O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Yulduzlararo chang va gaz



Download 1 Mb.
bet93/100
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#223598
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
Astronomiya fanidan ma'ruzalar matni

Yulduzlararo chang va gaz

Yulduzlar osmoni tushirilgan fotorasmlarda ular bir tekis taq-simlanmaganini sezish mumkin. Buning asosiy sababi, ayrim — yulduzlar kam kuzatiladigan sohalarda nurlanishni kuchli yuta-digan yirik chang materiyaning borligidir. Yulduzlararo bunday nurlanishni kuchli yutuvchi materiyaning borligini bundan yuz yildan ko'proq vaqt oldin taniqli astronom Y.V.Struve bashorat qilgan edi. 1930- yillarda yulduzlararo bunday muhitning mavjudligi uzil-kesil tasdiqlandi.

Bunday nurlanishni kuchli yutuvchi chang muhitining borligiga Janubiy Krest yul­duz turkumida proyeksiya-lanadigan «Ko'mir qopi» va Orion yulduz turkumida joy­lashgan «Ot boshi» tuman-liklari yorqin misol bo'la oladi (127-rasm).

«Ko'mir qopi» qora tu-manligi bizdan 150 pk maso-fada, o'lchami 8 pk ga yaqin Somon Yo'lidagi tumanlik bo'lib, uning burchak oi-chami 3° ni tashkil etadi. Teleskop bilan kuzatilganda uning ko'rish chegarasida kuzatiladigan xira yulduzlarning soni tumanlikdan tashqarida shunday maydonda kuzatiladigan yulduzlar sonidan taxminan 3 martacha kam chiqadi. Bundan «Ko'mir qopi» undan narida joylashgan yulduzlarning nurlanishlarini yutib, ularning nurlanishlarini qariyb 3 marta kamaytiradi degan xulosa kelib chiqadi. Bunday yutilish yulduzlarning ko'rinma kattaligini kattalikka o'zgarishiga olib keladi.

Galaktikada bunday tumanliklar ko'p bo'lib, xususan, Oqqush yulduz turkumidan boshlanib, Burgut, lion, Qavs va Aqrab yulduz turkumlarigacha cho'zilgan chang tasmasi, Somon Yo'lining bu qismida yulduzlarning bizdan «yashirib», unda ulkan qora ayrilikni vujudga keltirgan. Ayniqsa, Galaktika markaziga tomon yo'nalishda (Qavs yulduz turkumi tomonida) qora tumanlik juda quyuq bo'lib, biz uchun qiziq sanalgan Galaktikamizning markaziy quyulma qismini ko'rishni qiyinlashtiradi.

Yulduzlararo fazoda nurni yutuvchi bunday moddaning bor-ligi, yana bir hodisa — nurning yulduzlararo qizarishi bilan tasdiq-langan. Bu hodisani miqdor jihatidan xarakterlash uchun, yulduz-ning kuzatilgan rang ko'rsatgichi Clk bilan uning spektriga mos rang ko'rsatkichi Cls orasidagi farq bilan belgilanadigan rang orttirmasi CE degan tushuncha kiritiladi: CE = Clk - Cls. Aniq bir rangdagi yutilish kattaligi yulduz kattaligining o'zgarishi bilan quyidagicha ifodalanadi:

Am = yCE,

bu yerda у — proporsionallik koeffitsiyentini ifodalab, agar yutilish fotografik yulduz kattaliklarida ifodalansa, 4 ga yaqin sonni, agar vizual yulduz kattaliklarida ifodalansa, 3 ga yaqin sonni beradi.

Yulduzning haqiqiy yulduz kattaligi m0 uning kuzatilgan yulduz kattaligi mk orqali quyidagicha topiladi:

mo = mk- Am = mk-y CE.

Quyosh atrofida 1000 pk li masofada joylashgtan yulduzlar uchun rang orttirmasi 0,5m ga teng bo'lib, unga mos Am



Am= l,5m,

boshqacha aytganda, bu yulduzlarni ko'rinma nurlanishlari yul­duzlararo yutuvchi muhit tomonidan taxminan 4 martacha susayti-rilgan bo'lar ekan. Gazsimon tumanliklar. Tim qorong'i osmonda yulduziararo gaz hatto qurollanmagan ko'z bilan ham ko'rish mumkin bo'lgan eng mashhur gaz tumanlik Orion yulduz turkumida joylashgan bo'lib, uning eni 6 pk gacha cho'zilgan (128- rasm). Shuningdek, Qavs yulduz turkumida Laguna, Omega va Uchtarmoqli, Oqqush yulduz turkumida Shimoliy Amerika va Pelikan, Yakkashox yulduz turkumida Rozetka (129- rasm) kabi taniqli gaz tumanliklar mavjud. Bu xildagi jami obyektlarning soni 400 ga yaqin.

Bu tumanliklarning spektri vodorodning H va Н„, ikki qayta

ionlashgan kislorodning OIII chiziqlari (k= 5007 A , X, = 4950 A), azot va boshqa elementlarning emission chiziqlaridan tashkil topib, tutash spektri juda xira fonda ko'rinadi. Aksariyat hollarda tumanlikning ichida yoki uning yon atrofida qaynoq О yoki B0 sinfiga tegishli yulduz uchraydi. Bunday yulduz quwatli ultrabi-nafsha nurlanishning manbayi bo'lib, uning yaqinida joylashgan tumanlik gazining atomlari tomonidan yutilib, ularni ionlanishiga va nurlanishga majbur etadi. Bunda yulduzning quwatli ultrabi-nafsha nurlanishining asosiy qismi gaz atomlarini ionlashtirishga sarf bo'lib, kam qismi, oqibatda issiqlikka aylanadigan elektronlar-ning kinctik energiyasini orttirishga ketadi.

Ionlashgan gazda erkin elektronlarning atom bilan bog'langan holatga o'tishi bilan kechadigan rekombinatsiya hodisasi kuzatilib, bunda atomlar, dastlab yutilgan qattiq ultrabinafsha nurlarning kvantlari o'rniga, ko'zga ko'rinadigan diapazonda, nisbatan kam ehergiyali bir necha kvantlarda nurlanadi, boshqacha aytganda, fluoressensiya hodisasi ro'y beradi.

Tumanlikda bu jarayon tufayli qaror topgan 104 К ga teng temperatura mazkur tumanlikning issiqlik radionurlanishi orqali tasdiqlanadi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish