Maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar
8
6
4
2
2
6
Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar
7
5
4
1
2
7
Nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish yo’llari
7
4
2
2
3
8
Maktabgacha yoshdagi tayanch-harakat a’zolari apparatida nuqsoni bor bolalar
6
4
3
1
2
9
Maktabgacha yoshdagi autizm sindromiga chalingan bolalar
4
2
1
1
2
10
Maktabgacha yoshdagi murakkab nuqsonli bolalar
6
4
2
2
2
J A M I :
59
40
24
16
19
Fanning mazmuni Kursning metodologik mazmunini O‘zbekiston Respublikasning ta’lim sohasidagi siyosati kadrlar tayyorlash milliy modeli; XXI asr maxsus pedagogika obrazi; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va Respublika hukumatining me’yoriy hujjatlari; Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, maxsus ta’limning hozirgi davrda ustuvor yo‘nalishlari, umumiy va maxsus pedagogika – logopediya fanlarining yutuqlari tashkil etadi.
ASOSIY QISM Defektologiya fani, uning predmeti, maqsadi, vazifalari, tamoillari Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. Defektologiya fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiya (moslashish), reabilitatsiya ishlari. Defektologiya fanining yo’nalishlari.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlari. Sensor nuqsonli bolalar. Motor nuqsonli bolalar.
Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar. Tug’ma va orttirilgan ko’rish nuqsonlari va ularning kelib chiqish sabablari.
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo’lgan bolalar. Ushbu nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar, ularning darajalari, ta’rifi Aqli zaif bolalar (yengil, o‘rta, og’ir va o’ta og’ir). Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktablari.
Maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar. Psixik rivojlanishi orqada qolish sabablari, turlari. Psixik rivojlanisi sustlashgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari.
Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar Nutq kamchiliklarni sabablari, alomatlari. Nutq nuqsonlarining tasnifi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari.
Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar. Bolalar tayanch apparatida kuzatiladigan nuqson turlari. Nuqsonlarning kelib chiqish sabablari. Tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari.
Maktabgacha yoshdagi serebral falaj bo’lgan bolalar Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar. Serebral falajlik kasalligi, uning xususiyatlari, turlari. Bolalarda namoyon bo’lish alomatlari.
Maktabgacha yoshdagi autizm sindromiga chalingan bolalar Autizm sindromiga chalingan bolalar. “Autizm sindromi”ga ta’rif. Autizmning sabablari, turlari. Maxsus ta’lim va tarbiyani tashkil etish yo’llari.
Maktabgacha yoshdagi murakkab nuqsonli bolalar Murakkab nuqsonlikka ta’rif. Murakkab nuqsonlarning birga kelish turlari. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar. Kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, alomatlari
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar o’quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar, ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos tomonlari bilan tanishadilar. Eshitishida, ko’rishida, harakat-tayanch a’zolarida, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar, psixik rivojlanishi sust, aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulot nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatadi. Amaliy mashg’ulotda maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya ishlarining tashkil etilishi amalda kuzatiladi, nazariy bilimlar mustahkamlanadi, o’quvchilar mustaqil ravishda adabiyotlar ustida ishlab, o’z o’rganganlarini auditoriyada o’qituvchining rahbarligida muhokama etishga o’rganadilar, alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid hujjatlar, adabiyotlar bilan tanishadilar.
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Sensor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta’lim jarayonining o’ziga xosligi. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar bilan tanishtirish. Kar, zaif eshituvchi bolalar bilan tanishtirish. Maxsus muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni.
Motor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Og’ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan ishlar. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab-internatda olib boriladigan ishlar, ularning o’ziga xosligi.
Aqliy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Yordamchi MTM va undagi ta’lim-tarbiya jarayoni. Yordamchi maktab va maktab-internatlarda olib boriladigan ishlar. Maxsus maktab-internatda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarning o’ziga xosligi.
O’zbekistonda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ularga bolalarni qabul qilish qoidalari. Psixologik-pedagogik va tibbiy-logopedik komissiya va uning faoliyati. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi va uning faoliyati. Alohida yordamga muhtoj bolalarni maxsus muassasalarga saralash tamoyillari.