110
6-bob.
IQTISODIY FAOLIYAT VA UNING
SAMARADORLIGI. SARF-XARAJATLAR
VA FOYDA
6.1. Iqtisodiy faoliyat, uning mazmuni va turlari
Inson hayotining asosiy qismini uning iqtisodiy faoliyati tashkil
etadi.
Iqtisodiy faoliyat deb insonning o‘z hayotiy ehtiyojlarini
ta’minlashi
uchun turli vosita, usullardan foydalanib, ma’lum bir
yaratuvchilik ishi yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishiga aytiladi.
Iqtisodiy faoliyat juda murakkab, keng qamrovli turli hodisa
va jarayonlardan iborat bo‘ladi. Inson yashar ekan, uning hayoti
turli hodisa va jarayonlarning ma’lum tarkibiy qismini tashkil etadi.
Iqtisodiy faoliyat shu jarayonlardan biri bo‘lib, ular orqali insonlar
o‘zlarining ehtiyojlarini qondirishi va yashashi uchun turli-tuman
noz-ne’matlar, ya’ni moddiy, ma’naviy, ijtimoiy shart-sharoitlar
yaratadilar. Insonlar turli xil mehnat faoliyati bilan ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadilar va uning natijasi sifatida jamiyatda ijtimoiy
mahsulot yaratiladi. Bu jarayon uzluksiz takrorlanib davom etadi
va harakati davomida to‘rt bosqichni bosib o‘tadi. Uning birinchi
bosqichi
ishlab chiqarish, ikkinchisi ayirboshlash,
uchinchisi
taqsimot va to‘rtinchisi iste’molni tashkil etadi.
6.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning o‘ziga
xosligi. Ishlab chiqarish sohalari
Ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyatning boshlanish nuqtasi
hisoblanadi. Ishlab chiqarish shunday jarayonki, unda ishlab chiqa-
rish omillari o‘zaro qo‘shilib, insonlarning turli-tuman ehtiyoj-
Iqtisodiy
faoliyat
Ishlab
chiqarish
Ayir-
boshlash
Taqsimot
Iste’mol
111
larini qondirish uchun xilma-xil moddiy va nomoddiy ne’matlar
yaratiladi. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy
adabiyotlarda ishlab
chiqarishning ikki sohasi bor deyiladi.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish deganda, ma’lum bir moddiy
shaklga ega bo‘lgan mahsulotlar: iste’mol buyumlari, oziq-ovqat,
kiyim-kechak kabi buyumlar, xullas, inson tomonidan iste’mol
qilinadigan ne’matlar va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan
qurol-aslahalar, mashina va mexanizmlar,
xomashyo, yoqilg‘i
tushuniladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga, odatda, qishloq va
o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, qurilish tarmog‘i kabilar kiradi.
Nomoddiy ishlab chiqarish deganda, ma’lum moddiy shaklga
ega bo‘lmagan, ammo insonlar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar
faoliyati tushuniladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi, bu —
insonlarning ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-madaniy, san’at, ilmiy,
ijtimoiy-siyosiy kabi jabhalardagi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
faoliyatlarini qamrab oladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi ham inson
iqtisodiy faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Xizmat ko‘rsatish ham
ikki turga — moddiy va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohasiga bo‘li-
nadi. Moddiy sohaga xizmat ko‘rsatish deganda, ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi yuk transporti, aloqa, savdo, uy-joy, kommunal
xizmati, maishiy xizmat ko‘rsatish kabilar kiritiladi. Nomoddiy
sohalarga xizmat qiluvchilar, bu — maorif, sog‘liqni saqlash, san’at,
axborot, ijtimoiy ta’minot, moliyaviy hamda yuridik xizmat ko‘rsa-
tish va boshqalar.
Jamiyat hayotida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish eng muhim,
birlamchi ahamiyatga ega hisoblanadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida
jamiyatda ishlab chiqarishning rivojlanishi uch yirik inqilobiy bosqich
orqali yuz bergan degan fikrlar asoslangan. Uning birinchi bosqichi
toindustrial, ikkinchisi industrial, uchinchisi postindustrial bosqichlar
deyiladi. Iqtisodiy taraqqiyotda bularning har biri alohida yangi
davrni boshlab bergan deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: