II BOB. KOMBINATORIKA
Ushbu bobda kombinatorikaning paydo bo‘lishi haqidagi qisqacha tarixiy ma’lumotlar, kombinatorikada qo‘llaniladigan usul va qoidalar hamda kombinatsiyalar, jumladan takrorlanuvchi elementlari bo‘lmagan (betakror) va takrorli o‘rin almashtirishlar, o‘rinlashtirishlar, gruppalashlarga oid ma’lumotlar keltiriladi. Paskal uchburchagi, Nyuton binomi, binomial koeffitsientlarning xossalari, ko‘phad formulasi, Fibonachchi sonlari va ularning sodda xossalari, bo‘laklashlar va ularning ba’zi xususiyatlari, Ferrers diagrammasi, hosil qiluvchi funksiyalarning xossalari va ularning kombinatorikada qo‘llanilishi ham bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |