O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


Kamerani jihozlash va uskunalarni montaj qilish



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Kamerani jihozlash va uskunalarni montaj qilish
Kameralar shamollatish uskunalari bilan jihozlanishi va yaxshi
yoritilgan bo‘lishi kerak. Yoritgichlar quyidagi joylarga o‘rnatilishi
kerak: burg‘ilash stanogining o‘ng va chap tomoniga, stol va verstak
ustiga, kronblok ustiga, magnit stansiyasi ustiga. Òoza havo keladigan
burg‘ilash kamerasining kirish qismiga fiderli avtomat o‘rnatilishi
kerak. Og‘ir burg‘ilash stanogi yog‘och, metall va beton asoslarga
qo‘yiladi, yengillari esa ikki ustunli kolonkalarga  o‘rnatiladi.
Gorizontal quduqlarni burg‘ilashda burg‘ilash stanogi ikki xil
sxemada joylashtirilishi mumkin. Birinchi sxemada burg‘ilovchi ishchi
stanok bilan quduq usti orasida bo‘ladi, quduq ustiga yelkasi bilan
o‘girilgan bo‘ladi; ikkinchi sxemada burg‘ilovchi ishchi quduq ustiga
yuzi bilan qaragan holda bo‘ladi. Uskunalarni ikkala turda ham
joylashtirishga ruxsat etiladi, biroq  ikkinchi sxemaga afzallik beriladi.
Burg‘ilash  nasosi  mashina  zalining  o‘ziga  o‘rnatiladi,  ba’zi
hollarda ovozini pasaytirish maqsadida olib keluvchi lahmda ham
o‘rnatilishi mumkin. O‘sha yerda yuvish suyuqligi yig‘iladigan hovuz
ham  qaziladi,  uning  ustiga  yog‘och  balkalar,  ular  ustiga  nasos
joylashtiriladi, ochiq qolgan joylar taxtalar bilan yopiladi. Kamera-
ning poli qalinligi 50 mm dan kam bo‘lmagan taxtalardan ishlangan


125
bo‘lishi  kerak.  Suyuqlik  qabul  qilinadigan  hovuz,  sirkulatsion
sistemasi jeloblari pol sathicha qopqoq bilan yopiladi.
Ko‘tarib-tushirish  operatsiyalarini  bajarish  va  kronblokni
o‘rnatish uchun yog‘och balkalar lahm devorlariga kamida 40 sm
kirishi lozim bo‘ladi. Vishkaga chiqish uchun narvon 80° og‘ish
burchagidan oshmasligi va kengligi 0,6 m dan kam bo‘lmasligi,
pog‘onalar orasidagi masofa 0,3 m dan oshmasligi kerak bo‘ladi.
Pastdan yuqoriga qarab burg‘ilanuvchi quduqlarni burg‘ilashda
quduq usti yonida shurf qaziladi. Burg‘ilash quvurlarining uzunligi
1,5—3  metrdan  oshmasligi  kerak,  chunki  uning  uzunligi  shurf
chuqurligi va kesimi yuzasining ortishiga olib keladi. Pastdan yuqoriga
qarab burg‘ilanuvchi va gorizontal quduqlar usti yuvish suyuqligini
chetlashtirish maqsadida maxsus golovka bilan mahkamlanadi.
Kameraga kirishda eshik o‘rnatiladi. Kameradan chiqishda ikki
tomonga 40 metr masofada odam chiqib qolishi ehtimoli bor degan
ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatiladi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish