Anketa metodi
(fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedago-
gik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi
ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga
asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi.
O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari
quyidagicha bo‘ladi:
1)
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari
uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki
«ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali
savollarga javob beradilar).
134
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular
quyidagilardir:
1)
anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga
xizmat qilishi lozim;
2)
anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3)
anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4)
anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini
ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5)
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish
manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6)
anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Anketa metodi ijtimoiy so‘rov shaklida sotsiologiya, psihologiyada ham
qo‘llaniladi.
Pedagogik
tadqiqotda
ta’lim-tarbiya
jarayonining
ichki
qonuniyatlarini aniqlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish tamoyillarinii,
yo‘llarini, shakllarini ishlab chiqishda anketa-so‘rov metodi muhim o‘rin tutadi.
Pedagogik faoliyatni o‘rganish bo‘yicha 1899-yilda ilg‘or mamlakatlarda
600 o‘qituvchi, 1911-yilda 14 ming o‘qituvchida so‘rovnoma o‘tkazilgani ushbu
metodning tarixiyligidan dalolat beradi.
Anketa (fransuzcha surishtirish, tergov) ma’lumotlar olish uchun to‘ldirilgan
varaqa pedagogik ilmiy tadqiqotning muhim metodlaridan biridir. Pedagogik
ilmiy tadqiqotning dastlab ishchi ilmiy farazi, rejasi tuzilgandan keyin anketa
so‘rovnoma ishlab chiqiladi. So‘rovnomada avvalo, axborot olishdan boshlanadi,
keyin anketa tuziladi. “Iner’vyu” inglizcha uchrashuv, ikkinchi ma’noda: xabar
intervyu va mulohazali intervyu bir yoki bir necha shaxs bilan muhim masala
yuzasidan suhbat. Demak, anketa so‘rovnomada avvalo tadqiqot obyekti bilan
mulohaza, suhbat o‘tkazish o‘rganiyotgan muammoga shaxsni yoki ijtimoiy
guruhni munosabatini aniqlash mumkin. Suhbatlar umumiy shaklda ham tashkil
etilishi, qisqa va batafsil suhbat orqali ijtimoiy guruh yoki shaxsning holati
aniqlanadi. Belgilangan mavzuda suhbatda maqsadga muvofiq mulohaza yuritish,
135
tadqiqot obyektini hamkorlikka yo‘naltirish mumkin. SHuni e’tiborga olish
lozimki, suhbatda ham anketada ham savollar, ochiq, yopiq, yarim ochiq ma’noda
mazmunda bo‘ladi.
Anketa metodini qo‘llashda mavjud sharoitda uning qulayligi, imkoniyati
hisobga olinadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasini aniqlash izlanuvchiga o‘z
tadqiqot yo‘nalishini belgilashda anketa metodi samarali bo‘ladi. YA’ni, tadqiqot
muammosiga doir maqsad, vazifalar bo‘yicha anketalarning aniqligi, muhim
qirralarni qamrab olgani ilmiy izlanish natijasini kafolatlaydi.
Anketa savollarini tuzishda tadqiqotchidan metodologik madaniyat talab
etiladi. Savollarni mantiqan pedagogik qoidalarga, mavjud shart - sharoitga,
o‘rganilayotgan muammoga, ilmiy farazga mosligi; savollarda qisqa mantiq
qoidalarining hisobga olinganligi; savollarni hamma uchun tushunarli bo‘lishi;
savollarga javoblar ifodalanganligi; ochiq savollarda javob beruvchi fikrini o‘zi
ifodalashga yo‘naltirilganlik; yopiq savollarga alternativ “ha” “yo‘q” javoblarida
muammoning asosiy mohiyatini ifodalanishi kabilar.
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan anketa so‘rovnomada savollar soni 8,10
tadan oshmasligi, o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi talabalari uchun mustaqil
fikrni ifodalashga yo‘llaydigan savollar bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar o‘rtasida
o‘tkaziladigan anketa so‘rovnomada avvalo 5,6 nafar o‘quvchida o‘tkazib sinash
mumkin. Agar 6-sinf o‘quvchilarida o‘tkazilgan anketa savollariga javoblar
qiyinlik qilsa tadqiqotchi o‘z javobi shaklini tavsiya qilishi mumkin. Masalan:
1.
Sizning fikringizcha haqiqiy do‘stlik nimada? Ikkita eng muhim fazilatning
ostiga chizing.
Do‘stona hamkorlik, og‘ir sharoitda o‘rtog‘ini qo‘llash.
Bir birini tushunish, hamfikrlilik.
Ishonch va ochiq ko‘ngillik.
Haqiqatni o‘rtog‘iga ochiq ayta olish,talabchanlik.
Sadoqat va olijanoblik.
136
2. Sizning sinfingiz o‘quvchilari o‘rtasida do‘stlikka nima to‘siqlik qildi? Eng
muhim illatlar ostiga uch chiziq, ikkinchi darajaliga ikki chiziq, uchinchi darajali
illatga bir chiziq qo‘ying.
- hasad raqobat, o‘zini ustun qo‘yishga intilish;
- aldash, yolg‘onchilik, bir biriga ishonmaslik;
- faqat o‘zi haqida o‘ylash;
- bir-birimizni yaxshi bilmaymiz;
- umumiy maqsadimiz yo‘q.
Anketa metodi tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda yordamchi vosita
hisoblanadi. Dastlabki anketa so‘rovnomada muammoni obyektiv holatini
aniqlash imkoniyati yaratilsa, eksperimentdan keyin o‘tkaziladigan anketa
so‘rovnomada tajriba natijalarini baholashga sharoit yaratiladi.
Anketa so‘rovnoama tuzishga qo‘yiladigan talablar:
1.
Avvalo tadqiqot obyekti, predmeti o‘rganayotgan jarayon tarkibini,
mezonini aniqlash, kuzatish orqali erishiladigan daraja; maxsus tashkil etiladigan
vaziyatda voqelik; anketa so‘rovnomadan kutilgan natija. Anketa so‘rovnomaga
jalb etiladiganlar miqdori, soni, ijtimoiy holati jinsi, yoshi, ma’lumoti, moddiy
ta’minoti, yashaydigan manzili: shahar, qishloq, ko‘cha va hokozo ko‘rsatilishi,
anketa o‘tkazishga sarf qilinadigan vaqt belgilanishi lozim. SHuningdek, anketa
o‘tkazish vositalari, jihozi, sharoiti, holati, tipik oila, bola, shaxs turmush tarzi
hisobga olinishi;
2.
Anketa tadqiqot mazmuni, tarkibi bilan bog‘liqligi, savollarga obyektiv
javob olish, masalan, Seni matematika darsiga munosabating? Masalasi “Sevgan
faningni ayt?”, “Sening sevimli o‘qituvching?”, “Seni sevgan mashg‘uloting?
savollarida tekshirib ko‘rish mumkin. Ma’lumot olish metodikasini yaratish,
qanday sharoitda anketa o‘tkaziladi, ma’lumotlar qanday olinadi kabilar.
3.
Anketa tuzishda javoblarni matematik tahlil qilish, umumlashtirish,
matematik statistika va sotsiometriyaga mosligiga erishish; obyektiv javob olish
uchun so‘rovnomalar o‘tkazilayotganlar shaxsiga hurmat ifodasi “Sizdan iltimos”,
“Marhamat javob bering”, “Sizning fikringiz qanday” va hokozo iltifotli, samimiy
137
murojat aks etishi maqsadga muvofiq. Savollar hammaga tushunarli bo‘lishi,
savollarda mantiqiy izchillik, savollarni so‘rovnoma o‘tkaziluvchilar izzat nafsiga
tegmaslik kabilar.
4.
Anketa oldindan tayyorlanishi, ko‘p nusxada chop etilishi yoki doskada
yozilishi.
5.
Anketa so‘rovnomaga qancha ko‘p jalb qilinsa shuncha ishonchli javob
olish mumkin. Faqat tipik sotsial xususiyatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq.
6.
Anketa tashkil etishda so‘rovnoma o‘tkazilayotganlar ijodiy munosabati,
qiziqishi, kutilayotgan javob mohiyati aniqligi. O‘quvchilar o‘rtasida
o‘tkazilayotgan anketa savollarga javob variantlari ko‘rsatilishi mumkin.
Anketa metodi pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari bilan uzviy bog‘liq, bir-
birini to‘ldiradi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini aniqlashga,
istiqbolini belgilashda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |