6.6. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasi
Iqtisodiy xarajatlar deb tadbirkorlar tomonidan moddiy resurslar
sotib olish, ish haqi, sug‘urta va boshqa har xil ijtimoiy ajratmalar
uchun qilingan sarflarga aytiladi. Har qanday ishlab chiqarish
korxonasi yoki xizmat ko‘rsatuvchi firma foyda olish maqsadida
pul sarflaydi. Bu pul shu korxonaning o‘z mablag‘i yoki bankdan
olgan kreditidan iborat bo‘lib, ular asosiy va aylanma kapitalni
tashkil etadi, ya’ni asosiy va aylanma fondlari deb yuritiladi. Asosiy
kapital — bino-inshoot, mashina-uskunalarga sarflanadi va ular,
odatda, uzoq muddat xizmat qiladi.
Xizmat qilish davri davomida ular o‘z qiymatini har yili qisman
yangidan yaratilgan mahsulotlarga o‘tkazib boradi. So‘ngra bu
mahsulotlar bozorda sotilgach, shu qism pul shaklida yana
korxona, firmaga qaytib keladi va u amortizatsiya deyiladi. Misol
uchun, tikuvchilik fabrikasining asosiy kapitali hisoblangan tikuv
mashinasi 500 ming so‘m turadi va 5 yil xizmat qiladi. Har yili
uning yordamida 50 mingta ko‘ylak tikiladi, bu ko‘ylakning narxi
2,5 million so‘m, shundan 100 ming so‘m tikuv mashinasining
amortizatsiyasi hisoblanadi va u tikuv mashinasi narxiga nisbatan
20 % ni tashkil etadi
100
100 .
500
Ma’lumki, ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan resurslar
(xomashyo, yoqilg‘i, elektr energiya va boshqa har xil materiallar)
Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan
mahsulot va xizmatlar miqdori yoki
mahsulot va xizmatlar birligini yaratish
uchun sarflangan ish vaqtidir
Mehnat unumdorligi va uning omillari
Mehnat qurol-
larining mukam-
malligi, ishlab
chiqarishning
texnologik
darajasi
Ishlab chiqa-
rishning tabiiy
sharoiti, tabiiy
resurslarning
ishlatilish
sharoitining
qulay bo‘lishi
Ishlovchilarning
bilim saviyasi,
mehnat malakasi
va mahorati, ya’ni
ishlab chiqarish
shaxsiy-insoniy
omilining sifati
122
hamda ish kuchi kerak bo‘ladi va ularni olish uchun ketadigan
pul mablag‘lari aylanma kapital yoki yuqorida aytganimizdek,
aylanma fondlar deyiladi. Bu resurslar uzoq xizmat qilmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida ularning qiymati birdaniga va to‘laligicha
yangidan yaratilgan tovarlarga o‘tadi. Misol uchun, korxona ko‘ylak
tikib 2,5 million so‘m topgan edi, shundan 100 ming so‘m amortiza-
tsiya deb hisoblansa, xomashyo, yoqilg‘i, materiallar qiymati 1 mil-
lion so‘mga teng ekan. Ularni olish uchun ajratilgan pul aylanma
kapital deyilgan edi. Bu pul faqat 200 ming so‘mni tashkil qiladi va
u bir yilda 5 marta aylanadi. Chunki bu pul ko‘ylaklar sotilgach,
korxonaga qaytib keladi, unga yana ashyoviy resurslar olinadi.
Yuqorida keltirilgan misolimizdan ko‘rinib turibdiki, korxona
dastlab o‘zining pul shaklidagi kapitalini bozorda resursga aylantiradi,
so‘ngra resurslar ishlab chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratiladi
va ular bozorda sotilgach, korxona kapitali qaytadan pul shakliga
keladi. Korxona kapitali dastlab bozorga pul shaklida chiqsa, u
bozordan resurs shakliga kirib, ishlab chiqarishga uning omillari sifatida
qaytadi. Bu yerda tovar va xizmatlar shaklida yana qayta bozorga
chiqadi va u yerda avval pul shaklini olib, so‘ngra biror narsa sotib
olingach, resurslarga aylanadi. Demak, kapital harakatda bo‘lib, u
harakati davomida turli bosqichlarni bosib o‘tib, turli shakllarga kiradi
va shu yo‘sinda uning doiraviy aylanma harakati sodir bo‘ladi.
Korxonalar, firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar yoki xizmatlar,
bajarilgan ish birligi uchun sarflangan pul ularning ishlab chiqarish
xarajatlari deyiladi. Xarajatsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yuz
bermaydi, demak, foyda topish ham mumkin bo‘lmaydi. Foyda olish
uchun tadbirkor, eng avvalo, xarajatlarni imkon boricha kamaytirishga
harakat qilishi zarur. Bozordagi narx o‘zgarmagan sharoitda foydani
ko‘proq olishning asosiy sharti xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ijobiy jihatlaridan biri bo‘lgan
tanlash qoidasining mavjudligi, tadbirkorga oladigan resurslarini
arzonroq olish orqali o‘z xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish uchun bu tanlab olingan
resurslarning eng qulay sharoitda ishlatilishi tufayli o‘z xarajatlarini
kamaytirish va natijada foydasini ko‘paytirishga erisha oladilar.
Chunki muayyan bir resurs har xil sharoitda turlicha ishlatilishi
mumkin. Misol uchun, yog‘ochdan oddiy taxta, mebel, fanera,
qog‘oz va boshqalarni ishlab chiqarish mumkin. Òadbirkor
shulardan qaysi birini ishlab chiqarish uchun resurs sotib olgan
bo‘lsa, shunga ketgan xarajat iqtisodiy xarajat deyiladi.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |