O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Zarur, murakkab, qoida, hushyor, haqiqat, bilim, g‘azab, gilam



Download 0,51 Mb.
bet41/135
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740669
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Bog'liq
Hozirgi ozbek 1-bosqich

61-mashq. Zarur, murakkab, qoida, hushyor, haqiqat, bilim, g‘azab, gilam so‘zlarining tarkibidagi unli tovushlarni alohida olib, ularning hosil bo‘lishidagi nutq organlarining harakatini tushuntirib bering.


62-mashq. Alifboli topishmoqlarning javobini topib, so‘zlardagi unli tovushlarga tavsif bering.

Anorda bor, Gugurtda bor Zuluk, Zulfun,


Qanorda bor, Urgutda bor, O‘rozda bor,
Fonusda yo‘q, Lochinda yo‘q, Tovuqda yo‘q,
Fonarda bor. Burgutda bor. Xo‘rozda bor.

Bodomda bor, Sanoqda bor,


Toshda yo‘q. Chanoqda yo‘q.
Boshda bor-u, Sochda bor-u,
Qoshda yo‘q. Taroqda yo‘q.

(T. Adashboyev)




63-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Tovushlari va harflari bir-biriga mutanosib kelmagan so‘zlarni topib, izohlang.

ONA MEHRI


Ona! Bu so‘z hayot kabi abadiy. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor. Ona borki, Vatan bor. Zero, ona kabi muqaddas va tabarruk, aziz va mo‘tabar, beg‘araz va beminnat inson bu yorug‘ dunyoda topilmaydi. Atoqli yozuvchilarimizdan biri aytganidek: «Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz qahramon ham, shoir ham tug‘ilmaydi. Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayol — Onani sharaflaylik...»


Dunyoda ona mehridan ortiqroq hech narsa yo‘q!


64-mashq. She’rni o‘qing. Unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering. She’rdagi g‘oyaga munosabat bildiring.

VATANDA BEVATAN Bo‘LDIM


Agarchi ismim, Erkin,


Erki yo‘q, bandi kishan bo‘ldim,
Ko‘zim bog‘liq, dilim dog‘liq,
Tilim yo‘q, besuxan bo‘ldim.
Ko‘rib hayratga tushdi
Bu jahon holi parishonim,
Bamisli ankabut so‘rgan —
Chibin, pajmurda tan bo‘ldim.
Muazzam Sayxun-u Jayxun
Labida tashna lab qoldim,
Kiyintirdim jahonni,
Jismi uryon, bekafan bo‘ldim.
Chekibdir Bobir-u Furqat
Vatan hajrida afg‘onlar,
Men ersam, voh, ne g‘urbatkim,
Vatanda bevatan bo‘ldim.
Olisda, oh diyorim deb
Sog‘ingay, ey vatandoshim,
Dema sen o‘zni bebaxt,
Baxti yo‘q aslida man bo‘ldim.
Shukurki, keldi Istiqlol,
Umidim rost qil, Ollohim,
Ki shoyad beqafas bulbul
Kabi sohib chaman bo‘ldim.
Ishonchim bor, Vatan, bir kun
Kelar chin nurli davroning,
Degayman shunda, chin Erkin,
Chin inson qaytadan bo‘ldim.
(Erkin Vohidov)



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish