O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


 PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARINI HIMOYAGA



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

4.6. PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARINI HIMOYAGA 
TAYYORLASH VA OMMALASHTIRISH 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
dissertatsiya, falsafa doktori (PhD), fan doktori 
(DSc), magistrlik dissertatsiyasi.
 
 
Dissertatsiyaning tuzilishi va mazmuni

Doktorlik dissertatsiya
quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: mundarija; kirish (dissertatsiya 
annotatsiyasi); asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; shartli 
belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa); ilovalar (mavjud bo‘lsa).
 
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda 
ularning beti ko‘rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin 
yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya 
tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, 
aniq va ravon bo‘lishi kerak. 
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: 
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va 
texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; dissertatsiya 
mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of 
Science) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi; dissertatsiya 
tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot 
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi; tadqiqotning 
maqsadi; tadqiqotning vazifalari; tadqiqotning ob’ekti; tadqiqotning predmeti; 
tadqiqotning usullari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning amaliy natijalari; 
tadqiqot natijalarining ishonchliligi; tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy 
ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; tadqiqot natijalarining 
aprobatsiyasi; tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi 
va hajmi. 


178 
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. 
Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi. 
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi 
kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy 
qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim. 
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan 
xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy 
jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda 
rasmiylashtiriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati dissertatsiya matnida havola qilingan 
barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi: 
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
foydalanilgan boshqa adabiyotlar. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola 
qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni 
ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Dissertatsiyada foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq 
ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan 
hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular 
dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart. 
Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya 
matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh 
berilishi kerak.
Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta 
jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga 
dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar 
kiritilishi mumkin.


179 
Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga 
mos kelishi kerak. 
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, 
fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan 
oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-
gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi 
mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar 
ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish