O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Matnni o‘qing, tobe bog‘lanishli so‘z birikmalarini dafta­ringizga ko‘chirib yozing



Download 231,24 Kb.
bet22/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

40-mashq. Matnni o‘qing, tobe bog‘lanishli so‘z birikmalarini dafta­ringizga ko‘chirib yozing.


Asragaymiz biz VAТANni...

Dilga elning ishqin solib,


Hunar izlab, bilim olib,
Bo‘lib dono ilmi tolib,
Asragaymiz biz VAТANni
Fido aylab jon-u tanni.

Xorazmiy zuryodimiz,


Navoiyning avlodimiz,
Yurtga tikib hayotimiz,
Asragaymiz biz VAТANni
Fido aylab jon-u tanni.

Saboq olib diyonatdan,


Ezgu ishdan, matonatdan,
Qochib mudom xiyonatdan
Asragaymiz biz VAТANni
Fido aylab jon-u tanni.

Jahon ichra tole izlab,


Xalq nomidan dadil so‘zlab,
Obod yurtning baxtin ko‘zlab
Asragaymiz biz VAТANni
Fido aylab jon-u tanni.

(Abdulhay Sobirov)




41-mashq. Quyida berilgan savollarga javob yozing hamda so‘z birik­ma­lariga misollar keltiring.

1. Тeng bog‘lanish deganda nimani tushunasiz?


2. Тobe bog‘lanish deb nimaga aytiladi?
3. Тobe bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalarga misollar keltiring.


6-dars. SO‘Z BIRIKMASI


Darsning maqsadi: So‘z birikmasi haqida talabalar ongida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.


R E J A:

1. So‘z birikmasi.


2. So‘z birikmasining tuzilishi.
3. So‘z birikmasida tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarning o‘rni.


1-topshiriq. Ozodlik ushaldi va ozodlikning ushalishi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlarni ayting.
2-topshiriq. Manzura kompyuterda ishlayapti gapida ishtirok etgan uchta bo‘lak ikki xil bog‘langan, shu bog‘lanishni aniq­lang. Aniqlangan ikkita bog‘lanishning bir-biridan farqini ayting.


Eslab qoling. Тobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi.

So‘z birikmasida doimo ikkita qism bo‘ladi. Ularning bittasi tobe, ikkinchisi esa hokim bo‘ladi. Тobe bo‘lak hokim bo‘lakka ma’lum bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanadi. Demak, bog‘lovchi vosita tobe bo‘lak oxiriga qo‘shiladi. Bundan faqat egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langani mustasno. Egalik qo‘shimchasi hokim bo‘lak oxiriga qo‘shiladi. Тobe bo‘lak esa qaratqich kelishigida turadi. Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, litseyning bog‘i — litsey bog‘i.


Bundan ko‘rinadiki, so‘z birikmasida tobe bo‘lak bilan hokim bo‘lakning joylashish o‘rni ham aniq bo‘ladi. Тobe bo‘lak oldin, hokim bo‘lak esa keyin keladi.


Juda muhim. Тobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi vositaning qo‘shilish o‘rni ikki xil bo‘ladi: kelishik, ko‘makchi va ohang tobe qismga, egalik qo‘shimchasi esa hokim qismga qo‘shiladi. Uni quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin:

1. tobe hokim


kelishik
ko‘makchi
ohang

2. tobe hokim


a) qaratqich kelishigi b) egalik qo‘shimchasi





Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish