Pikoburlar va piksimon dolotolar yumshoq plastik jinslarni —
qum-gilli yotqiziqlarni, yumshoq va qovushqoq slaneslarni, gil va
ohaktosh sementidagi qumtoshlarni, ya’ni I—IV kategoriyadagi
jinslarni burg‘ilash uchun ko‘zda tutilgan. Kernsiz burg‘ilash
amaliyotida mahalliy tayyorlangan standart diametrdagi pikoburlar
keng tarqalgan.
Novikov pikoburi (3.20- d rasm) quvursimon korpus 2 dan
va unga payvandlangan trapetsiyasimon qovurg‘a 1, uch yarus,
uch yarusli 9 ta trapetsiyasimon qovurg‘a 1 dan tarkib topgan. Har
bir yarusdagi qovurg‘alar orasidagi burchak 120°
ni tashkil etadi.
Korpusning ostki qismiga uch qirrali piramidali pilot 3 rezba bilan
buralib mahkamlangan va unda yuvish suyuqligi o‘tishi uchun
teshik qoldirilgan. Korpus qovurg‘asi va pilot ÂK8 qattiq qotishmali
3.20-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |