O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


Burg‘ilash nasoslari parametrlari



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Burg‘ilash nasoslari parametrlari
Nazorat uchun savollar
1. Burg‘ilash nasoslari qanday maqsadda ishlatiladi?
2. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi?
3. Nasoslarning unumdorligi qanday idora qilinadi?
Parametrlar
Í
Á
1
-
2
5
/1
6
Í
Á
2
-
6
3
/4
0
Í
Á
3
-
1
2
0
/4
0
Í
Á
3
-
3
2
0
/6
3
Í
Á
5
-
3
2
0
/1
0
0
Suyuqlik beri-
shi,(m
3
/s)•10
-4
4; 17
5; 10
2,5; 3,7;
6,67;
11,2; 20
20,8; 30;
53,3
5,3; 9,17;
17,5; 20,8;
21,7; 53,3
Bosimi, MPa
1,6
4,2
4,0; 4,0;
4,0; 4,0;
2,0
6,3; 6,3;
5,5; 3,0
10; 10; 10;
10; 10;
6,0; 3
Plunjerlar  soni
1
3
3
3
3
Plunjerning
diametri,  mm
45
45
63
45
80; 90;
100
1 minutdagi ikki
yoqlama yurish
soni
390
175;
350
31; 38;
80; 146;
349
95; 140;
260
95; 140;
260
Plunjerning
 yurish yo‘li
uzunligi,  mm
20
40
60
90
150
Dvigatelning
quvvati,  kW
3,3
3
7,5
22
37
Massasi,  kg
44
250
680
1250
1500


78
3.6-§. Burg‘ilash qurilmalarining kuch uzatmalari
Burg‘ilash  qurilmalarining  kuch  uzatmalari  gruppali,    bir
dvigatelli  va ko‘p dvigatelli bo‘lishi mumkin. Gruppali uzatmalarda
bitta dvigatel transmissiya orqali qurilmalarning barcha mexanizm-
larini harakatga keltiradi. Bir dvigatelli  uzatmada qurilmadagi har
bir mashina  (stanok, nasos va b.) alohida dvigatellarga ega bo‘ladi.
Ko‘p  dvigatelli  uzatmalarda  har  bir  ishchi  mashina  organi
(aylantirgich, lebyodka va h.k) alohida dvigatellarga ega bo‘ladi.
Burg‘ilash qurilmalarining kuch uzatmalari quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
— iqtisodiy jihatdan samarali;
— ishonchli va uzoq muddat ishlovchi;
— sodda va boshqarish uchun qulay;
— egiluvchan yumshoq xarakteristikaga ega bo‘lishi.
Kolonkaviy burg‘ilash uchun kuch uzatmasi sifatida elektro-
dvigatel, ichki yonuv dvigateli va gidrodvigatellar ishlatiladi. Yer
ostidan uncha chuqur bo‘lmagan quduqlarni burg‘ilashda yengil
stanoklar bilan birga pnevmodvigatellar ishlatilishi mumkin.
Burg‘ilash ishlari olib borilayotgan maydonda elektr energiya
uzatish  liniyalari mavjud bo‘lgan sharoitlarda elektrodvigatellar
ishlatiladi.  Elektrodvigatellarning  soddaligi,  yuqori  tejamliligi,
reversga  (orqaga aylantirish imkoni) egaligi va burg‘ilash agregatining
ayrim mexanizmlari uchun alohida uzatmani ishlatish imkonidir.
Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr liniyasidan dvigatellarga
elektr energiyasi kuchlanishini pasaytiruvchi transformator yorda-
mida statsionar yoki ko‘chma podstansiyalar orqali uzatiladi.
Burg‘ilash stanoklari uzatmasi uchun kuchlanishi 220/380 V
bo‘lgan  o‘zgaruvchan  tokda  ishlaydigan  asinxron  dvigatellarni
ishlatish tavsiya etiladi. Kichik quvvatga ega bo‘lgan dvigatellarda
qisqa tutashtirilgan rotorli dvigatellar ishlatiladi.
Burg‘ilash  obyektida  magnitli  puskatellar    va  paketli  yopiq
turdagi o‘chirgichlarni ishlatishga ruxsat berilgan. Ochiq turdagi
o‘chirgichlardan foydalanish man etiladi. Elektr qurilmalarining
metall qismlari va mexanizmlari yerga ulanishi lozim.
Burg‘ilash  ishlari  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  bo‘lsa  va
burg‘ilash qurilmalari soni ko‘p bo‘lgan hollarda hamda elektr-
energiyasi liniyalari yo‘q bo‘lgan sharoitlarda ko‘chma elektrostan-
siyalar  ishlatiladi.


79
Geologiya -razvedka ishlari amaliyotida ÏÝÑ- 30 va ÏÝÑ-60
rusumidagi quvvatlari 30 va 60 kW bo‘lgan ko‘chma elektrostansiya-
lar keng ishlatilmoqda. Bu elektrostansiyalar kuchlanishi 220 V va
chastotasi 50 Hz   bo‘lgan o‘zgaruvchan  tok ishlab  chiqaradi.
ÏÝÑ-60 rusumdagi ko‘chma elektrostansiya unifitsirlangan dizel-
elektr agregatidan, ikki o‘qli avtomobil tirkamasi, o‘lchov-nazorat
apparaturasiga ega bo‘lgan boshqarish shiti, kabel tarmog‘i, ehtiyot
qismlari komplekti, asbob va uskunalardan tarkib topgan.
Ichki  yonuv  dvigatellari  (IYD)  avtonom  uzatmani  ta’min-
laydi. Ular qidirish ishlarini olib borishda, dastavvalgi razvedka
qilishda yoki yolg‘iz quduqlarni burg‘ilashda  ishlatiladi.
Ichki yonuv dvigatellarini ikki guruhga ajratish mumkin.
1) karburatorli — yengil yonilg‘ili: benzinda ishlovchi;
2) dizelli —  og‘ir yoqilg‘i: dizel yoqilg‘isi  — solarkada ish-
lovchi.
Karburatorli ichki yonuv dvigatellari olib yuriladigan va ko‘chma
burg‘ilash  qurilmalarini  harakatga  keltiruvchi  kuch  uzatmalari
uchun  tok  ishlab  chiqaradigan  ko‘chma  elektrostansiyalarda
ishlatiladi.
Karburatorli dvigatellarning konstruktiv o‘ziga xosligi — ular-
ning yaxlitligi, ya’ni ixchamligi va kichik massaga egaligidadir.
Dizelli  dvigatellar  burg‘ilash  agregatlari,  o‘zgaruvchan  va
o‘zgarmas  tok  ishlab  chiqaruvchi  generator  va  turli  yordamchi
uskunalar uchun kuch uzatmasi sifatida ishlatiladi.
Ichki  yonuv  dvigatellari  burg‘ilash  qurilmalarining  avto-
nomligini ta’minlaydi, ular ish obyektida elektr energiya liniya-
sining bor-yo‘qligiga bog‘liq emasdir. Ular ko‘chma elektrostan-
siyalarga muhtoj emas, biroq ularning ish unumdorligi  yonuv-
moylovchi materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Ichki yonuv dvigatellarining afzalliklari — ularning tashqi
energiya manbayiga bog‘liq emasligi va yoqilg‘ini nisbatan kam
iste’mol qilishidir. Ularning kamchiliklari — uzoq ishlay olmas-
liklari, burovchi moment va orqaga aylantirishni idora qilish uchun
tezlik qutilariga zarurati borligidadir.
Ichki yonuv dvigatellarining texnik xarakteristikalari  3.5-jadval-
da keltirilgan.
Geologiya-qidiruv ekspeditsiyalarida eng ko‘p tarqalgan dviga-
tel — Ä-37 M dizeli hisoblanadi.


80
Kurakchali, porshenli va shesterenkali pnevmatik dvigatellar
tog‘  lahmlaridan  quduqlarni  burg‘ilashda  ishlatiladi.  Pnevmatik
dvigatellarning  afzalliklari  —  aylanish  chastotasini  bir  tekisda
boshqarish mumkinligi va portlab ketish bo‘yicha xavfsizligi, asosiy
kamchiligi esa — foydali ish koeffitsiyentining kichikligidadir.
Geologiya-qiduruv burg‘ilash qurilmalarida gidravlik dvigatel-
larni ishlatish keng o‘rin olmoqda. Hajmli gidravlik dvigatelning
asosiy elementlari nasos va dvigatel hisoblanadi.
Nasos quvurlar bo‘ylab gidravlik energiyani idora qiluvchi va
taqsimlash qurilmasi orqali gidrodvigatelga uzatadi, u esa burg‘ilash
uskuna mexanizmlarini harakatga keltiradi. Nasos asinxron elektro-
dvigatel yoki IYD orqali harakatga keltiriladi.
3.5-jadval
Ichki yonuv dvigateli turlari
Karburatorli
Dizelli
Parametrlar
Ë
-3
/2
Ë
-6
/3
«
Ä
ð
ó
æ
á
à
»
Ó
Ä
-2
5
Ä
-3
7
 ì
Ä
-5
4
 À
Ñ
Ì
Ä
-1
4
Ä
Ê
Ì
Ä
-4
6
Dvigatelning
nominal
quvvati,  kW
2,2
4,4
2,9
5,9
29,4
40
55,2
68,4
Òirsakli val-
ning aylanish
chastotasi,
min
-1
2200
2200
4400 3000 1600 1300
1700
1000
Silindrlar
soni
1
2
1
2
4
4
4
4
Yoqilg‘ining
solish-
tirma sarfi,
g/kW · s
456
456
748
830
259
279
272
279
Massasi,  kg
72
72
5,5
95
380
1150
600
2000


81
Gidrouzatma boshqarishda sodda, kichik o‘lcham va massaga
ega, revers (teskariga aylanish) ni ta’minlaydi va gidrodvigatel valini
hamda ishchi mexanizmlarning aylanish chastotalarini bir tekis
idora qilish imkonini beradi. Aylanish chastotasini noldan boshlab
o‘zgartirish  imkoni  burg‘ilashda  va  yordamchi  operatsiyalarni
bajarishda katta texnologik afzaliklarni ta’minlaydi.
Bir tekis idora qilinadigan uzatmalar burg‘ilash qurilmalarida
dvigatel quvvatidan ratsional foydalanish, konkret jinslarni burg‘i-
lashda optimal aylanish chastotasida ishlash imkonini beradi. Bundan
tashqari,  gidrodvigatel  burg‘ilash  snaryadi  tebranishini  sezilarli
darajada kamaytiradi.
Òiristorli  elektr  apparaturalari  o‘zgarmas  tokda  ishlovchi
elektrodvigatellardan  elektr  uzatma  sifatida  foydalanishda
o‘zgaruvchan tokni  o‘zgarmas tokka aylantiradi va  dvigatel vali
aylanish chastotasini noldan maksimal qiymatgacha o‘zgartirish
imkonini beradi.
Bir tekis idora qilinadigan uzatmalar kolonkaviy burg‘ilash
qurilmalari uchun istiqbolli hisoblanadi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish