O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling



Download 0,51 Mb.
bet65/135
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740669
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135
Bog'liq
Hozirgi ozbek 1-bosqich

117-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling.

Xatda gap ko‘p. Maktubda maktubnavisning o‘zi, ichki ruhiy olami to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Yozgan xatiga qarab turib bexato aytish mumkin: bu odam sermulohaza, latif, dono, ishonuvchan, dilgir, kuyunchak, mehribon yo bo‘lmasa shoshqaloq, ziqna, asabiy, qo‘pol, qo‘rs, dag‘al, to‘qimtabiat, befarosat, dali-g‘uli, loqayd va hokazo.


Barmoqlarning ruhi va sehri bo‘ladi. Ana shu sehr barmoqlar hamda qog‘oz orqali boshqalarga ham o‘tadi, ta’sir ko‘rsatadi.
Xat o‘zining nimasi bilan qadrli? Bu mujda, sog‘inch, umid. Odamlar bir-birlaridan mehr-oqibat, taskin, tasalli, qalb malhami kutib yashaydilar. Bir-birlarining nonday arzanda so‘zlarini, shevalarini, islarini sog‘inadilar.
Birovga xat yozish botiniy, ruhiy ehtiyojdan tug‘iladi. Bu juda ham o‘ziga xos dil izhoridir.
Maktubnavislikning o‘zi san’at.
(G‘aybulla as-Salom)


Savol va topshiriqlar

1. Fonetik hodisalar deganda nimani tushunasiz?


2. Fonetik hodisalar nima uchun ro‘y beradi?
3. O‘zbek (umumturkiy) so‘zlarining boshi va oxiridagi tovush tuzilishi qanday?
4. So‘z boshidagi qo‘sh undoshlar qaysi tillarga xos va bunday noqulaylik og‘zaki nutqda qanday bartaraf qilinadi?
5. So‘z oxiridagi sht, xt, rg kabi qo‘sh undoshlar qaysi tillarga xos va ular qanday talaffuz qilinadi?
OHANG


18-dars. OHANG VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI


Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad: o‘quvchilarning ongida ohang va uning nutqdagi ahamiyati yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;
b) o‘quvchilarni topqirlik, o‘z fikrini boshqalarga to‘laqonli yetkaza bilish ruhida tarbiyalash.


Topshiriq. Mehnatdan qochish xor-u zorlik keltiradi. Ushbu gapni o‘qing. Undagi urg‘uli o‘rinlarni, pauzalarni toping va izohlang.

Og‘zaki nutq oqimi bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og‘zaki nutqi­miz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori ustiga qo‘yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo‘ladi va bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.


Ustsegment birliklar urg‘u, to‘xtam (pauza), nutqning emotsional bo‘yog‘i (darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon) kabilarni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Og‘zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘ladi. Ko‘pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo‘shilib, nutqimizni yana ham ta’sirli, bo‘yoqdor qilishga xizmat qiladi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish