Savol va topshiriqlar
1. Ikki nuqtaning ishlatilish o‘rinlari qaysilar?
2. Nuqtali vergul qanday hollarda ishlatiladi?
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikki nuqta va nuqtali vergulning ishlatilishi haqida gapirib bering.
MORFEMIKA
29-dars. So‘ZLARNING MORFEM TARKIBI
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad: o‘quvchilarning ongida morfemika yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;
b) o‘quvchilarni o‘zbek xalqiga mansub ekanligidan faxrlanish ruhida tarbiyalash.
Topshiriq. Yo‘liqmaslik, tayyorlandi, boshladik so‘zlarini ma’noli qismlarga ajratib, ularni izohlang.
Muhtaram o‘quvchi.
Nutqingizdagi so‘zlarga hech diqqat qilganmisiz?
Ular bir xil shaklda qotib qolgan emas. Nutq talabi bilan ular turli xil qo‘shimchalarni qabul qiladi, o‘zgaradi, turfa ma’nolarni ifodalash uchun xoslanadi.
Misol uchun birgina «o‘z» so‘ziga e’tibor bering:
Ko‘rinib turibdiki, shakl o‘zgarishi bilan so‘zning ma’nosida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Shu vajdan har bir so‘zni tarkibiy qismga ajratish hamda mazkur qismlarning qanday ma’no anglatayotganligini anglab yetish mumkin. Bu esa tilni bilishdagi eng muhim bosqich sanaladi. Masalan, «Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga» maqolidagi «o‘ziga» so‘zini «o‘zga», «o‘zini», «o‘zimdan» so‘zlariga almashtirib ko‘ring-chi — sira mumkin emas: mantiq buziladi.
So‘zlar asos va qo‘shimcha qismga ajraladi.
Litsey-dosh, quvon-ch, maslahat-chi, fikr-iy, ish-i so‘zlaridan birinchi qism asos sanaladi, ikkinchi qism esa qo‘shimcha qismidir.
So‘zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limiga morfemika deyiladi.
162-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlarni asos va qo‘shimcha qismlarga ajrating. Ular haqida fikr yuriting.
U butun nutqini Istiqlolga muhabbat uyg‘otishga qaratdi:
— Istiqlol! Mustaqillik. «Ollohga ming qatla shukurlarkim, bu kunlarga ham yetishdik. Ko‘chalarda jar solib: «Suyunchi!», «Suyunchi!» deb uyma-uy yuradigan zamon keldi!
Muxtoriyat!..Oh-o!.. Bunga yetmoq niyatida ne-ne kurashlar bo‘lmadi? Ne-ne asl farzandlarimiz jonlarini fido qilib, qurbon bo‘lib ketmadilar. Istiqlolning bu qadar jon fido qilgulik ne sehri, ne mo‘jizasi borki, asrlardan buyon insoniyat Istiqlol uchun, hatto bir quloch yeri bor xalqlar ham jon olib, jon berib kurashgan. Axir, bizning Turon yurtimiz go‘zallikda ham, boylikda ham Xudoning marhamati yozilgan bir zamin emasmidi? Yillar bo‘yi talanmadimi? O‘zimiz qaytadan ega bo‘lganimizga shukurlar! Muborak bo‘lsin!
Alisher Navoiy «Oltin qafas» deb karomat qilganlaridek, qafasda parvoz bo‘lmaydi! Qafasdagi qushning sudraluvchi jonivordan ne farqi bor, axir!
Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi. Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi? Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin!
(Shukrullo. «Tirik ruhlar»)
Do'stlaringiz bilan baham: |