MUNDARIJA
KIRISH………………………………………..……………………............3
I.BOB. ISHLAB CHIQARISHNING SAMARADORLIGI VA UNING KO’RSATKICHLARI
1.1. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mеzoni va ishlab chiqarish omillari……………………………………………………..……5
1.2.Ishlab chiqarish samaradorlik va ualrning tarkibi …………………11
II.BOB. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA MAZMUNI 2.1. Ishlab chiqarish jarayonlari tahlili…………………………………..18
2.2 Ishlab chiqarish omillari va tahlili ……………………………………..24
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………...…35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..………………….37
KIRISH
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Shu bilan bir qatorda, aytish joizki, mamlakatimiz Prezidenti ta‘kidlaganlaridek,- ―Bizning o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta‘minlash, tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdan iboratdir. Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissamizni qo’shsak, men ishonaman – oldimizda turgan vazifalar qanday ulkan va murakkab bo’lmasin, biz o’z ko’zlagan ezgu marralarimizga albatta erishamiz.
Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi:
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish.
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi.
Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi.
O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va ka’ital unumdorligining ‘asayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |