O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Suv-sement ko‘rsatkichi deb suv massasining sement massasiga
bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Uning quyi qiymati u oquvchanligining
kamayishini xarakterlaydi, yuqori qiymati esa qotish muddatining
oshishini va sement toshi mustahkamligigini kamaytiradi.
Odatda,  suv-sement  ko‘rsatkichi  0,5  qilib,  ya’ni  50  %  suv
sement massasiga nisbatan qabul qilinadi.
Sement qorishmasi deb, sement poroshogining suvdagi aralash-
masiga aytiladi.
Sement eritmasi qotishining boshlanishi deb, sement qorishtiril-
gan vaqtdan qotayotgan massa hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqtga aytiladi.
Sement eritmasi qotishining tugashi deb, sementni qorishtirgan
vaqtdan, qotgan massa hosil bo‘lguncha  o‘tgan vaqtga aytiladi.
Ko‘p komponentli qorishmalar muhim bo‘lgan asosiy kompo-
nent asosida tayyorlanadi, qolganlari esa qotishni tezlashtiruvchi
yoki inert to‘ldiruvchilar rolini bajaradi.
Òez qotuvchi qorishmalar (TQQ) ko‘p komponentli qorish-
malar  ichida eng progressivi hisoblanadi. Sement asosida va sintetik
smolalar asosida tayyorlangan TQQ lar keng tarqalgan. Bir kompo-
nentli  qorishmalarning  afzalligi  shundaki,  ko‘p  komponentli
qorishmalarning qotishi boshlanishini unga qo‘shiladigan qotishni
tezlashtiruvchi qo‘shimchalarning miqdorini o‘zgartirish bilan idora
qilish mumkin bo‘ladi.
Qorishmalarning  qotishini  tezlashtiruvchi  moddalar  sifatida
natriy silikati, alebastr (yoki giðs), kalsiy xlor, temir xlor, so‘nma-
gan ohak va boshqa komponentlar ishlatiladi. Bu qorishmalarda suv-
sement ko‘rsatkichi, odatda, 0,4—0,6 qilib olinadi.
Òamponaj qilish sharoitlariga qarab turli zichlikdagi sement
eritmalari ishlatiladi:
yengil  ......................................................1300  kg/m
3
yengillashtirilgan......................................1300—1540  kg/m
3
normal....................................................1750—1900  kg/m
3
og‘irlashtirilgan.......................................1900—2200  kg  /m
3
og‘ir...........................................................2200 kg/m

dan ortiq


198
Òamponaj qilish amaliyotida polimer birikmalari asosida tayyor-
lanadigan TQQ lar keng tarqalgan. Bu TQQ larda asosiy komponent
sifatida  mochevinoformaldegid va epoksid kabi sintetik smolalar
ishlatiladi. Smola asosida tayyorlangan qorishmalarning qotishi uning
tarkibiga  qotiruvchi  moddalarning  aralashtirilishi  bilan  amalga
oshiriladi. Hosil qilingan massa ma’lum vaqtgacha suyuq holatda
bo‘ladi, so‘ng polimerizatsiya jarayonida qota  boshlaydi.
Bunday TQQ larning qotishini tezlashtiruvchi  sifatida xlorid
va shavel kislotasi hamda ammoniy xlorid ishlatiladi, biroq ko‘proq
xlorid kislotasi ishlatiladi. MÔ-17 smolasiga 3—5 % miqdorida xlorid
kislotasi eritmasi qo‘shilganda uning hajmi 7—15 % ga ortadi.
Epoksid smolalari qotganda yuqori mustahkamlik xossalariga
ega bo‘lgan tosh hosil qiladi.
Òamponaj ishlari amaliyotida ÝÄ-5 va «Ýïîêñèä-1200» kabi
smolalar  ishlatiladi.  Qorishmalarning  qotish  muddatini  20—30
minutdan 10—12 soat va undan ortiq vaqtgacha o‘zgartirish mumkin.
Sintetik smolalarning cheklangan miqdorda ishlatilishiga sabab
ularning sement qorishmalariga nisbatan qimmatligidadir.
Yuvish suyuqliklarining yutilishini bartaraf etishda turli mos-
lamalar ishlatiladi, ularning ichidan eng keng tarqalgani yutilish
zonasida  TQQ  hosil  qiluvchi  cho‘ktiriladigan  aralashtirgichlar
hisoblanadi.
ÒÓ-7  tamponaj  qurilmasi  burg‘ilash  quduqlarida  yuvish
suyuqliklari yutilishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan. Qurilma
sement va giðs asosida hamda sun’iy smolalar asosida tayyorlana-
digan  TQQ larni ishlatish uchun ko‘zda tutilgan.
Qorishmalarni  quduq  ichiga  burg‘ilash  quvurlari  kolonnasi
orqali  haydash  mumkin  yoki  ularni  yutilish  gorizonti  yaqinida
aralashtiruvchi moslamalar yordamida tayyorlash mumkin. Bunda
qotishni tezlashtiruvchi  suyuq modda  maxsus konteynerda  yoki
burg‘ilash quvuri ichida saqlanishi mumkin.
Òamponaj qurilma  TQQ ni mustahkam bo‘lmagan jinslardagi
g‘ovak va darzlarga 0,5 MPa bosim ostida haydaydi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish