Klinik belgilari. Ishemik insultning xarakterli belgilaridan biri lining asta-sekinlik bilan rivojlanib borishidir. Insultdan oldin quyidagi belgilar paydo bo'ladi: qo'1-oyoqlar darmonsizlanadi, sezuvchanlik va harakat pasayadi, til g'aldir boiib, ko'rish qobiliyati pasayadi. Bunday belgilar bir necha soatdan sutkalab davom etishi mumkin. Ishemik insult ko'p hollarda uyqu yoki tinch yotgan paytda sodir bo'ladi. Bemor uyqudan turib yuqorida qayd etilgan belgilarni o'zida sezadi. Keyinchalik umumiy miya yetishmovchiligi belgilari paydo bo'ladi. Klinik belgilari ishemiya yoki nekroz bo'lgan markaz faoliyati bilan xarakterlanadi. Ishemik insult bo'lgan kishilarda revmatizm, yurak-tomir va qon kasalliklarini qidirish kerak.
Gemorragik va ishemik insultni bir-biridan quyidagi belgilar bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |