Ishemik insult. Insultdan oldin yuqorida qayd etilgan belgilar asta-sekin rivojlanadi, anamnezida revmatizm, yurak-tomir kasalliklari bo'ladi. Kasallik uyquda yoki tinch holatda sodir bo'ladi. Qon bosimi past bo'ladi, kasallik keksalarda uchraydi. Orqa miya suyuqligi toza bo'ladi. Ko'z tubi, to'r parda va tomirlar sklerozga uchraydi. Ensefalografiya (EXO) siljimasligi ishemik insult uchun xosdir.
Davolashda yotoq rejimi buyuriladi. Toza havo zarur. Agar sharoit bo'lsa, uyda qoldirish mumkin. Operatsiya qilish kerak bo'lsa, bemorni kasalxonaga keltirish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Bular insult xarakteri aniq bo'lmaganda qo'llaniladi. Insult xarakteri aniqlangach, maqsadli davolash qo'llaniladi. Bunda apoplastik (yoki miyaga qon quyilishidan keyingi komalarda) bemorning terisi va organizmi parvarish qilinadi. Asistoliya va apnoe bo'lsa, o'pka-yurak reanimatsiyasi usullari ishga solinadi (yurak-o'pka reanimatsiyasi mavzusiga qarang).
O'tkir yurak-tomir va nafas yetishmovchiligi sodir bo'lsa, ularni bartaraf qilish choralari ko'riladi. Qon bosimi oshgan bo'lsa, bosimni tushiradigan dorilar, o'pka shishuvi sodir bo'lsa, unga qarshi choralar qo'llaniladi.
Davolash, asosan, nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash, yotoq yaralarning oldini olish, miya shishuviga qarshi tadbirlardan iboratdir.
Miya shishuvini davolashda 2,4 % li eufillin, 10 ml 25 % li magniy sulfat tomir ichiga, 10 ml 5 % li vitamin С tomir ichiga, gormonlar beriladi. Ichishga glitserin, manitol yoki laziks, reo-poliglyukin buyuriladi.Gipertermiyaga qarshi kurashiladi.Ovqat-lantirish zond orqali amalga oshiriladi. Siydik ajralishi hisobga olib boriladi. Differensial davolash insult xarakteri aniq bo'l-gandan keyin qo'llaniladi. Gemorragik insultda bemorning bosh tomoni sekin-asta ko'tarib qo'yiladi. Boshiga muzli xaltachalar qo'yiladi. Oyoqlariga issiq grelka qo'yib, qon bosimini pasay-tirish choralari ko'riladi. Degidratatsiya vagipotenziv tera-piya birga olib boriladi. Qon ivish davri kam bo'lganda kalsiy glyukonat, vikasol, jelatin, 20—50 ml aminokapron kislotasi (fibrinoletik hususiyatni yaxshilash maqsadida) qo'llaniladi. Differensial davolashda ishemik insult bilan og'rigan bemor chalqanchasiga yotqiziladi, boshi ko'p ko'tarilmaydi, 10 ml 2,4 % li eufillin miya shishuvi, qon aylanishiga yaxshi ta'sir qiladi. Ishemiya bo'lgan joyda kollaterallardan qon olib boriladi, bunga „Roben Gud fenomeni" deyiladi.
Sun'iy gemadelatsiyaning ahamiyati katta. Bu maqsadda 400 ml reopoliglyukin tomir ichiga va antikoagulantlar (geparin 10000 ТВ 4 marta, fibrinolizin) qo'llaniladi. Bunday insult bilan og'rigan bemorlarda kasallik epileptik tutqanoq ko'rinishida kuzatiladi. Agar tutqanoqlar tez-tez sodir bo'lsa, epileptik koma holati yuzaga keladi.
|J28 9-93
; i
Epileptik tutqanoq — miyaning surunkali kasalligi bo'lib, vaqti-vaqti bilan tutib turadi. Tutqanoqlar to'xtaganda bemorning hushi va sezuvchanligi yo'qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |