O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-DARS. HOL VA UNING IFODALANISHI



Download 231,24 Kb.
bet46/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

13-DARS. HOL VA UNING IFODALANISHI


Darsning maqsadi: Тalabalarning hol va uning ma’no turlari yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarini mustahkamlash.


R E J A:

1. Hol haqida umumiy ma’lumot.


2. Holning ma’no turlari.


1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi so‘zlarni qo‘yib, kesimga bog‘lang.


qachon? qayerdan? qayerga? qanday?
. . . . . . . . . . . . keldim.


2-topshiriq. «O‘qidi» so‘zi talab etgan harakat o‘rnini, paytini, tarzini (qandayligini) bildiruvchi so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring.


Esda saqlang. Gapning kesimidan anglashilgan harakatning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi. Hollar qanday? qanday qilib? qay holda (tarzda?), qachon (-gacha,-dan, -dan buyon)? qayer (-da, -ga,-dan?), nima sabab­dan? nima maqsadda? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.


Juda muhim. Hol doimo fe’l kesimga bog‘lanadi. Masalan, Quyosh ko‘kdan mo‘ralab qarar gapida qarar so‘ziga mo‘ralab so‘zi bog‘lanib, undan anglashilgan harakatning tarzini, ko‘k­dan so‘zi qarar so‘ziga bog‘lanib, uning o‘rnini bildiradi. Ba’zan hol ot kesimlarga ham bog‘lanishi mumkin. Bunday vaqtda hol ot kesimdan anglashilgan predmetning o‘rnini bildiradi. Masalan: Andijonda ot yoqsam, Oshda tutuni.
Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe’llarga ham bog‘lanishi mumkin. Hol bog‘lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko‘ra hollar xuddi to‘ldiruvchilar kabi mustaqil va nomustaqil hollarga bo‘linadi.
Esda saqlang. Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog‘lanib kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi.

Masalan, Dalalarda boshlanadi ish. (H.Olimjon) Bu gapda qayerda so‘rog‘iga javob bo‘luvchi dalalarda o‘rin holi nima qiladi? nima bo‘ladi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi fe’l kesimiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol mustaqil holdir.




Esda saqlang. Kesim vazifasida kelmagan fe’llarga tobe bog‘langan hollar nomustaqil hol hisoblanadi.

Masalan, Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida kelayotgan daladan bo‘lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo‘lagiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol nomustaqil hol hisoblanadi.


Hollar o‘zi bog‘lanib kelgan hokim bo‘lakning qanday belgisini bildirishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) ravish holi; 2) o‘rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi; 5) maqsad holi.
Holning ma’no turlari, ularning shakllari va ichki ma’nolarini 1-jad­valda ko‘ring.

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish