147
nazariyasiga doir ta’lim-tarbiya borasidagi samarali metodlar, vositalar
texnologiyalarda ifodalanadi. Pedagogik
jarayon ijodiy jarayon, malakali,
tashabbuskor, o‘qituvchi, murabbiylar tajribalari, ta’lim-tarbiya tizimini
rivojlantirish faoliyatidir. Ta’lim-tarbiya jarayonini
demokratlashtirish uzluksiz
ta’lim pedagoglarining ijodkorligiga sharoit yaratadi. SHuningdek, mamlakat
miqyosida o‘tkazilayotgan olimpiada, yil o‘qituvchisi
tanlovlari ommaviy
ijodkorlikni rag‘batlantirishga imkon bermoqda.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilishi o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ta’lim-tarbiya natijalarini pedagogik qonuniyatlar tamoyillar
asosida, samaradorlik mezoni, innovatsiyani
dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyatini
tahlil qilish, baholash tadqiqotchidan yuksak metodologik bilim talab qiladi.
Pedagogik tajriba maxsus tashkil etilgan eksperiment asosida ham bo‘lishi
mumkin. Ijodkor pedagog erishgan natijalari tajribalari tahlilida metodologik
tamoyil alohida o‘rin tutadi. Pedagogik tajribaning yangiligi, dolzarbligi, ilmiy
amaliy ahamiyati asoslanadi, oldingi an’ana, tizimga qiyoslanadi. Ilg‘or pedagogik
tajribaning asosiy ko‘rsatkichi innovatsion natijasidir. Masalan, o‘quvchilarning
bilim darajasi, mustaqil o‘zlashtirishi, olingan bilimlarni erkin qo‘llay olishi,
tarbiyalanganlik darajasi, bilish motivi, ezgu maqsadi shakllanganligi.
Ilg‘or padagogik tajribani ilmiy tahlil etishda vaqt tejamkorligi,
tajribaning
iqtisodiy afzalligi alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, pedagogik mehnatni ilmiy tashkil
etish kam mehnat qilib yuqori natija olishdir. Ilg‘or pedagogik tajribalarni
o‘rganish ijodkor o‘qituvchilarni kashf qilish ta’lim-tarbiya nazariyasini va
ahamiyatini boyitadi.
Ilmiy tadqiqotchi ijodkor o‘qituvchi bilan yangi tajribalarni yaratishi mumkin,
birga izlanish ishlarini tashkil etishi, tajriba yakka va jamoa tarzida bo‘lishi
mumkin. Jamoaningning ilg‘or
tajribalari maqsadli, kompleks, rejali bo‘lishi
mumkin. Keyingi yillarda ta’lim muassasalarida metodik kengashlar, birlashmalar
ilg‘or tajribalarni umumlashtirish markazlariga aylangan. Ilmiy seminarlarda ilg‘or
tajribalar natijasi, innovatsion loyihalar ilmiy amaliy bahosini,
tavsiyasini
olmoqda.
148
Ilg‘or pedagogika tajribalarni o‘rganish metodi ilmiy tadqiqot muammosidan
kelib chiqib har xil usullarda qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotiga doir dolzarb
tadqiqot, muammonisini tanlashda ilg‘or pedagogik tajribalarga asoslaniladi, ilmiy
farazlar ham ilg‘or pedagogik tajribalar asosida shakllanadi. Tadqiqotchi nazariy
qarashlarni, umumlashtirish, eksperiment o‘tkazish uni keng qo‘llash, uzluksiz
ta’lim-tarbiya faoliyatida joriy etishda, ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish natijasida nazariy va amaliy tavsiyalar
yaratiladi.
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega.
Pedagogik
ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan
aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga
ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va
vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa
va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar
kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv
jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari
jarayonida egallaydigan
bilim, ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash
pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogic
faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topadi:
1.
Maqsadni belgilash.
2.
Ma’lumotlarni to’plash.
3.
Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
4.
Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.