Boshlang`ich geometrik ma`lumotlarni o`rgatish uslubi. 2 s.
O`quvchilarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uslubi, ularning sodda xossalari, shakllarning tasvirlanishi, o`quvchilarga sodda geometrik shakllarni o`rgatish. Shakllarni qismlarga ajratish va berilgan qismlardan shakllar yasash. Shakllarning tomonlari uzunliklarining yig`indisini topishga doir masalalar. Nazorat ishi.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishga o`rgatishning
umumiy tushunchalari. 4 s.
Matematika o`qitish uslublarining umumiy tavsifnomasi. Induksiya, deduksiya va anologiya. Mashg`ulot. Mashg`ulotning maqsad va vazifasi. Mashg`ulot turlari va ular orasidagi bog`lanish. O`qituvchining mashg`ulotga tayyorlanishi. Mashg`ulotlarda qo`llaniladigan uslublar, ularning o`quvchilar malaka va ko`nikmalarini egallashdagi samaradorligi. O`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish uslublari. O`quvchilar bilimini aniqlash va rag`batlantirish usullari, o`quvchilarga uy vazifalari berish va ularning bajarilishini nazorat qilish yo`llari.
O`qituvchi va o`quvchilar uchun o`quv uslubiy qo`llanmalar. Ularning mazmuni va foydalanish. Mashg`ulot jarayonida foydalaniladigan ko`rgazmali qurollar, ularning turlari, foydalanishda qo`yiladigan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |