236
Iste’mol individual yoki jamoaviy bo‘ladi. Alohida kishilar,
oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo‘lgan moddiy ne’matlarni
iste’mol qilish individual tarzda iste’molga kiradi. Jamiyat a’zo-
larining guruhlari tomonidan moddiy ne’mat
va xizmatlardan
foydalanish jamoaviy tarzda iste’mol qilish deyiladi.
2.
Jamg‘arish fondi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish,
o‘stirishga sarflanadi.
Jamg‘arish — hayotiy zarurat. Oldingi boblarda ta’kidlandiki,
odamlarning ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi bo‘lgan
iste’mol miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib turadi, ya’ni to‘xtovsiz
ravishda ortib, o‘sib turadi. Aslida kishilik jamiyatining taraqqiyoti
iste’molning qondirilishiga ham bog‘liq. Ehtiyojlarning, shundan kelib
chiqqan holda odamlar iste’molining o‘sishi zamirida ikki sabab yotadi:
birinchi sabab — Yer kurrasi aholisining yildan yilga son
jihatdan ko‘payib borishidir;
ikkinchi sabab — iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tufayli, borgan
sari odamlarning ne’matlar iste’mol qilishi tuzilishida o‘zgarishlar
yuz berishi, uning rang-baranglashib, son va sifat jihatdan o‘sib
borishidir.
Demak, o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol
ne’matlarini tobora ko‘paytirish lozim. Xo‘sh, odamlarning o‘sib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatning imkoniyatlari
yetarlimi? Bu savolning amaliy va nazariy yechimlari mavjud.
Amaliy
jihatdan yechimi shuki, ishlab chiqarishning moddiy-
texnikaviy bazasini o‘stirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish,
moddiy ishlab chiqarishda va xizmatlarda band bo‘lgan xodimlar
sonini oldingi darajasidan oshirish, ishlab chiqarishga qo‘shimcha
ravishda mehnat vositalari, xomashyolarni jalb qilishdir; nazariy
jihatdan esa odamlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib
borish uchun jamg‘arishni amalga oshirmoq lozim.
Jamg‘arish deyilganda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
miqyoslarini kengaytirib borish jarayoni tushuniladi. Har qanday
jamiyatda ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirib borishning
ma’lum manbalari bo‘ladi. Barcha sharoitlarda ishlab chiqarishni
ko‘paytirib borishning umumiy va asosiy manbayi — olinadigan
foydadir. Ana shu foyda dastlabki oddiy takror ishlab chiqarish
hukm surgan davrda ko‘pincha mulk egalari tomonidan shaxsiy
iste’mol uchun sarflangan. Ishlab chiqarishni kengaytirish zarurati
paydo bo‘lgach, foyda ikki yo‘nalishda taqsimlana boshlandi:
1) ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy
hamda shaxsiy
omillarini ko‘paytirish;
237
2) ehtiyot (rezerv) va sug‘urta (ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy
ofatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, ekologik ahvolni yaxshilash
maqsadlari uchun) hamda ijtimoiy iste’mol (jamiyatning mehnatga
yaroqsiz a’zolari, madaniy ehtiyojlar, sog‘liqni saqlash, sog‘lomlashtirish,
xalq ta’limi, mudofaa kabilar) fondlarini tashkil etish kabilar.
Ko‘rinib
turibdiki, jamg‘arish nafaqat iqtisodiy jarayon
(ne’matlarni ko‘paytirish), shu bilan birga ijtimoiy jarayon hamdir.
Mamlakatda qancha ko‘p foyda olinsa va u to‘g‘ri, maqsadga muvofiq
taqsimlansa, bu jarayon jamiyat uchun shunchalik foydali bo‘ladi.
Jamg‘arish bevosita foydaning hajmi va me’yoriga bog‘liq bo‘lsa-
da, ijtimoiy jarayon bo‘lgani uchun unga jamiyatda kechadigan
boshqa jarayonlar ham ta’sir etadi. Jamg‘arishga ta’sir
etadigan
omillardan biri fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyotidir. Bu
jarayon o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlanib, ishlab chiqarish qurol
vositalariga, ish kuchiga shunday ta’sir o‘tkazdiki, bugungi
hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar ana shu taraqqiyot natijasidir.
Ma’lumki, hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida
texnika vositalarining ulardan jadal foydalanish natijasida yemi-
rilishi, ma’naviy eskirishi tezlashadi. Demak, asosiy fondlarning
amortizatsiyasi ortadi, tezlashadi. Natijada ularni yangilash, tako-
millashtirish, kapital ta’mirlash
uchun amortizatsiya fondidan
foydalanish zarurati tug‘iladi.
Sanoati rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda jamg‘arishning bu
manbayi katta ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘arishda amortizatsiya
ajratmalarining hissasi ortib boryapti. Boshqacha aytganda, ishlab
chiqarishning kengayishi o‘z moddiy omiliga ko‘proq asoslan-
moqda. Bunday imkoniyatlarning borligi foydani ijtimoiy maqsad-
lar uchun, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirish
uchun sarflashga sharoit yaratadi. Demak, industrial mamlakatlarda
jamg‘arishning manbalari ko‘proq va kengroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: