O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

suvning statik sathi
deb ataladi — h
st  
(8.1-b rasm).
Quduqdan suv otkachka qilinganda  undagi suv sathi pasayadi.
Suv otkachka qilingandagi suv sathining o‘zgarmay qolishi —
dinamik sath  deb ataladi.
Quduqdagi suvning sathi yer yuzasidan o‘lchanadi (m). Statik
va dinamik sathlar orasidagi 
masofa pasayish S deb ataladi.
Quduqdan vaqt birligida olingan suv hajmi — quduq debeti
deb ataladi va  m
3
/soat yoki  l/s larda o‘lchanadi.
Suv quduqlarini  bunyod etish amaliyotida quyidagi burg‘ilash
usullari keng ishlatilmoqda:
1) rotorli — yuvish suyuqligi yoki havo  bilan;
2) rotorli — teskari-so‘rish usulida yuvish suyuqligi bilan;
3)  zarba-kanatli;
4)  kolonkaviy.
Rotorli  burg‘ilash  usuli  yaxshi  o‘rganilgan  gidrogeologik
rayonlarda, bosimli  suvli gorizontlar  bo‘lgan sharoitlarda  va suv,
gil  ta’minoti    arzon  bo‘lgan  sharoitlarda  ishlatiladi.  U  turli
qattiqlikdagi jinslarni turli chuqurliklargacha burg‘ilash imkonini
beradi. Bunda yuqori mexanik  va reys tezliklari ta’minlanadi va
quduq konstruksiyasi  uchun kam metall sarflanadi. Biroq suvli
gorizontlar gil qatlami bilan qoplanadi va  uni bartaraf etish uchun
esa qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi.
Suv  quduqlarini  rotorli  usulda    burg‘ilashda  ÓÐÁ-2,5A,
ÓÐÁ -2 A 2,  ÓÐÁ- 3AM,  Ó ÐÁ-3A3,  ÓÐÁ- 3A2,  1 ÁA-1 5Â,
1ÁÀ-15Í,  ÓÂÁ-600, ÁÓ-50, ÁÓ-75, ÁÓ-80, ÁÓ-125 va boshqa
burg‘ilash qurilmalari  ishlatiladi. Zarba-kanatli burg‘ilash usulini
quyidagi sharoitlarda ishlatilishi maqsadga  muvofiq: a) gidroge-
ologiyasi  kam  o‘rganilgan    rayonlarda;  b)  kam  bosimli  suvli


172
gorizontlarda; d) burg‘ilash jarayonida suvli gorizontlarni alohida
namunalash zarur bo‘lganda; e) suvli gorizontlar tez-tez ketma-
ket kelganda; f) yakka tartibdagi quduqlarni  gil ta’minoti qiyin
bo‘lgan sharoitlarda burg‘ilashda; g) chuqurligi 200 metrgacha va
diametri 450 mm va undan yuqori bo‘lgan  va valun-galechnik
qatlamlarni  burg‘ilashda.
Zarba-kanatli  burg‘ilashda suvli gorizontlarning tabiiy holati
deyarli  buzilmaydi, shuning uchun ham suvni chiqirish uchun
qo‘shimcha murakkab ishlarni bajarishga ehtiyoj bo‘lmaydi.
Suv quduqlari ÓÃÁ-3ÓK, ÓÃÁ-4-ÓK  va boshqa  burg‘ilash
qurilmalari bilan burg‘ilanadi.
Kolonkaviy  burg‘ilash usuli o‘zining kichik  burg‘ilash diametri
(151 mm) bilan juda kam ishlatiladi.
Shnekli burg‘ilash usuli qulay sharoitlarda chuqurligi 50 metr-
dan katta bo‘lmagan quduqlarni burg‘ilashda ishlatiladi.
Suvli gorizontlarni ochishning texnologiyasi oddiy va boshqa
usullarga  qaraganda samaralirog‘i zarba-kanatli usul bilan burg‘ilash
bo‘lib, bunda suvli gorizontlarning tabiiy holati buzilmaydi, suvli
gorizont gil qatlami  bilan qoplanmaydi  va uni bartaraf etish uchun
qo‘shimcha  ish va xarajat sarflanmaydi. Qolaversa, bunda filtr obsadka
quvurlari himoyasida  bo‘ladi.
Aylanma  burg‘ilash usulida suvli gorizontlarni to‘g‘ri suv bilan
yoki gil eritmasi  bilan yuvish yo‘li orqali amalga oshirish keng
ishlatilmoqda.  Bunda  gil  eritmasi    maksimal  qovushqoqlikka,
zichlikka ega bo‘lishi kerak, shunda plastga ortiqcha gidrostatik  bosim
ta’sir qiladi. Agar plastning gidrodinamik parametrlari  imkon bersa,
filtr tushirishdan  oldin  gil eritmasi  suv bilan almashtiriladi.
Oxirgi yillarda  suvli gorizontlarni  ochishda  giðan,  kam gilli,
maxsus ohakli  va kraxmalli  eritmalar  keng  ishlatilmoqda. Bu
eritmalar yupqa va zich qatlam hosil qiladi, bu esa quduq devorining
qulab tushishidan  saqlaydi va plast kolmatatsiya  zonasini  kamay-
tiradi. Suvli gorizontlarni  o‘zlashtirishda  qatlamlar  yengil parcha-
lanadi,  kraxmalli eritmalar  esa o‘z-o‘zidan bo‘linib ketadi.
Aerirlangan yuvish suyuqliklari mustahkam jinslardan  tashkil
topgan  suvli gorizontlarni  ochishda  va yuvish suyuqliklari  to‘la
yutilgan  sharoitlarda  ishlatiladi. Bunday sharoitlarda qisilgan havo
bilan suvli gorizontlarni ochish ham tavsiya etiladi. Bunday quduq-
larning debiti  zarba-kanatli  burg‘ilashdagiga
 
qaraganda  ancha yuqori
bo‘ladi.


173
Filtrsiz quduqlardagi kavernalar suvli gorizontlarni ochishda
quyidagi usullarda yuz beradi:
1)  zarba-kanatli  burg‘ilashda    plast  jinslari  jelonka    bilan
so‘rilganda;
2)  aylanma  burg‘ilashda  plastlarni  ochishda  gidravlik  yoki
mexanik kengaytirgichlar ishlatilganda;
3) ejektorli va boshqa nasoslar  bilan jinslar  loyqa holda otkachka
qilinganda.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish