O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7,03 Mb.
bet34/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35

4-hafta – 6 soat. Kunning ikkinchi yarmida bolalarga “Mehrjon” - hosil bayrami haqida suhbat o`tkazish; bolalarga qo`g`irchoq teatrini ko`rsatish “Ur to`qmoq” - o`zbek xalq ertagi; Ota-onalar bilan ishlash “Kuz faslida bola organizmini chiniqtirish”

Ota-onalarga – “Paxta – rizqu ro’zimiz” degan mavzuda doklad yozish. Onalarga paxtadan qilinadigan mahsulotlarni eslatish uchun devoriy gazeta chiqarish.



5-hafta – 6 soat. Ertalabki soatda bolalar bilan suhbat o`tkazish – kim, qaerda (mahalla, ko`cha, shahar) turadi? U yerda kimlar turadi? Oilada kim onasiga qanday yordam beradi?; Badan tarbiya mashqlarni musiqa bilan o`tkazish (magnitafon) ; Ona tili uslubiyatidan mustaqil mashg`ulot o`tkazish – “O`z tilim – ona tilim” mavzuda didaktik o`yinlardan “Gapni tugat”, “Shirin so`zlar”, “O`yinchoqlarni mehmon qilamiz”; sayr – bolalar bilan birgalikda o`troq qushlarni kuzatib, ular haqidagi bolalar bilimlarini mustahkamlash (chumchuq, musicha, mayna va h.k.) Harakatli o`yin o`tkazish “Kim chaqqon”, “Bekinmachoq”, “Lafta”.

Alaliya tashxisidagi bolalar bilan tarbiyachi shug`ullanayotganda bolalarning ruxiy xolatlariga etibor berishi kerak. Tarbiyachining asosiy vazifasi alaliya bolalar bilan didaktik materiallar orqali nutqini rivojlantiradi. Masalan ; mashg`ulotlarga oid elementlarning tartibli ishtirokiga ko`ra ularning shakli rangi va xajmini xisobga olgan xolda minora qurish (lego orqali) yoki mazayka yordamida geomеtrik shakllardan foydalanishi mumkin.



6-hafta – 6 soat. Ertalabki qabulni mustaqil o`tkazish; yakkama-yakka bolalar bilan suhbat o`tkazib ularning ona Vatan haqidagi bilimlarini aniqlash (Ona Vataning nima deb ataladi? Qanday xalqlar yashaydi?, Nima uchun sen o`z Vataningni sevasan?, Bizning poytaxtimizni nomi nima?, O`zbekistondagi qanday shaharlarni bilasan?, qanday she'r va ashulalar bilasan?, Prezidentimizning ismi shariflarini bilish? 1 sentyabr qanday kun? Mashg`ulot – tasviriy faoliyat – “Dasturxonimizni bezaymiz” mavzusida dekorotiv rasm. Sayr jarayonida bog`cha hovlisidagi terak, chinor va boshqa manzarali daraxtlar bilan tanishtirish. Ular manzarali daraxt bo`lib ko`cha, bog`cha va boshqa joylarni bezatish, ko`kalamlashtirish uchun ekilganligini tushuntirish; bolalarni mustaqil o`yinlar uchun o`yinchoqlar olib chiqish. Ota-onalarga Toshkent shahri haqida, ular bolalariga ertalab bog’chaga olib boorish vaqtida gapirib berishi haqida eslatib o’tish.

7-hafta – 6 soat. Ertalabki qabulni mustaqil o`tkazish; bolalarni “Ona – Vatan” haqidagi bilim doiralarini aniqlashni davom ettirish (O`zbekistonni poytaxti Toshkent haqida savollar: Toshkentni mustaqillik maydoni, ma'muriy binolar, favvoralar, shox ko`chalari); mashg`ulot – ona tili uslubiyatidan turli yosh guruhlarda “Ona shahrim – Toshkentim” mavzusida suhbat. Texnik vositalardan foydalanib “Toshkent” haqida vidiofilm va ashulalarni qo`yib berish. Sayrda Toshkent ko`chalariga ekskursiya uyushtirish.

Afaziya bilan og`rigan bolalarni tarbiyalayotgan tarbiyachi asosan xususiy xarakterda bo`lishi kerak. Chunki bolalar nutqiy va shaxsiy xususiyatlari bo`yicha bir-birlaridan farq qiladi. Bundan tashqari nutqning tiklanish jarayoni xar-bir bolada turlicha bo`ladi. Bola mashg`ulotlarda ortilgan nutq ko`nikmalari mustaxkamlab bo`lmaydi va tez unutadi. Shuning uchun tarbiyachi kun davomida o`zlashtirilgan mashg`ulotlarni (bilim va ko`nikmalar) ko`proq takrollaydi va mustaxkamlaydi.



8-hafta – 6 soat. Ertalabki soatda bolalarga 2-3 ta bo`lib o`ynash uchun yangi didaktik o`yinni o`rgatish. Uning mazmuni, qoidalarga rioya qilishga o`rgatish; nonushta o`tkazish jarayonida bolalar madaniy-gigienik ko`nikmalarga rioya qilishni o`rgatib borishni davom ettirish; mujassam mashg`ulot o`tkazish (ona tili va tasviriy faoliyat) – “Ertaklar olamiga sayohat” va ertaklar qahramoni “uchar gilam” rasmini solib hikoya qilish; sayrda bolalar bilan olaqarg`ani kuzatish. Milliy harakatli o`yinlar o`tkazish.

Ota-onalarga Toshkent shahrini “Mustaqillik” maydoni, milliy bog’ va boshqa yirik majmualar bilan tanishtirishni tavsiya etish.



9-hafta – 6 soat. Ertalabki soatda qurish yasash o`yinlarini uyushtirish. Ularni kichik guruhlarga bo`linib o`ynash. Badan tarbiya mashqlarni musiqa bilan o`tkazish.Jismoniy tarbiya uslubiyatidan ochiq mashg`ulotlarni turli yosh guruhlarda o`tkazish; tahlilda qatnashish; Sayrda olaqarg`ani kuzatishni davom etish. Uning xususiyailari, qishloq xo`jaligiga foyda keltirishini tushuntirib berish. Uyda olaqarg`ani rasmini chizib kelish.

Oilada bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha ishlar olib borishni tavsiya etish: kivhik yoshdagi bolalarni qalam, ruchka bilan rasm chizish, katta (5-6) yoshdagi bolalarga qiziqarli matematikadan rebuslar, qog’ozlardan geometrik shakllarni yasashga o’rgatish.



10-hafta – 6 soat. Ertalabki soatda bolalarga ixtiyoriy rasm chizish uchun qog`oz va qalam berish, bolalar bilan yakkama-yakka ish olib borishni davom ettirish (she'r yodlatish).

Tabiat uslubiyatidan hamma guruhlarda bolalarga suvning hususiyatlari bilan tanishtirish. Sayrda bolalarni oltin kuz fasli bilan tanishtirishni davom ettirish va barglarni solishtirish. Milliy o`yinlardan “Zag`izg`on”, “Oq terakmi, ko`k terak?”, “Ona tovuq va jo`jalar”



11-hafta – 6 soat. Kunning birinchi yarmini mustaqil o’tkazish. Bolalarni paxta haqida bilimini aniqlash (qanday ekiladi, o`sishi, gullashi, hosili); tasviriy san'at bo`yicha mashg`ulot o`tkazish - qirqish yopishtirish paxta dalasi mavzusida. Sayrda bolalarni kuz faslini oxirgi oyi noyabr ekanligini, sovuq tushganini qaldirg`ochlar uchib ketganini qarg`alar uchib kelganini eslatib o`tish; milliy o`yinlardan “Zag`izg`on”, “zim-ziyo”, “tekis doira bo`ylab” kabi o`yinlardan foydalaniladi.

Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarning tegishli dasturlarda qayd etilgan bilim va ko`nikmalarga o`rgatishdan ibort bo`ladi. Bu vazifalar aqliy axloqiy jismoniy va mehnat tarbiyasi bo`yicha o`quv mashg`ulotlarida amalg oshirilib tarbiyachi xar – bir bolning nutqiy tuzatish tarbiyasi bilan bog`liq xoldagi nutq imkoniyatlarini inobatga oladi. Bunday bolalar bilan tarbiyachi harakatli, musiqiy-harakatli, rikmik, musiqa jo`rligisiz nutqli xarakatli – nutqli mashq va o`yinlar o`tkazadi.



12-hafta – 6 soat. Bolalar bilan hosil bayrami haqida suhbat o’tkazish. Dehqonlarni mehnati bilan tanishtirish. Bolalar bilan yakkama-yakka ishlash. Katta va tayyorlov guruhlar uchun “Hosil bayrami” konsertini uyushtirish. Oilada kuz fasli, hovlilarda daraxtlar barg to’kishi, mevalar pishishi haqida so’zlab berish.

13-hafta – 6 soat. Ertalabki soatlarni mustaqil o`tkazishda davom etish. mashg`ulotni bolalarning iqtisodga oid ilk tushunchalarini kengaytirish; bolalarni pul haqidagi tushunchalarnini rivojlantirish. “Bog`cha bozori” degan didaktik o`yinni o`tkazish; sayrda tabiatni kuzatish ishlari olib borish; Daraxtlar bargini to`kkanligiga e'tibor berish, uning sababini aytish; harakatli o`yinlarni o`tkazish: “Ayyor tulki”, “Ona tovuq va jo`jalar”, “Choriy chambar”. Ota-onalarga uy sharoitida bolalarni to’g’ri qaddi-qomatga

14-hafta – 6 soat. Ertalabki soatni mustaqil o’tkazish Bolalar bilan “Alpomish va Barchinoy” testlarni o`tkazish; nonushta o`tkazishda bolalarni ovqatlanish madaniyatiga e'tibor berish. Mujassam mashg`ulot o`tkazish (matematika, nutq o`stirish, loy ishi) qishki kiyimlarni tasvirlash; sayr tabiat kalendariga ob-havoni tasvirlash (yomg`ir, shamol, quyosh), bog`chada yashaydigan mushukni kuzatish; bolalarni syujetli – rolli o`yinlar uchun o`yinchoqlarni olib chiqish. Ota-onalarga uy sharoitida bolalarni to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish bo’yicha konsultatsiya o’tkazish. Foto- gazeta chiqarish.

Dislaliya tovushlarning qisman buzilishidir. Bunda tarbiyachi logoped yozib qoldirgan mashg`ulotlarni takrollaydi. Masalan; bolani to`g`ri gapirtirishga o`rgatish jumladan bo`g`in tuzishga bo`g`inlar orqali so`z tuzishga o`rgatadi.



15-hafta – 6 soat. Kunning birinchi yarmini mustaqil o’tkazish; bolalarga stol ustida o`ynaydigan ta'limiy didaktik o`yinlar berish: “Lego”, “Dendi”, kubiklar, mayda qurilish materiallar yakkama-yakka ishlash, bolalarni qish fasli haqidagi bilimlarni aniqlash.

Hamma guruhlar uchun – O`zbekiston Konstitutsiyaga bag`ishlab (8 dekabr) – bayram kontsertni uyushtirish; pochta hodimlarni mehnati bilan tanishtirish.



16-hafta – 6 soat. Kunning birinchi yarmini mustaqil o’tkazish; bolalar bilan “Yangi yil” bayrami haqida suhbatlashish va birgalikda archaga osish uchun qog`ozdan o`yinchoqlar yasash; ona tili uslubiyatidan she'rni yod olish mashg`ulotini o`tkazish: K.Turdieva “Oq parcha”, X.Yakubov “Qor”, N.Orifjonov “Qishda”. Bolalrni uyda, oila sharoitida O’zbekiston Kostitutsiyasi haqida tushuncha berish.

Taxilaliya, odatda tashqi va ichki nutqning tezlashuvidan tashqari umumiy matorikaning va boshqa ruxiy jarayonlarning tezlashishi odatdan tashqari faolik jonsaraklikdir. Bunday bolalar bilan tarbiyachi jismoniy – tarbiya, dori darmonlar va fizo terapiya yordamida shug`ullanadi.



17-hafta – 6 soat. Ertalabki soatda bolalar tarbiyachi bilan xonalarni o`zlari yasagan o`yinchoqlar bilan bezash, badan tarbiyani musiqa ostida o`tkazish.

Barcha guruhlarda “Yangi yil” bayrami mavzusida ixtiyoriy rasm chizish.Amaliyotni yakunini, tarbiyachi, guruh rahbari bilan birgalikda yakunlash, amaliyot hujjatlari bilan tanishish.



18-hafta – 6 soat. Rejim jarayonni mustaqil o`tkazish; bolalarda madaniy-gigienik ko`nikmalarni shakllantirishni davom ettirish. Shaxsiy gigiena (qo`lni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni tozalash, iflos qo`l bilan ovqatlanmaslik, qo`l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, kiyimlarni toza saqlash); nonushtani mustaqil o`tkazish; bolalarni stol atrofida to`g`ri o`tirish, ovqatlanish madaniyatiga o`rgatish (qoshiq, vilka, piyoladan to`g`ri foydalanish va oqizmasdan, sochmasdan ovqatlanish); Sayrda bolalar bilan milliy o`yin o`tkazish; tabiat hodisalari bilan tanishtirishni davom ettirish, qish fasli bilan tanishtirish (qishda kunlar sovuq bo`lishi, quyoshni kamroq isitishi). Oilada bayramlarni nishonlash va ularni bolalar tarbiyasiga ta’sir etishi haqida suhbat o’tkazish. ( Tug’ilgan kunlar, yangi yil, Navro’z, Hayit va boshqalar)

Bradilalliya bilan og`rigan bolalarni tarbiyachi asosan quyidagi talablar bilan ishlaydi.

A) Gapirish jarayonida tez va aniq xarakatga erishish

B) tez gapirish yo`li bilan tez gapirish reaksiyasini yaratish

S) Ichki nutq tezligini oshirishga (tashqi muxit tasirlari, xarakat ritmika) yordamida erishish

D) tez o`qish va yozishga o`rgatish.

Logopediya 2007y “Kichik va maktab yoshidagi bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatish” , “To`g`ri gapiramiz va so`zlaymiz” adabiyotlaridan foydalanilgan xolda.

19-hafta – 6 soat. Bolalarda kattalar mehnatiga qiziqish va hurmat hissini shakllantirish; turli guruhlarda kattalar mehnati bilan tanishtiriladigan ochiq mashg`ulotlar o`tkazish: oshpaz, o`qituvchi, haydovchi va h.k.; kuzatgan mashg`ulotlarni tahlil qilinishida qatnashish; bolalar sayrini mustaqil o`tkazish.

20-hafta – 6 soat. Biriktirilgan guruhda o`quvchilar mustaqil bolalarni ertalabki soatlarini o`tkazadi; guruhda navbatchi bolalarni tayinlaydi va qiladigan ishlarini eslatadi. Bir guruh bolalardan uyda bajaradigan ishlarni so`rab aniqlanadi va bolalarga stol ustidagi “loto” o`yinlarni o`ynashni taklif etiladi.

Turli guruhlarda mashhur sarkardalarga bag`ishlangan (A.Temur, S.Rahimov, J.Manguberdi) Vatanimiz himoyachilari haqida bolalarga to`liq tushuncha beriladi.



Pedagogik amaliyotning haftalar bo`yicha taxminiy rejasi va taqsimoti.

3 kurs, 6 semestr, 30 soat, 5 hafta 6 - soat

1-hafta - 6 soat . Ertalabki soatda bolalarga 2-3 ta bo`lib o`ynash uchun yangi harakatli o`yinni o`rgatish. Uning mazmuni, qoidalarga rioya qilishga o`rgatish; nonushta o`tkazish jarayonida bolalar madaniy-gigienik ko`nikmalarga rioya qilishni o`rgatib borishni davom ettirish; mujassam mashg`ulot o`tkazish (nutq o’stirish va tasviriy faoliyat) dan. Milliy harakatli o`yinlar o`tkazish.

2-hafta - 6soat. Biriktirilgan guruhda o`quvchilar mustaqil bolalarni ertalabki soatlarini o`tkazadi; guruhda navbatchi bolalarni tayinlaydi va qiladigan ishlarini eslatadi. Bir guruh bolalardan uyda yodlash uchun sherlar berish ,Bobur g’azalaridan yod oldirish Zahiriddin Muhammad Boburning odil podshoh, shoir va buyuk sarkarda bo’lganligi haqida tushuncha berish.

3-hafta - 6 soat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarni o`tkazish; turli yosh guruhlarda. Bolalarga Alisher Navoiy haqida ilk ma`lumotlar berish. Navoiy rasmi bilan tanishtirish. Tarbiyachi Alisher Navoiyning rasmda aks etgan siymosi haqida tushunarli, sodda jumlalarda ayni paytda mehr va iftixor bilan bolalarga tasviriy hikoya (nuroniyligi, ko’zlarining mehr bilan boqishi, kiyimlari) aytib berish orqali unga nisbatan muhabbat, hurmat hissini uyg’otish. Kitob burchagiga Alisher Navoiyning rasmi aks etgan kitoblar qo’yish mumkin. A.Navoiy ruboyi va g’azallaridan yod oldirish .

4-hafta - 6 soat. Kunning birinchi yarmida bolalarga harf elementlarini mashq qildirish va savodga o’rgatish mashg’ulotlarini o`tkazish, Tovushlarni to’g’ri talaffuz etish va so’zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va takomillashtirish.

Unli va undosh tovushlar haqida tushunchalarni mustahkamlash



5-hafta - 6 soat. Onalar bayramiga bag`ishlab ertalabki soatlarda suhbat o`tkazish “Mening onam” ertalabki gimnastikani davom ettirish; mustaqil nutq o’stirish uslubiyatidan 8 mart kuniga bag`ishlangan mashg`ulotlar o`tkazish. ertak (“Zumrad va Qimmat”, ”Saxiy bilan Baxil.

O’quv amaliyotning haftalar bo`yicha taxminiy rejasi va taqsimoti

Maktabgacha ta'lim muassasasida mashg’ulotlarni loyxalash

2 kurs, 3-semestr, 36 soat, 6 xafta

Kirish. Yangi yondoshuvga kirish.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim

Bolaga yo’naltirilgan ta’limning asoslarini; Xar bir bolani individuallashtirish maqsadida ota ona va muassaning xamkorlik muxitini yaratish yo’llari.

Shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun ilk bolalik davrining ahamiyati.

Bola huquqlarini himoya qilish.

Bolaning maktabgacha yoshdagi extiyojlari va qiziqishlarini xisobga olish.

Bolalarning xuquqlarini xurmat qilish muhimligini anglash.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamkorlik madaniyati. Pedagogik jamoadagi muxit. Pedagogik jamoadagi muhitni qanday o’rganish mumkin. Ta’lim tartiblarini o’zgartirish. Qanday va nimaga?

Tarbiyachiga yo’naltirilgan tartiblar, bolaga yo’naltirilgan tartiblar.

2-hafta

Bolaning rivojlanishiga umumiy yondoshuv.

Bolaning rivojlanish sohalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar

rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablari.

Bolaning rivojlanishi. Jismoniy- motorik, aqliy, til-muloqot xamda ijtimoiy-xissiy rivojlanish soxalari. Tug’ilgandan 6/7 yoshgacha bo’lgan bolalarning rivojlanishidagi yosh xarakteristikasi: jismoniy motorik, aqliy, til-muloqat hamda ijtimoiy- xissiy rivojlanish: yoshga mos keladigan mashg’ulotlar misollari.

Mashg’ulot ishlanmalarini ishlab chiqish.

Interfaol strategiyalar.

O’yin orqali o’rganish. Tajriba orqali o’rganish. Kashf qilish. Hamkorlikda o’rganish.

3-hafta

Loyihalash. Mashg’ulot jadvalida loyiha ishi.

Mashg’ulot jadvalida loyiha ishning ahamiyati, loyiha bosqichlari.

Mavzuli loyihalarni rejalashtirish, loyiha ishiga kiritilgan mashg’ulotlar.

Turli jismlar loyihasi. Rejalashtirishda xisobga olish zarur bo’lgan omillar.

Mashg’ulotlarni loyihalashni o’rganamiz.

4-hafta

Bolaga yo’naltirilgan muhit.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati. Bola shaxsiga yonaltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish. Guruh binosining xavsizligiga qo’yiladigan talablar. Rivojlantiruvchi muhitda o’yin markazlari: Sa’nat; Qurilish; Pazandalik; Sahnalashtirish; Adabiyot; Matematika manipulyativ o’yinlar; Musiqa; Ochiq maydoncha; Qum va suv; Tabiatshunozlik.



5-hafta

Bolani rivojlanishiga individual yondoshuv.

Bolani baholash. Muqobil baholash. Bolaning rivojlanishida baholashning o’rni bolalarni kuzatishga asoslanib baholash. Muqobil baholash strategiyalari.

Kuzatish va qayd etish. Kuzatish va qayd etish maqsadlari, kuzatish tamoyillari.

Kuzatilishi mumkin bo’lgan harakatlar.

Portfolio. Bolalar portfoliosi nima? Bolalar portfoliosining tahminiy bo’limlari. Portfolioni ishga tushirish.

Maktabga tayorgarlik. Bolani maktabga tayorlash komponentlari. Birinchi sinf o’qituvchisining ijtimoiy psixologik portreti. Bolani maktabga qanday tayyorlash lozim?



6-hafta

Maktabgacha ta'lim muassasasida va oila jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik.

Ota-ona va tarbiyachilar o‘rtasida samarali hamkorlik. Oilalar bilan ishlash.

Oila hamkorligining asosiy ko’rinishlari va usullari haqida; Oila bilan hamkorlik ishlarning samaradorligini oshirish yo’llari; Ota- onalar bilan yuzaga kelgan turli vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutish.

Maktabgacha ta'lim muassasalariga tayorgarlik, maktabgacha ta'lim muassasalariga moslashuv.

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga moslanish jarayoni “ Moslashuv davrining turlari.Bolaning maktabgacha ta'lim muassasalariga moslashuv davrida ota onalarga va tarbiyachiga maslahatlar.”Ota-onalar uchun so’rovnoma savollari.

Alohida extiyojli bolalar bilan ishlash. Inkluziv ta’lim.



Inkluziv ta’lim nima? Inkluziya strategiyasini qo’’lash. Inkluziv ta’limning manfaatlari.

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar ijodkorligini rivojlantirish

2-kurs, 3-semestr, 72 soat, 12 hafta

1 – hafta. Amaliyotning maqsad vazifalari va texnika xavfsizligi qoidalari haqida ma`lumot berish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga o`rgatiladigan buyum o`yinchoqlar haqida ma`lumotlarberish. “Bolajon” dasturi bo`yicha o`rganish.

2-hafta. Maktabgacha ta'lim muassasalarida qog`ozni qirqib yopishtirish har xil qiriqish usullari bo`yicha ijodiy ishlarni bajarish yo`lini tushuntirish, ijodiy ishlar bajarish.

3-hafta. Archa o`yinchoqlarini xo`jalik qog`ozi orqali yasalish yo`lini tushuntirish, turli xil o`yinchoqlarini mustaqil yasash.

4-hafta. Maktabgacha ta'lim muassasalarida o`quvchilarga ko`ngil ochish soatlari va sayr vaqtlarida niqoblar yasash haqida ma`lumot berish, niqoblarni turli xil ko`rinishlarini yasash.

5-hafta. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat materiallari yordamida buyum o`yinchoqlar yasash haqida ma`lumot berish, tabiat materiallari orqali mustaqil ijodiy ishlar bajarish.

6-hafta. Maktabgacha ta'lim muassasalarida harakatli o`yinlar uchun turli xil ko`rinishdagi o`yinchoqlarni tarqatma materiallarini yasalish yo`llarini tushuntirish, qum-haltacha, arqonchalar va estafeta bayroqchalarini yasash.

7-hafta. Maktabgacha ta'lim muassasalarida harakatli ertakli kitobchalar haqida ma`lumot berish, parolon yordamida ertakli kitobchalarni tayyorlash.

8-hafta. Turli materiallaridan suvinerlar va estalik sovg`alari yasash haqida ma`lumot berish va mustaqil ijodiy ishlar bajarish.

9-hafta. Karton qog`ozdan turli xil yovvoyi hayvonlar shaklini tayyorlash haqida ma`lumot berish, mustaqil amalda bajarish.

10-hafta. Qum va alebastr yordamida applikatsiya ishini bajarish yo`lini tushuntirish va mustaqil amalda bajarish.

11-hafta. Rangli va zar qog`ozlardan to`qish orqali savatchalar, sumkachalar, qutichalar yasash yo`lini tushuntirish va amalda bajarish.

12-hafta. Barcha qilingan ishlar yuzasidan ko`rgazma tashkil qilish.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida Davolovchi massaj

2-kurs, 3-4 semestr, 36 soat, 6 hafta

1-hafta. Uqalash haqida tushuncha.Organizmga ta'sir qilish mеxanizmi. Uqalashning markaziy va pеrifarik asab tizimiga ta'siri. Uqalashning pay va bo’g’inlarga ta'siri. Uqalashning qon aylanish, qon tomir va limfatik tizimga, nafas olishga, ichki organlarga ta'siri.Uqalovchi, uqalanuvchi, xona va jihozlarga qo’yiladigan gigiеnik talablar. Davolovchi uqalashining qisqacha tavsifi va uning fin, shvеd va sharqiy tizimdan farqi.

2-hafta. Massaj usullari, uning turlari, shakllari haqida ma’lumot.Umumiy va mahalliy massajning tavsifi. Umumiy massajning gavda qisimlarida o’tkazish uslubiyati.Alohida usullarda, gavda qismlarida va tartibli uqalashda vaqtni taqsimlash.

3-hafta. Silash va siqish usuli haqida tushuncha. Usulning fiziologik axamiyati.Usul turlari.Usulning bajarish uslubiyati va tehnikasi. Usulni qo’llashdagi hatolar.Ushbu usullarni bajarish turlari malakalarini amaliy egallash.

4-hafta. Ishqalash, iylash usuli haqida tushuncha.Usul fiziologiyasining hususiyatlari.Usul turlari .Usulning bajarish uslubiyati va tehnikasi. Usulni qo’llashdagi hatolar.Ushbu usullarni bajarish turlari malakalarini amaliy egallash.

5-hafta. Zarbli usullar, usullarni qayta ishlash va harakatlar. Usul haqida tushuncha, usul fiziologiyasining hususiyatlari.Usulning bajarish uslubiyati va tehnikasi. Usul turlari: passiv, aktiv, qarshiliklar bilan. Usulni turli bo’g’imlarda bajarishning o’ziga hosligi.

6-hafta. Jarohatdava ba’zi bir kasalliklarda massaj. Jarohatda va ba’zi bir kasalliklarda o’zini uqalashga ko’rsatmalar va zararlari. Gavda nuqsonlarida davolash mehanizmlari va davolashda jismoniy mashqlardan foydalanish uslubiyati.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida Rasm buyum yasash

2-kurs, 4 semestr, 36 soat, 6 hafta

1-hafta. Kirish. Rasm buyum yasash haqida tushuncha. Tasviriy san'at turlari. Rasm ishlashdagi dastlabki mashqlar, pеrеspеktiv qisqarishga ega bo’lmagan narsalar rasmini ishlash haqida tushuncha

Rasm buyum yasash fanining maqsad va vazifalari, bo’lajak tarbiyachi - pеdagoglarni yеtishtirishda rasm buyum yasash fanining tutgan o’rni va mohiyati. Fanning dasturi, rasm ishlash va haykaltaroshlikka qo’yilgan talablar. Fan bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar va ulardan foydalanish.

Tasviriy san'at turlari: nafis san'at, haykaltaroshlik, grafika, amaliy san'at, mе'morchilik.

Nafis san'at tushunchasi va uning xaraktеrli tomonlari. Nafis san'at elеmеntlari, kompazitsiyasi, minatyura uslubi, rang malakasi. Tasviriy san'at janrlari: natyurmort, portrеt va hayotda tutgan o’rni.

Buyumlarning tuzilishi, shakli, fazoviy joylashishi to’g’risida tushuncha, narsalar tuzilishining tahlili. Rasmlar ishlashda kеtma-kеtlik. Xomaki rasmlar ishlash, qalam bilan ishlash tеxnikasi, qalam bilan bajaruvchi dastlabki mashqlar. Rasm turlari: uzoq muddatli, xomaki rasmlar, ishlangan rasmlarda chiziqli, yorug’, soya tomonlarini munosib bo’yoqlar vositasida ko’rsatish. Hajmli buyumlar rasmini ishlash.

2-hafta. Hajmli narsalar rasmini ishlash, pеrеspеktiva haqida tushuncha. Natyurtmort rasmini ishlash

Hajmli buyumlar va ularni shakli, tuzilishi, yorug’, soyalarini kuzatishni o’rgatish. Pеrеspеktiva haqida tushuncha. To’g’ri to’rtburchak, aylana, silindrsimon buyumlarning pеrеspеktivada ko’rinishi haqida tushuncha. Tasvirlovchining ko’rish nuqtasi sur'at tеkisligi. Ufq chizig’i, tutashuv nuqtasi haqida tushuncha. Ufq chizig’iga aloqador turli ko’rinishlardan iborat to’g’ri burchakli narsalarning frontal pеrеspеktivasi. Silindr konus va kesik konus shakldagi narsalarni tasvirlashda pеrеspеktiv qoidalarga rioya qilinishi. Shar rasmini chizishda yorug’, soya, blik, shaxsiy soyalarni ko’rsatish.

Natyurmort haqida tushuncha. Jonsiz narsalar to’pini kuzatish. Ulardagi ranglarni bеrilishi tahlili. Namunaviy topshiriqlar: Gullar, mеvalar, ko’za va mеvalar, likopchada olmalar rasmini ishlash.


Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish