238
tida qo‘lida saqlaydilar. Bir qismi esa banklar va moliya bozori orqali
investitsiya qilinishi mumkin. Korxonalar, firmalar jamg‘armalari
o‘zlarining asosiy va aylanma kapitalini ko‘paytirishga sarflanadi.
Bu ishlab chiqarishni kengaytirishga investitsiyalash deyiladi. Davlat
jamg‘arish fondi, odatda, uning iste’molidan ortib qolgan mablag‘
hisobidan tashkil topadi va hukumatning turli rezervlari deyiladi.
13.3. Jamg‘arishning mohiyati va omillari
Mamlakatimizda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning jamg‘a-
rilgan qismining, ya’ni asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek,
zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi. Yanada bosh-
qacha qilib aytadigan bo‘lsak, jamg‘arish — takror ishlab chiqarish-
ning oddiy shakldan kengaygan shaklga aylanishi demakdir. Oddiy
takror ishlab chiqarish — ne’matlar va xizmatlarning avvalgi hajmda,
o‘zgarmas miqdorda takrorlanishidir. Kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish — ishlab chiqarish hajmining ortishi, ne’matlar miqdori-
ning ko‘payishi, tarkibi va sifatining yaxshilanib borilishidir.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy zamini —
jamg‘arishdir. Òakror ishlab chiqarishning bu shaklida jamg‘arish
imkoniyatlari o‘z-o‘zidan ko‘payib boradi. Chunki bunda iqtisodiy
taraqqiyot
tezlashadi, ishlab chiqarish samaradorligi ortadi,
iqtisodiyotda o‘sish yuz beradi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning yana bir ijobiy tomoni
texnik va texnologik taraqqiyotni tezlashtirish, rag‘batlantirib borishdir.
Buning oqibatida mehnat unumdorligi o‘sadi, resurslarni tejaydigan
texnologiyalar yaratiladi, mehnat va material sig‘imi kamayadi, fondlar
samaradorligi ortadi va h.k. Rivojlangan mamlakatlar sharoitida takror
ishlab chiqarishni boshqarib turish zarurati ham kelib chiqadi, ya’ni
boshqarishning iqtisodiy mexanizmiga talab kuchayadi.
Amalda jamg‘arish kapital sarflar yoki
investitsion sarflar deb
yuritiladi va u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini
kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajat-
larni bildiradi. Odatda, kapital sarflar yoki investitsiyalar jamg‘arish
fondiga nisbatan kengroq, chunki ishlab
chiqarishdagi eskirgan
obyektlarni almashtirish yoki tiklashga sarflanadigan amortizatsiya
fondining bir qismi jamg‘rish manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘a-
rilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy
kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga sarflangan qismi
real sektor sohasidagi jamg‘arish fondini tashkil qiladi. Real sektor
sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi.
239
Ijtimoiy sohani kengaytirish, yangilashga sarflanadigan qismi
nomoddiy sektordagi jamg‘arish fondini tashkil qiladi. Bu fond,
o‘z navbatida, iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi
Jamg‘arish jarayoni juda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi:
birinchi navbatda, ishlab chiqarishda ish kuchi (inson)ning roli tubdan
o‘zgaradi. Agar ilgari inson ishlab chiqarishning shunchaki bir shaxsiy
omili bo‘lgan bo‘lsa, jamg‘arish uni boshqaruvchiga, nazoratchiga
aylantiradi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishning pirovard natijaliligi,
samaradorligi, unumdorligi, ishchi kuchi sifatiga, tuzilishiga, bilimi,
tajribasi va madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi. Ya’ni inson
ishlab chiqarishning tom ma’nodagi, haqiqiy egasiga aylanadi.
Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning taqdiri mulk egasigagina
bog‘liq bo‘lmay, ishlab chiqaruvchiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu
jamg‘arishning g‘oyat kuchli ijtimoiy oqibatidir.
Inson
rolining, ishlab chiqarishdagi mas’uliyatining ortishi,
tabiiyki, fan-texnika, texnologiya ilgari surgan yangi kasblarni egal-
lashni, o‘quvchi yoshlardan puxta bilim olishni,
texnika sirlarini
bilishni, jahon ilm-fani yutuqlarini chuqur o‘zlashtirishni, yuksak
ma’naviyatli bo‘lishni talab qiladi. O‘zbekistonning iqtisodiy musta-
qillikka erishishi yoshlar oldiga xuddi shu talablarni qo‘yadi.
Ishlab chiqarish insonga bog‘liq bo‘lib qolar ekan, o‘z navba-
tida, bu ishlab chiqarishning inson tomonidan uning o‘z ehtiyoj-
larini qondirishga yo‘naltirilishiga olib keladi. Hozirgi zamon ta’biri
bilan aytganda, ishlab chiqarishning insoniylashuvi yuz beradi,
bu taraqqiyot talabiga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, ishlab chiqa-
rish tuzilishi (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlash va inson
ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbat)
odamlar
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlash foydasiga o‘zgaradi, iste’mol
buyumlarini ko‘paytirish ustuvorlik kasb etadi.
Jamg‘arish aholi, mehnatga yaroqli kishilar (mehnat resurslari)
bandligi masalasining boshqacha hal qilinishini taqozo etadi.
Jamg‘arish jarayonida ishlab chiqarishda band bo‘lgan jonli mehnat
(ishchi kuchi) o‘rnini texnika, texnologiya (buyumlashgan mehnat)
ko‘proq egallaydi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab mehnat resurslari-
ning tabiiy o‘sishiga nisbatan kamayib boradi. Ayniqsa, demografik
faollik (tug‘ilish darajasining yuqoriligi) sharoitida aholi o‘rtasida
ishsizlik muammosi kelib chiqadi. Xuddi shu holat O‘rta Osiyo
davlatlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham taalluqlidir. Òo‘g‘ri,
fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi tarmoqlar (informatsion
texnologiyalar, kosmonavtika, elektrotexnika, radiotexnika, sun’iy
240
tolalar ishlab chiqarish va h.k.)ni shakllantirib, yangi ishchi kasb-
larini, muhandis-texnik ixtisosliklarini, shu bilan birga yangi ish
joylarini vujudga keltiradi. Bu ijobiy holdir.
Biroq jamg‘arish tufayli mehnat resurslarining bir qismi ishlab
chiqarish ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lib qoldi. Bu narsa jamiyat
oldiga, davlat idoralari oldiga bandlik masalasini ijobiy hal qilish
muammosini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu muammo rivojlana-
yotgan mamlakatlar uchun (jumladan, O‘zbekiston uchun ham)
dolzarb bo‘lib turibdi. Ana shu zaruratdan kelib chiqib, respublika-
mizda aholini ijtimoiy himoya qilishning (shu jumladan, aholi
bandligini ta’minlashning) maxsus dasturi ishlab chiqilgan. O‘zbe-
kistonda davlat boshqaruv tizimida aholini ish bilan ta’minlash,
ijtimoiy himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi maxsus idoralar
tashkil etilgan. Òumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat birja-
lari joylarda bandlik muammosini hal etish bilan shug‘ul-
lanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: