy maqol va she’rlarni ham keltirib o‘tgan. Koshg‘ariy turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi.

Arab tili grammatikasining asoschisi sifatida tan olingan buyuk tilshunos, adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamahshariy hayotlik davridayoq keng shuhrat qozongan. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan.

Albatta, biz barchamiz o‘rta asrlarda Sharqda yashab ijod qilgan, o‘sha davr voqealaridan guvohlik beradigan bebaho asarlar yaratgan buyuk tarixchilar avlodiga, eng avvalo, Ahmad ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa allomalarga o‘zimizning cheksiz hurmat-ehtiromimizni bildirishimiz ham qarz, ham farzdir.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Bugun, oradan deyarli ming yil o‘tganidan keyin ham biz o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan Sharq allomalari va mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski, insoniyat boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning, aytish mumkinki, mingdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik qilgan muayyan davrlarida olimlarning quvg‘in va ta’qibga uchrab, ko‘pchiligining hayoti fojiali yakun topganini hozirgi kunda tasavvur qilishning o‘zi qiyin.

Shu bilan birga, dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar, to‘qnashuv va nizolarning birinchi qurboni bilimlar manbai hisoblangan bebaho qo‘lyozma va kitoblar bo‘lgan. Sizlarning barchangiz yaxshi bilasiz, qadimgi dunyodagi eng ulkan hisoblangan Aleksandriya kutubxonasi, Mirzo Ulug‘bekning noyob kutubxonasi yo‘q qilib yuborilgan. Afsuski, bunday achinarli ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Biroq, barcha qiyinchilik va ayovsiz sinovlarga qaramasdan, alloma va mutafakkirlar o‘zlarining ilmu fan rivoji yo‘lidagi burchiga, gumanizm va ma’rifat g‘oyalariga sodiq qoldilar.

Bu ulug‘ zotlarning ilm-fan sohasiga baxshida etgan hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma’rifatli insoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari – bu, hech shubhasiz, haqiqiy ma’naviy jasorat namunasi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor va biz bunday jasorat oldida bosh egib ta’zim qilamiz.

Bugun hech bir mubolag‘asiz aytish mumkin va buni men alohida qayd etmoqchiman, o‘rta asrlar Sharq daholarining buyuk kashfiyotlaridan iborat ilmiy merosning chuqur qatlamlari hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.

Axir, faqatgina O‘zbekistonning o‘zida kitob fondlarida 100 mingtadan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Ularning asosiy qismi YuNESKOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo‘lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning “oltin fond”ini tashkil etadi.

Bu faktlar nimadan dalolat beradi? Bu, eng avvalo, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu – bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir.

Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan butun bashariyat ravnaqi yo‘lida oqilona va samarali foydalanish – bu siz bilan bizning vazifamiz, siz bilan bizning burchimizdir.

Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat-e’tiborga munosib bo‘lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o‘tmishning bebaho ilmiy merosini qaytadan kashf etmoqdamiz.

Bilasizmi, men ba’zan o‘ylab qolaman, dunyoda fanlar ko‘p, ilf-fanning ajoyib yutuqlarini barcha sohalarda ko‘rish mumkin. Men bunday mashaqqatli mehnatdan doimo hayratga tushaman. Bizning xalqimizda “Ilm bilan shug‘ullanish – igna bilan quduq qazish bilan barobar” degan maqol bor. Ana shu igna bilan quduq qaziyotganlar bor bo‘lsin! Ular qo‘lyozmalar ustida 10-20-yillab va hatto umrbod ishlayotgan insonlardir. Bunday sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan insonlar qalbida buyuk daholar merosini butun dunyoga namoyon etish istagi shunchalik kuchliki, hech shubhasiz, bunday daholarsiz insoniyat ravnaq topa olmaydi.

Bugungi fursatdan foydalanib, sizlarga, sizlarning timsolingizda esa sizlarning hamkasblaringizga – olimlar, tarixchi-sharqshunoslar, arxeologlar, antropologlar, sarg‘ayib ketgan qadimgi qo‘lyozma va sahifalar ustida ko‘z nurini to‘kib mashaqqatli mehnat qilayotgan boshqa ko‘plab sohalarning mutaxassislariga samimiy minnatdorlik bilan murojaat qilib aytmoqchiman: sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli o‘tmishda yaratilgan insoniyat tafakkuri xazinasi bugungi avlodlar va zamondoshlarimiz uchun xizmat qilmoqda, olis-olis davrlar va sivilizatsiyalarning ajoyib va sirli olami o‘zini namoyon etmoqda.

Konferensiyamizning eng nufuzli qatnashchilaridan biri, ilmiy faoliyati Markaziy Osiyo tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi va san’atining biz uchun noma’lum bo‘lgan sahifalarini ochishga yordam bergan yapon professori janob Kato mintaqamizning yirik tadqiqotchisi hisoblanadi. Uning Buyuk Ipak yo‘lini, Baqtriya davlatini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari, shuningdek, 1989-yildan buyon Surxondaryo viloyatining ko‘hna Dalvarzintepa va Qoratepa shaharlari o‘rnida olib borayotgan arxeologik tadqiqotlari, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur va Markaziy Osiyoning boshqa ulug‘ mutafakkirlari asarlarini yapon tiliga qilgan tarjimalari bizning ulkan mintaqamiz tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarni jahon mulkiga aylantirish imkonini berdi.

Shaxsan men bu insonning aynan bizning xalqimiz oldida qilgan ezgu va olijanob ishlarini mamnuniyat bilan e’tirof etib, aytmoqchiman: bu zahmatkash olim O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Bu yuksak nishon ushbu atoqli olimning hayotiy qarashlarini, e’tiqodini, butun faoliyatini yaqqol ifoda etadi, desam, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘laman. Chunki bunday insonlar xalqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydi, bunday rishtalarsiz inson, xalq, jamiyat yasholmaydi. Odamzot tabiati shundayki, u urush-janjallarga emas, balki do‘stlikka, boshqa xalqlar bilan hamkor va hamjihat bo‘lishga intilib yashaydi. Shuning uchun ham men bu ajoyib insonga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Bugungi anjumanimizning yana bir qatnashchisi – taniqli amerikalik tarixchi, arxeolog, antropolog, Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, 22 ta kitob va 200 dan ortiq ilmiy maqola muallifi – professor Frederik Starr janoblaridir. Uning 2009-yilda “Markaziy Osiyoning yangitdan kashf etilishi” deb nom olgan essesi AQShda ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yilning eng yaxshi materiali sifatida e’tirof etilgan.

Sharq Renessansi davri Hindistonning akademik va madaniy doiralari tomonidan ham chuqur o‘rganilmoqda. Bugun ushbu anjumanda Indira Gandi nomidagi Milliy madaniyat markazining ilmiy rahbari, IV-XV asrlardagi O‘rta Osiyo yozma manbalarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha uzoq yillardan buyon samarali ish yuritib kelayotgan professor Mansura Haydar xonim ham ishtirok etayotganini aytib o‘tmoqchiman.

Olimaning “Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarining tarixiy ahamiyati” deb nomlangan ilmiy monografiyasi xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan bo‘lib, u Amir Temurning hayotligi davrida uning davlatchilik faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan yagona kitobni batafsil tadqiq etishga qaratilgan.

Bizning Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan yana bir mehmonimiz, Koreya va Osiyo mintaqasidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – Inxa universiteti prezidenti, oliy ta’lim tizimining tan olingan tashkilotchisi, aerokosmik muhandisligi sohasidagi yirik mutaxassis Pak Chun-Be Koreya Respublikasida aeronavtika va koinot sohasidagi tadqiqotlarga ko‘p yillar davomida rahbarlik qilib kelgan. Uning bevosita va shaxsan ishtirokida joriy yilda Toshkent shahrida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan Koreyaning mashhur Inxa universiteti filiali ochiladi.

Qohira universiteti professori, turk filologiyasi va adabiyoti bo‘yicha taniqli olima Magida Mahluf xonim o‘tgan yili “Boburnoma”ni arab tiliga tarjima qilish bo‘yicha uzoq yillik ishini yakuniga yetkazdi va unda o‘zining chuqur sharhlari va avvalgi tadqiqotlarga doir tanqidiy tahlillarini bayon etdi. Eng muhimi, bizning buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bilan ingliz, fors va boshqa ko‘plab tillar qatori endilikda arab tilida ham tanishish imkoni paydo bo‘ldi.

Sharq tarixi va falsafasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 60 dan ortiq nashr qilingan ishlar muallifi, Belgiyadagi Luven katolik universiteti professori Yul Yanssensning ilmiy faoliyatini ham biz yuksak baholaymiz. Olimning “Ibn Sino va uning arab va lotin dunyosiga ta’siri” kitobi, “Abu Ali ibn Sino va uning merosi” to‘plami faqat mutaxassislar emas, balki butun dunyo kitobxonlari orasida ham yuqori baholandi va keng e’tirof etildi.

Men bu inson bilan tanishishni ko‘pdan buyon orzu qilganimni aytishni istardim. Bugungi imkoniyatdan foydalangan holda, unga murojaat qilib, aytmoqchiman: sizni Ibn Sinodek daho shaxsning aynan qaysi jihatlari o‘ziga maftun etadi? Balki siz bu borada bizning televideniyemizda chiqish qilib, tariximiz, madaniyatimiz, buyuk allomalarimiz, ayniqsa, Ibn Sinoga bo‘lgan muhabbatingiz haqida jamoatchiligimizga, yoshlarimizga atroflicha so‘zlab berarsiz? Men buni juda-juda istardim.

Xitoy Fan va texnologiyalar universitetining tarix va arxeologiya fakulteti rahbari, professor Shi Yunlining nomini alohida ta’kidlashni istardim. U astronomiya tarixi sohasida dunyoga taniqli mutaxassisdir. Uning o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo, Xitoy, Koreya va Yevropada astronomiya taraqqiyotini qiyosiy-tahliliy o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari katta shuhrat qozondi. U astronomiyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixini ommalashtirish bo‘yicha jahonga mashhur olim, ayni paytda Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator yetakchi ilmiy-ommabop nashrlarning tahrir hay’ati a’zosi hamdir.

Evropada taniqli vrach, sog‘liqni saqlashning zamonaviy tizimini tashkil etish sohasida tan olingan ekspert, doktor Mark Bonnelning fidokorona faoliyati katta hurmat va ehtiromga sazovordir. U rahbarlik qilayotgan “Abu Ali ibn Sino – Fransiya” uyushmasi Fransiya va Yevropada Ibn Sinoning madaniyat, falsafa va tibbiyot sohasidagi ilmiy asarlarini ommalashtirishga beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Bizning konferensiyamizda, shuningdek, Utrextdagi Fan tarixi institutidan mashhur golland olimi Robert van Gent ham ishtirok etmoqda. Ushbu tadqiqotchining nashr etilgan o‘ndan ortiq kitobi, 60 ta maqolasi faqat astronomiya, kartografiya va geodeziyaning bugungi dolzarb muammolarini emas, ayni paytda ularning taraqqiyot tarixini, jumladan, o‘rta asrlar Sharqiga mansub davrni ham qamrab oladi.

O‘rta asrlarda Sharqda yashab o‘tgan alloma va mutafakkirlarning boqiy merosini tadqiq va targ‘ib etishga, keng ommaga yetkazishga munosib hissa qo‘shayotgan ko‘plab fidoyi olim va mutaxassislar ham shunday e’tirof va hurmatga sazovordir. Sizlarning barchangizga mehnatingiz, ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Qadrli do‘stlar!

O‘z tarixiga, to‘plangan tajribaga, dunyoda eng katta boylik sanalgan intellektual salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish har qanday davlatning moddiy va ma’naviy taraqqiyoti asosini tashkil etadi, desam, ishonamanki, bu fikrga sizlar ham qo‘shilasiz.

Shu munosabat bilan ulug‘ ispan adibi Servantesning, tarix – faoliyatimiz xazinasi, o‘tmish guvohi, bugungi kun uchun ibrat va o‘git, kelajak uchun esa ogohlantirishdir, degan so‘zlarini takrorlash o‘rinli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Menga ayniqsa “kelajak uchun ogohlantirish” degan fikr juda ma’qul bo‘ldi. Nima uchun? Nega deganda, haqiqatan ham, tarixni bilmagan kishi har qadamda xatoga yo‘l qo‘yadi, o‘z tarixi bilan faxrlanmaydigan xalq esa o‘z kelajagini tasavvur qilolmaydi.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, erishilgan bilimlarni, o‘tmishda, jumladan, o‘rta asrlar Sharqida amalga oshirilgan olamshumul kashfiyotlarni chuqur o‘zlashtirmasdan turib na ilm-fanda, na boshqa sohalarda yangi, yanada yuksak marralarni zabt etib bo‘lmaydi. Biz kelgusi faoliyatimizda ham ayni shu tamoyilga qat’iy amal qilamiz.

Bugungi kunda insoniyat oldida yangi, global muammolar paydo bo‘lmoqda. Ular qatorida men iqlim o‘zgarishlari, ekotizim va bioxilma-xillikni saqlash va asrab-avaylash, tabiiy zaxiralarning tugab borishi va boshqa shu kabi juda o‘tkir muammolarni qayd etishni istardim. Ularning oqilona yechimi davrimizning eng keskin muammosiga aylanmoqda.

Ushbu muammolarni hal etish intellektual salohiyatning har tomonlama o‘sishini, ko‘p asrlar mobaynida vujudga kelgan qonunlarni qayta idrok etish va yangicha baholashni, bizni qurshab turgan borliqni keng miqyosda o‘rganish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqot va tajribalar olib borishni taqozo etishi mumkin.

O‘zingiz ayting, bugun bu zalda nomlari zikr etilgan buyuk allomalar, ulug‘ insonlar o‘z kashfiyotlarini, ilmiy asarlarini g‘oyat og‘ir sharoitlarda yaratgan emasmi? Ular zamonaviy laboratoriyalarga, bugungi kundagi kabi ilmiy asbob va jihozlarga ega bo‘lmagan. Demoqchimanki, hozirgi vaqtda ilm-fan yuksak texnologiyalar, ulkan mablag‘larni jalb etish hisobidan rivojlanadi. Ilm-fan va madaniyatni buyuk sarmoyalar kiritmasdan, har tomonlama qo‘llab-quvvatlamasdan ravnaq toptirib bo‘lmaydi. Bu sohadagi doimiy yuksak e’tibor, katta mablag‘ va sarmoyalar, hech shubhasiz, katta-katta g‘oyalar va kashfiyotlarga sabab bo‘ladi.

Tabiiyki, ulkan hajmdagi mablag‘ va xarajatlar bilan birga, o‘z navbatida o‘tmishda amalga oshirilgan beqiyos ilmiy yutuqlardan oqilona foydalanish talab qilinishini ham hammamiz yaxshi tushunamiz. Shularni e’tiborga olganda, “XXI asr – bilim va intellektual tafakkur asri” degan fikr bejiz aytilmagani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi. Bugungi kunda “Eng ko‘p talab qilinadigan va o‘zini eng ko‘p oqlaydigan sarmoya – bu inson kapitaliga yo‘naltirilgan sarmoyadir” degan haqiqatning hayotda tobora mustahkam qaror topib borayotgani tasodif emasligini ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Bu o‘rinda nima nazarda tutilmoqda?

O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va ko‘paytirishga, shuningdek, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, har tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondashuviga, grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilib kelganmiz va yaxshi tasavvur etamiz.

Biz o‘z mustaqilligimiz va suverenitetimizning dastlabki kunlaridan boshlab o‘tmishda shakllangan ta’lim tizimini tubdan isloh qilmasdan turib, eski kommunistik mafkuraning qolip va aqidalaridan butunlay voz kechmasdan, yoshlarning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlamasdan turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi, degan qat’iy xulosaga kelgan edik.

Agar O‘zbekistonda bugun yashayotgan 31 million aholining 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu islohotlarning zarurati va roli o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi.

Mamlakatimizda qabul qilingan milliy dasturga ko‘ra, 9+3 sxemasi bo‘yicha 12-yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Bu avvalambor 12-yillik to‘liq bepul, majburiy ta’lim qonuniy asosda yo‘lga qo‘yilganini anglatadi. Agar inson o‘z mamlakati Konstitutsiyasi, xalqi va Vatani oldidagi farzandlik burchini bajarishni istasa, u birinchi navbatda o‘z farzandining 12-yillik ta’lim olishini ta’minlashi, buning uchun barcha-barcha sharoitlarni yaratib berishi kerak.

Bu modelning prinsipial xususiyati avvalambor shundaki, umumta’lim maktabidagi 9-yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar 3-yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydilar.

Men sizlarning ana shu litsey va kollejlarni – bu Samarqandda bo‘ladimi, Toshkentda bo‘ladimi, olis shahar va tumanlarda bo‘ladimi – ana shu o‘quv yurtlarini albatta borib ko‘rishingizni istardim. Bu kollejlar eng yuksak zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan va barcha jihozlar bilan ta’minlangan. Biz eng zamonaviy me’morchilik loyihalari asosida 1500 ta ana shunday kollej va litseylar barpo etdik. Ilgari xorijlik mehmonlarga ekzotika namunalarini ko‘rsatardik. Bugun esa ularga bolalarimiz qanday o‘qiyotgani, ularga qanday zamonaviy sharoitlarda bilim berayotganimizni, qanday avlod voyaga yetayotganini ko‘ring, deymiz. Yana shuni ta’kidlamoqchimanki, ushbu kollejlarda tahsil olayotgan yoshlarimiz ikki-uch mutaxassislikka ega bo‘lish bilan birga, xorijiy tillarni, aksariyat hollarda ingliz tilini o‘rganmoqda.

Yana bir muhim jihati shundaki, ana shu majburiy ta’limdan so‘ng yosh yigit-qizlarimiz, o‘z xohishlariga ko‘ra, bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish uchun oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishni davom ettirishlari mumkin.

Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi. Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini – maktabgacha va maktab ta’limidan tortib o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘g‘inini, shuningdek, xalqaro me’yorlarga mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o‘ziga qamrab oladi.

Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy o‘quv yurtlari soni 2-marta oshdi, bugungi kunda 60 ta universitet va institutda 230 ming nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. O‘zbekistonda Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda Yuksak texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi tashkil etilmoqda.

2014-yilning sentabr oyidan boshlab yurtimizda, yuqorida zikr etilganidek, Janubiy Koreyaning Inxa universiteti filiali faoliyat ko‘rsatadi, uning asosiy yo‘nalishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, komputer muhandisligi sohasidagi ta’lim tashkil etadi.

Yoshlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlarida ta’lim olmoqda, bu esa ularning bilim va malakasini oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda.

Bugungi kunda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablag‘ aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda.

Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri – “INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagani bejiz emas, albatta.

Xolis insonlar bizning ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli ishlarimiz haqida xolisona xulosa chiqargani uchun minnatdormiz. Biz bunday har tomonlama asoslangan tadqiqotlar olib borib, umumiy xulosalar chiqarish bilan shug‘ullanadigan ilmiy-tahliliy markaz mavjudligidan bexabar edik. Bunday markazlar faoliyati juda foydali deb o‘ylayman va biz ana shunday yuksak e’tirofdan ruhlanib, yanada yuqori o‘rinlarga ko‘tarilish uchun yanada qattiq bel bog‘lab harakat qilamiz. Birinchi o‘ringa da’vogarlik qilishdan cho‘chib turgan bo‘lsak-da, biz shunga intilib yashashga haqlimiz, deb o‘ylayman.

Muhtaram konferensiya qatnashchilari!

O‘rta asrlar Sharqi buyuk allomalarining ilmiy merosini, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini o‘rganish va amalda ommalashtirishga bag‘ishlangan ushbu konferensiyani o‘tkazish o‘ta muhimligi va maqsadga muvofiq ekaniga bizning ishonchimiz komil, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Forum qatnashchilarining tarkibini e’tiborga olgan holda aytadigan bo‘lsam men sizlar bilan oldindan tanishman.

Sizlarning yalpi majlis va seksiyalar bo‘yicha o‘tadigan yig‘ilishlarda bildiradigan taklif-mulohazalaringiz muhokama etilayotgan mavzuga oid dolzarb masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishi, ushbu konferensiya ishini mazmunan boyitishga xizmat qilishi shubhasiz. Chunki bunday mavzudagi konferensiya dunyoda kamdan-kam bo‘ladigan anjumandir. O‘ylaymanki, uning natijasiga ko‘ra juda boy materiallarga ega bo‘lamiz. Bizning istagimiz shuki, Sharq qo‘lyozmalarida saqlanayotgan ulkan merosdan barcha-barcha insonlar bahramand bo‘lsin. Ularni odamlarga, avvalambor yoshlarimizga yetkazish ayni muddao bo‘lur edi.

Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!” deb takrorlayman.

Biz kelgusida yurtimiz va xorijdagi tegishli yetakchi universitetlar, ilmiy va tadqiqot markazlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlik mustahkamlanib borishidan manfaatdormiz va bugungi konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri ham shundan iborat ekanini alohida ta’kidlashni istardim.

Shunisi muhimki, olim va mutaxassislarning hamkorligi unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod, talaba va yoshlarning o‘zaro aloqalari uchun ham, ular dunyoning qaysi joyida yashashi, o‘qishi yoki mehnat qilishidan qat’i nazar, keng yo‘l ochib beradi.

Ayni shu jihatdan ham biz mazkur anjumanning ahamiyatini chuqur anglab turibmiz. Konferensiya ushbu mavzu doirasida bizni bir-birimizga yanada yaqinlashtiradi. Anjuman mavzusi esa, uni har tomonlama chuqur o‘rganish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish va shu maqsadda ajratilayotgan mablag‘larni yanada ko‘paytirishga qodir ekanimizni butun dunyoga namoyon etadi.

Shuning uchun ham biz bunday forumlarning muntazam o‘tkazib turilishi tarafdorimiz. O‘zbekiston xalqi g‘oyat mehmondo‘st, siz, muhtaram mehmonlarimiz bunga har biringiz o‘z misolingizda ishonch hosil qilishingizni xohlaymiz. Shu bois sizlarni faqat Samarqand va Toshkentda emas, moziy gavhari bo‘lgan Buxoro, Xiva, Shahrisabz va bizning buyuk tariximizni, qadimiy sivilizatsiya yutuqlarini asrab-avaylab kelayotgan boshqa shaharlarimizda ham ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Ushbu yuksak minbardan turib shu muhtasham zalda to‘planganlarga yana bir bor samimiy hurmatimni izhor etaman, ishingiz samarali bo‘lishini, O‘zbekistonga safaringiz sizlarda o‘chmas taassurotlar qoldirishini istayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda yangi-yangi yutuq va omadlar

55555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555555




Download 366,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish