Karkas-sterjenli filtrlar. Karkas-sterjenli filtrlar ikkita tu-
tashtiriladigan quvur 1 dan, metall sterjen 2 dan va tayanch kamari
3 dan iborat bo‘ladi. Òutashtiriladigan quvurlar uzunligi 300—350
mm bo‘lgan obsadka quvurlaridan tayyorlanadi (8.3-rasm).
Metall sterjenlar uzunligi 2—3,5 m bo‘lgan zanglamaydigan
po‘lat simdan yoki armatura temiridan tayyorlanadi. Karkas-
sterjenli filtrlar katta skvajnostga ega (60% gacha), tayyorlashda
kam mehnat talab qiladi, quvur sarfi kam va uzoq muddat eks-
pluatatsiya qilinganda qoniqarli darajada ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |