Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy, bilim va ko`nimalari berish. O`quvchilarga MTMda va oilda qog`oz, karton va tabiiy materiallarni qayta ishlash texnikasi, o`yin kulgular uchun jihozlar yasash, tabiiy va tashlandiq materiallarni qayta ishlash va gazlamadan applikatsiya va boshqa mateiallarni qayta ishlash yo`llarini o`rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi; ushbu fanni o’qitishda O’zbekiston resbuplikasi ta’lim to’g’risidagi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat talablari”, "Bolajon tayanch dasturi" asosida qo’l mehnati orqali mehnat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishdan iboratdir. Fanning nazariy, amaliy mavzularni o’qitishda interfaol uslublarni keng qo’llash, virtual vosatalardan (multimediya, prezentatsiya) usullarida foydalanish bilimlarni tez oson o’zlashtirib, uzoq vaqt xotiralarida saqlasgga yordam beradi. Qo'l mehnati orqali ijodkorlik bilan buyum va o'yinchoqlar yasashga o'rgatish ko'zda tutiladi.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Bilimlar: fani o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak.
O`quvchilarni tanlagan kasblariga qiziqishlarini uyg`otish, olgan bilimlarni rivojlantirish.
1. ,,Bolajon” tayanch dasturi orqali qo'l mehnati vazifalarni mukammal o'rganish.
2. ,,Ustaxonada amaliy mashg'ulot’’ fanining maqsad, vazifasini mukammal bilishlari
3. Atrof muhitni muhofaza qilish qonuniyatlarini
4. Yasayotgan buyumlardan qachon va qanday buyumlar yasash mumkinligini
5. O'quvchilarda rang, shakl,tuzilishi bir biri bilan bog'liq narsalar haqida bilim berish
6. Qog'oz va uning ishlab chiarish jarayonini
7. Tabiat materiallari va turli xil xom ashyolardan buyum o'yinchoqlar yasashni bilishlari lozim.
Ko'nikma: fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak.
1. Fan uchun kerak bo'ladigan asbob uskunalardan to'g'ri foydalanishni
2. Qog'oz, karton, mato, turli xom ashyolarning xususiyatlarining aniqlay olish o'quvini rivojlantirish
3. Ish qurollari, kerakli jixozlarning turlaridan foydalanish usullarini bilish ko'nikmalarni tarbiyalash
4. O`quvchilarda hozirgi zamon talablariga mos, yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliy bilim, ko`nikma va malakalar berishdan iborat.
Malaka:
1. O'quvchilarni nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishga
2. "Ustoz-shogird" ilimlarini doimiy amalga oshirishga
3. Nazariy amaliy dars jarayonlarida yangi inavatsion tehnalogiyalardan foydalanish, ularni amalda qo'llay olish
4. Ijodkorlik, izlanish orqali bolalar bog'chalari uchun ijodiy ishlarni yarata olish malakalarini o'stirish
5. Qo`l mehnati orqali mehnat qilish malakalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |