2. TADQIQOT OB`EKTLARI, BOSQICHLARI VA METODLARI………
|
35
|
2.1 Tadqiqot ob`ektlari…………………………………………………………...
|
35
|
2.2 Tadqiqot uslublari…………………………………………………………..,..
|
36
|
2.3 Olingan ma`lumotlarni statistik sarhisob qilish………………………………
|
38
|
3. TADQIQOT NATIJALARI XARAKTERISTIKASI……………39
3.1 Qadimgi bahorgi yumshoq bug’doy navlarining shishasimonlik ko’rsatkichi bo’yicha xilma-xilligini baholash………………………………………………
|
39
|
3.2 Tanlangan istiqbolli genotiplarni shishasimonlik bo’yicha baholash………
|
39
|
XULOSALAR…………………………………………………………………...
|
49
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..
|
51
|
KIRISH
Dunyo miqyosida aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Shu jumladan, mamlakatimizda ham mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash, hosildorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari bilan bir qatorda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yechimini kutayotgan dolzarb masaladir[1].
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarida faoliyat yuritish yanada osonlashdi. Ayniqsa, davlatimiz tomonidan dunyo bozorida yetakchi o’rinlarni egallab kelayotgan bizning turli don mahsulotlarimizni yetishtirishga, donli mahsulotlardan yuqori hosil olishga ko’rsatilayotgan e’tibor ortib bormoqda. Chunki, avvalo, bug’doy, jo’xori kabi oziq-ovqat ekinlari butun xalqimizning asosiy kunlik iste’mol mahsulotlari safiga kiradi. Bundan tashqari, don mahsulotlarining dunyo bo’ylab eksporti davlatimiz iqtisodiyotida salmoqli o’rin egallaydi desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag`batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etatishini takidlab o’tgan edi[3,4].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2020-yildagi 4634-sonli “G’alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi don mustaqilligiga erishish, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish kabi erkinliklarni fermer xo’jaliklari, dehqonlar va xususiy sektorlarga berishda ijtimoiy turtki vazifasini o’tamoqda.
Respublikamiz qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo davlatlari ichida bug‘doy donidan yuqori hosil olish bo’yicha yetakchi o‘ringa chiqdi. Hozirgi paytda nafaqat g’alla mahsulotlari bilan o‘z ichki bozorini ta’minlovchi mamlakat, balki g’allani eksport qiladigan asosiy davlatdan biri hisoblanadi. Bug‘doy dunyo miqyosida eng katta maydonlarda ekib yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jalik o’simligi bo’lb, statistik ma’lumotarga qaraganda, dunyo aholisi iste’mol qiladigan oziq-ovqat kaloriyasining 21% ini tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, mamlakatimizda barcha aholini yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlash, ichki bozorda yuqori talabdagi mahsulotlarni yetkazib berish, zarur mahsulotlar zaxiralarini tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Jumladan ushbu yil hisobida aholini bug‘doy va un mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 1 million 27 ming gektar yer maydoniga bug‘doy ekilgan bo’lib, undan iyun—iyul oylarida 7 million 679 ming tonna hosil olish kutilmoqda. Oldingi yilga nisbatan bu ko’rsatkich 1 million tonnaga ko‘p hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2021-yil 6 million 656 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Shundan 2 million 533 ming tonnasi respublikamiz don zaxiralari uchun jamg‘arilgan bo’lsa, qolgan 4 million 123 ming tonnasi aholi iste’moli uchun qolgan. O‘tgan yil hisobi bo’yicha 2 million 771 ming tonna bug‘doy va 357,7 ming tonna un xalqimiz dasturxoniga asosan Qozog‘istondan import qilingan. 26,8 ming tonna bug‘doy doni (shundan 94% i Tojikistonga, 6% i Qirg‘izistonga) va 949,1 ming tonna un mahsuloti Afg‘onistonga eksport uchun jo’natilgan.
O‘zbekistonda bug’doyning yangi navlarini va urug‘lik navlarini yaratishda Milyutin (Jizzax, G‘allaorol) davlat seleksiya stansiyasi 1937 (hozir “Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar ilmiy tekshirish instituti (Andijon shaxri) ning G‘allaorol filiali”) muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Mamlakatimizning sug‘oriladigan maydonlarida bug‘doyning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bug‘doy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda esa Qizil bug‘doy (qadimiy jaydari nav), Qizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar kabi navlari ekiladi. 1995 yildan Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Ukrainadan keltirilgan Skifyanka, Yuna navlari sug‘oriladigan yerlarda esa gektaridan 50–70 s gacha hosil berishadi.
Shu kabi erishilayotgan yutuqlarda bug’doy navlarining yangilangani, ularning hosildorligini oshirish borasidagi ilmiy izlanishlar muhim o‘rin tutadi. Yaratilayotgan yangi istiqbolli navlar, fermer-deqonlarning fidokorona mehnati, g‘alla yetishtirishdan kelayotgan iqtisodiy manfaatdorlikning ortib borishi, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi hamda bu barcha ishlarni davlatimizning qo‘llab-quvvatlayotganligi g’alla mahsulotlari yetishtirish sohasini jadal rivojlanishiga imkon bermoqda.
Jahon g’allachiligida asosan Yumshoq bug‘doy (Oddiy bug‘doy) va Qattiq bug‘doy ekiladi. Qolgan bug’doy turlari esa juda kam miqdorda ekiladi yoki umuman ekilmaydi. Ko‘plab bug‘doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug‘doyi, Urartu, Fors bug‘doyi va boshqalar) ning vatani Zakavkazye hisoblanadi.
Bug’doy doni toʻyimli bo’lib, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10—12% dan 20—25% gacha, yovvoyi turlarida 25—30% gacha), kraxmal (60—64%), yogʻlar (2%), vitaminlar, fermentlar, minerallar va boshqalar bor. Doni, kepagi, boshqa chiqindilari yem sanoati uchun xom-ashyo hisoblanadi. Somoni yemxashak va qurilish materiali; poyasi qogʻoz, karton ishlab chiqarish, savatlar hamda turli soyabon, qalpoqlar toʻqish uchun ishlatiladi. Yashil massasi chorva mollariga beriladi, silos bostirish uchun qo’llaniladi. Bug’doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ammo har yili turli xil biotik va abiotik ta’sirlar, iqlimdagi o‘zgarishlar, zararli mikroorganizmlar oqibatida bug‘doy hosilining katta qismi nobud bo’lishni davom etmoqda. Ushbu sababdan seleksioner olimlar gen muhandisligi va biotexnologik uslublar orqali bug‘doyning zararkunandalar va turli tashqi omillarga chidamli navlarini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqadigan bo’lsak, respublikamiz aholisi va xususiy korxonalarning talabini yetarli miqdorda va nisbatan barqaror narxlardagi bug‘doy, un mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozorlarda g’alla mahsulptlari narxlarining keskin o‘zgarib ketishini oldini olish uchun hamda jahon bozoriga milliy don mahsulotlarimizni olib chiqish orqali davlatimiz iqtisodiyotini yangi yuqori bosqichga ko’tarib, xalqimiz turmush tarzini yanada osonlashtirish maqsadida bug’doyning nafaqat zamonaviy, balki qadimgi turlarini o’rganish,ularning xususiyatlarini yaxshi bilish va ular asosida serhosil navlar yaratish genetika va seleksiya fanlari oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Ushbu chora-tadbirlar asosida respublikamizning o’ziga xos va o’zgaruvchan tuproq-iqlim sharoitida mahalliy sharoitlarga mos don sifati yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli bahorgi va kuzgi bug’doy navlarini yaratish, ularni amaliyotga tadbiq etish, urug’chiligini rivojlantirish, turlicha tuproq-iqlim sharoitida bahorgi va kuzgi bug’doy navlaridan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyalarini yaratib ishlab chiqarishga joriy etish kabi vazifalar belgilanmoqda [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |