Graviyli filtrlar. Graviyli filtrlarda filtrli karkas orasiga sun’iy
yo‘l bilan graviy yoki yirik qum kiritiladi. Graviyli filtrlarning ikkita
turi mavjud: 1) quduqqa tayyor holda tushiriladigan; 2) to‘ldiri-
ladigan — quduq devori va karkas orasi graviy bilan to‘ldiriladi.
Òayyor holda tushiriladigan filtrlarni chuqur (100 m dan ortiq)
quduqlarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Kojuxli filtrlarda (8.6-rasm) graviy karkas va setka yoki perfo-
ratsiyalangan temir kojux orasiga solinadi. Kojux diametri karkas
diametridan 50—100 mm katta bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |