O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Foyda mazmuni, foyda me’yori va massasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

6.9. Foyda mazmuni, foyda me’yori va massasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hech bir korxona yoki tadbirkor
foyda bermaydigan ishga sarf-xarajat qilmaydi. Har qanday tadbir-
korlik, albatta, ma’lum xarajatlar qilishni taqozo etadi va u foyda
ko‘rishning asosiy vositasi hisoblanadi. Foyda iqtisodiy toifa sifatida
iqtisodiy munosabatlarga kirishayotgan kishilarning asosiy maqsadi
bo‘lib, unga erishish uchun ishbilarmonlik qobiliyati va ma’lum
moddiy mablag‘larini sarflab, xatarli ishga qo‘l urgani uchun
tadbirkorlarga tegadigan mukofot hisoblanadi.
Foyda — moddiy jihatdan yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning
korxona o‘zlashtirgan qismi. Chunki qo‘shimcha mahsulotning
hammasi ham foyda shaklini olavermaydi, u boshqa ijtimoiy
ko‘rinishlarga ham kiradi. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida
foyda faqat pul shaklida bo‘ladi, u iqtisodiyotda ishlovchi subyekt-
larning umumlashgan iqtisodiy natijasi, iqtisodiy faoliyat mezoni
va pirovard maqsadidir.


127
Foyda shunday murakkab iqtisodiy ko‘rsatkichki, uning vujudga
kelishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi iqtisodiyotda bir qancha
omillar bilan bog‘liq. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni ishlatilgan xomashyo,
yoqilg‘i, texnika-texnologik liniyalar qiymati, ishchi mutaxassislar
uchun to‘langan ish haqi kabilar. Foyda massasiga yana tejamli va
chiqindisiz texnologiyalar qo‘llash, tadbirkorlik salohiyati, ilg‘or ish
va boshqaruv usullarini qo‘llash kabilar ham ta’sir etadi. Xulosa qilib
aytganda, foyda korxona faoliyatining haqiqiy iqtisodiy samarasidir.
Foyda bozor iqtisodiyotining toifasi, tovar ishlab chiqa-
ruvchilarning oliy maqsadi. Ayni chog‘da, u juda keng ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar tushunchasi hamdir. Firma fondlarini
kengaytirish, sifat jihatdan yangilash, xodimlarning rag‘batlanti-
rilishi, dam olishi, davolanishi, tabiiy va sog‘lomlashtirish
markazlarining mavjudligi va ishlashi, bolalar bog‘chalari va tarbiya
muassasalarining ta’minoti foyda bilan bog‘liq. Shuningdek, foyda
davlat budjetiga tushumlar, to‘lovlar, xayriya fondlari, kredit
foizlari, xarajatlarni qoplash kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Foyda g‘oyat boy mazmun va tuzilishga ega bo‘lgan iqtisodiy
toifaki, davlat va jamiyat hayotining barcha jihatlarida u bilan
bog‘liq munosabatlar vujudga keladi. Shuning uchun uning
shakllanish manbalari yoki uning turlari haqida tasavvurga ega
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Foydaning turlari quyidagilardir:
1) mahsulot sotish (xizmat ko‘rsatish)dan olingan yalpi foyda.
Uning miqdori mahsulot bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari
o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi;
2) asosiy faoliyatdan olingan foyda (qarzdordan undirib olingan
jarimalar, penyalar, joriy yilda aniqlangan o‘tgan yillar foydasi,
yordamchi xo‘jaliklardan tushgan daromadlar, korxona mulkini
sotishdan tushgan daromad kabilar);
3) moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (sho‘ba korxonalar va
uyushmadagi korxonalardan olingan dividendlar, ularga berilgan
qarzlar yuzasidan olingan foizlar, sarmoya qilingan mablag‘larni
qayta baholashdan olingan foyda kabilar);
4) favqulodda olingan foyda (ko‘zda tutilmagan, odatdagi
xarakterda bo‘lmagan korxona faoliyatidan chetga chiqadigan
harakat natijasida tushgan daromadlar).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olmaydigan korxonaning
istiqboli yo‘q. U xonavayron bo‘ladi. Bozor iqtisodiy tizimida
iqtisodiyot sohasining har bir subyekti o‘rtacha (normal) foyda olib


128
ishlashi lozim. Bunday foyda firmaning saqlanib qolishiga ma’lum
dastak bo‘lishi mumkin. Agar firma arzon xomashyo, ish kuchi,
zamonaviy texnologiya, qulay sotish bozori, foiz stavkasi pastroq
kredit va boshqa qulay tabiiy, iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lsa,
foydani ko‘p olishi ham mumkin. Agar firma monopol, ya’ni faqat
unga tegishli qulay imkoniyat egasi bo‘lsa, u monopol foyda ham
o‘zlashtiradi. Bunday korxona ham oddiy foyda, o‘rtacha foyda,
ortiqcha foyda, ham monopol foydani o‘zlashtiradi. Masalan, biron
mahsulotni faqat bir o‘zi chiqarsa yoki tabiiy cheklangan imkoniyatga
ega bo‘lsa, faqat shunday firma monopol foyda egasi bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firma tovarlarni shunchaki ishlab
chiqaruvchi emas, balki tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanishi
mumkin. Albatta, tijorat ishi har qanday iqtisodiy faoliyat kabi
ma’lum chiqimlar bilan bog‘liqdir. U tovarlarni tashish, saqlash,
sug‘urtalash, bezash, reklama qilish, bozorlarni ko‘rish yoki idoraga
xarajatlar qilish maqsadlariga ham pul sarflaydi. Bu xarajatlar tijorat
xarajatlari deb ataladi. Bu xarajatlar ham tovar baholari orqali
qoplanishi va tijorat foydasi keltirishi kerak. Hozirgi sharoitda
tijorat daromadi ham bozor subyektlarining daromad shakli bo‘lib,
uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bozor iqtisodiyotida faqat o‘z mablag‘i, sarmoyasi bilan tiklanish
yoki rivojlanish juda qiyin masala. Firmaning normal faoliyati, o‘z
o‘rnini saqlab qolishi va rivoj topishi kuch jihatdan kredit (qarz)
mablag‘ bilan ham kafolatlanadi. Albatta, kredit tovar bo‘lgani uchun
ham u tekinga berilmaydi, u ma’lum haq evaziga, ma’lum foiz
to‘lash sharti bilan beriladi. Biroq kredit olishdan maqsad korxona
faoliyatini yaxshilash, qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish vositasidir.
Kredit olgan korxona foydaning bir qismini bank foizi uchun to‘lasa,
qolgan qismi uning sohibkorlik, tadbirkorlik daromadi bo‘ladi. Foiz
qarzga olingan sarmoya uchun to‘langan haq bo‘lsa, kredit berilgan
korxona uchun daromadning bir manbayidir.
Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyoti firmalar uchun ham
iqtisodiy faoliyat turlarini kengaytiradi, cheklamaydi. Uning fao-
liyatini diversifikatsiyalash (ko‘p tarmoqli qilish) imkoniyatini yara-
tadi. Zero, bozor iqtisodiyotining kuchli unsuri bo‘lgan raqobat
kurashi diversifikatsiyalashni taqozo etadi. Buning ma’nosi shun-
daki, diversifikatsiya sharoitida korxona daromad olish yoki o‘zini
raqobatdan himoya qilish qudratini yaratadi. Natijada daromad,
foyda olishning shakllari ham ko‘payadi.
Foyda ham jamiyat miqyosida (makroiqtisodiyot darajasida)
ham, korxona (mikroiqtisodiyot darajasida) ham jamg‘arish fondini


129
tashkil etishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘arish esa iqtisodiy
o‘sish, ravnaq topish manbayi bo‘lishi bilan birga bozor raqobat-
chiligi sharoitida korxonani himoyalashning asosiy omilidir. Foyda
tushunchasi ayrim olingan yakka subyekt uchun ham taalluqli
ekanligini unutmaslik kerak.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish