O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

5.3. Òadbirkorlik turlari
Òadbirkorlik turlari ko‘p va ularni quyidagicha tasniflash mumkin.
Òadbirkorlikning huquqiy maqomiga ko‘ra, ikki xili mavjud:
a) jismoniy shaxslar — davlatdan patent, litsenziya, ya’ni
ruxsatnoma olib faoliyat yuritadilar;
b) yuridik shaxslar — davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib,
turli shakldagi firmalar, korxonalar va boshqalar tuzadi. Ular,
asosan, o‘z nizomlari asosida faoliyat yuritadilar.
Mulkchilik maqomiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati, asosan, in-
dividual, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat tadbir-
korligi shaklida tashkil qilinadi. Xo‘jalik faoliyatining xarakteriga
ko‘ra, tadbirkorlikning quyidagi turlari bor: ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy, sug‘urta, vositachilik va boshqalar. Respublikada amaldagi
qonunlarga ko‘ra, tadbirkorlik rasmiy ochiq hamda yashirin
(jinoiy) — xufiyona tadbirkorlik ko‘rsatilgan. Òadbirkorlikning ish
ko‘lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmiga qarab kichik, ya’ni
mikrofirma, korxona, oilaviy korxonaga bo‘linadi.
Respublikamizda qabul qilingan «Òadbirkorlik to‘g‘risida»gi
Qonunga ko‘ra, tadbirkorlikning quyidagi turlari e’tirof qilinadi:

yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik;

ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida
amalga oshiriladigan xususiy tadbirkorlik;


87

bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa
tadbirkorligi;

oilaviy tadbirkorlik;

yuridik shaxslar va fuqarolar, o‘z mulklari va mulkiy
huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik.
Òadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan har qanday kishi bu ishni
tashkil etish, rivojlantirish va nihoyat daromad olish darajasiga
erishgunga qadar, bir qator tayyorgarlik bosqichlarini bosib o‘tadi.
Ular quyidagilar:
Birinchi bosqichda — dastlab uning ongida fikr paydo bo‘ladi
va bu qaysi yo‘nalishda, qaysi sohada amalga oshirilishini o‘ylab,
baholab ko‘riladi, so‘ngra o‘z mulki va boshqa imkoniyatlarini
hamda olinishi mumkin bo‘lgan foydani aniqlab, chamalab,
hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda — biznes-reja tuzadi, bozorni o‘rganadi,
marketing rejasini tuzadi; ishlab chiqarish va moliyaviy ta’minot
rejasini tuzadi.
Uchinchi bosqichda — biznes ishtirokchilari bilan shartnomalar,
bo‘lg‘usi xaridorlar bilan shartnomalar tuzadi.
Òo‘rtinchi bosqichda — boshlash uchun zarur resurslar ta’mi-
noti, ya’ni ularni yetkazib beruvchilar aniqlanadi va ular bilan ish
boshlaydi.
Beshinchi bosqichda — korxonani boshqarish, rahbarlik, ya’ni
tashkiliy ishlarni aniqlab ish boshlaydi.
Òadbirkorlik faoliyati faqat daromad topish maqsadida emas,
balki jamiyatning boshqa a’zolari uchun ham zarur va foydali
bo‘lishi, bu faoliyat, eng avvalo, mamlakatda qabul qilingan
qonunlar bo‘yicha aniq belgilangan, tashkiliy-huquqiy shakl va
boshqarish tarkibiga muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Har bir tadbirkorning asosiy maqsadi yuqori darajada foyda olish
bo‘lgani sababli u o‘zining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi.
Bu strategik vazifa, asosan, ikki maqsadni ko‘zlaydi: birinchi navbatda,
tadbirkor o‘z muhofazasini o‘ylasa, ikkinchidan, albatta, hujumkor,
ya’ni o‘ta faollikka asoslanib ish yuritish strategiyasini ko‘zlaydi.
O‘z muhofazasini ta’minlashga asoslangan strategiya ham ikki
yo‘nalishda olib boriladi: bulardan biri imitatsion strategiya bo‘lib,
bunda tadbirkor o‘z faoliyatida yangiliklarni qo‘llashdan keladigan
xatarning oldini olish yoki biroz kamaytirish uchun undan


88
raqobatchilari fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, erishgan yutug‘iga
qarab, ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi tushuniladi. Ikkinchisi, kutish
pozitsiyasiga asoslangan strategiya deyiladi. Bunda tadbirkor bir necha
turdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashadi.
Shulardan qaysi birida raqobatchilari katta foydaga erishsa yoki zarar
ko‘rishgan bo‘lsa, shunga qarab ish yuritadi.
Ikkinchi hujumkor, ya’ni o‘ta faollik strategiyasi quyidagi to‘rt
yo‘nalishda olib boriladi:
1. Oqilonalik (ratsionalizm) strategiyasi — bunda tadbirkor
ko‘proq yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnika va texnologiya-
larni sinab ko‘rish orqali foydalanishga harakat qiladi.
2. Kvota strategiyasi — bunda firma maksimal foyda olish
maqsadida ishlab chiqarishni kengaytirib, tovar sotish bo‘yicha
bozorda o‘z hissasini oshirishga harakat qiladi. Buning uchun
tovar narxini tushirib, talabni ko‘paytirishi mumkin.
3. Innovatsion strategiya — bunda tadbirkor tovar va xizmatlarni
yangilash orqali maqsadga erishishga harakat qiladi, chunki
mahsulot yangilanganda xarajatlarni pasaytiradi va shu orqali foyda
olish ko‘payadi.
4. Bozorning bo‘sh turgan segmentini to‘ldirish strategiyasi
bunda tadbirkor bozorni marketing qilib, ilmiy o‘rganib, uning
asosida ishlab chiqarishni yangilaydi, ayniqsa, boshqalar tomonidan
ishlab chiqarila olmaydigan tovar bilan bozor segmentini to‘ldiradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish