Quvurli filtrlar. Quvurli filtrlar obsadka quvurlaridan tayyor-
lanadi. Yuqori minerallashgan suvli sharoitlarda korroziyaga chidamli
materiallardan (zanglamaydigan po‘lat), cho‘yan asbosement,
polietilen va boshqa quvurlardan tayyorlanishi kerak (8.2-rasm).
Dumaloq va cho‘zinchoq tirqishlar shaxmat tartibida joylash-
tiriladi.
8.2-rasm.Quvurli filtrlar:
a, b — mos ravishda dumaloq va cho‘zinchoq tirqishli;
d, e — mos ravishda shtamplangan listlardan tayyorlangan.
a b d e l 0 b b a a d
175
Quvurlar karkaslarida tirqishlar sverlo bilan ochiladi, freza
avtogen bilan kesiladi. Polimer quvurlarda teshiklar termik usul
bilan ochilishi mumkin.