O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Burg‘ilash uchun kameralar
Yerosti lahmlarida  burg‘ilashda vishka  va burg‘ilash binosi o‘rniga
maxsus  jihozlangan  kameralar  kerak  bo‘ladi.  Quduqlarning
burg‘ilanish burchaklariga qarab kameralar to‘rtta turga bo‘linadi:
I—gorizontal va qiya og‘dirilgan quduqlar uchun;
II—vertikal va tik yotuvchi quduqlar uchun;
III—katta og‘ish burchagi asosida yo‘llangan quduqlar uchun;
IV—  pastdan  yuqoriga  qarab  burg‘ilanuvchi  (âîññòàùèé)
quduqlar  uchun.
I turdagi kamera olib boruvchi lahm va mashina zalidan iborat
bo‘ladi. Olib boruvchi lahm yordamida kamera umumiy tog‘ lahmlari


123
sistemasi bilan birlashtiriladi. Mashina zali burg‘ilash uskunalarini
joylashtirish va ekspluatatsiya qilish uchun ko‘zda tutilgan. Bunday
kameralar,  odatda,  oddiy  formaga  va  kichik  o‘lchamlarga  ega
bo‘ladilar.  II  va  III  turdagi  kameralar  uchta  elementdan  iborat
bo‘ladi: olib boruvchi lahm, mashina zali va shatr qismli (gezenk).
Gezenkka kronblok, tal osnastkasi, polatlar va burg‘ilash quvurlari
joylashtiriladi.
IV turdagi kameralar yuqorida tavsiflangan uch turdagi kame-
ralardan lahm ostidagi qaziladigan shurfi bilan farqlanadi. Shurfga
yetakchi  burg‘ilash  quvuri  salnigi  bilan  va  quduqdan  chiqarib
olinadigan burg‘ilash quvurlari joylashtiriladi.
Har bir turdagi kameralarning o‘lchamlari ularning ahamiyati,
ishlatiladigan uskunalarga va ularni ekspluatatsiya qilish qoidalari
talablariga  va  ishlarning  xavfsiz  olib  borilishiga    mos  ravishda
aniqlanadi. Olib boriladigan  lahmlarning forma va ko‘ndalang kesimi
o‘lchamlari asosiy lahmlarning forma  va o‘lchamlariga o‘xshash
bo‘ladi. Ularning uzunligi esa quduq belgilangan nuqta bilan tog‘
lahmlari orasidagi masofaga qarab olinadi.
Mashina zalining o‘lchamlari ishlatilayotgan uskunalarga mos
bo‘lishi, qulay joylashgan va ishlatiladigan bo‘lishi kerak. Lahm
devori  bilan uskunalar  orasidagi  o‘tish  joyining eni  harakatlan-
maydigan detallar tomonidan 7 metrdan, harakatlanuvchi detallar
3.22-rasm. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash uchun yerosti kamerasi:
1—burg‘ilash quvurlari kolonnasi uchun lotok; 2—olib boruvchi lahm;
3—ventilatsiya quvuri; 4—magnit stansiyasi; 5—mashina zali;
6—ko‘tarib-tushirish operatsiyasini bajarish uchun bloklar sistemasi;
7—quduqning yo‘naltiruvchi quvuri; 8—burg‘ilash stanogi;
9—burg‘ilash nasosi.
1
2
3
4
5
6
7
8
9


124
tomonidan 1 m dan va burg‘ilash brigadasi joylashgan tomondan
8 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Mashina zalining balandligi  2—2,2
metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Gezenkning o‘lchamlari ko‘tarib-
tushirish operatsiyalarini  bajarish va boshqa  murakkab tashkiliy
masalalarga  qarab  qabul  qilinadi.  Quduq  chuqurligiga  qarab
svechalarning  uzunligi  6;  9  va  13,5  m  qilib  olinadi.  Gezenk
quduqning og‘ish burchagiga qarab bir xil burchak ostida o‘tiladi,
balandligi 13—16 metrdan oshmaydi (mashina zali tomonidan),
kesimi  yuzasi yuqori va pastki qismi mos ravishda 2—3 va 18—20
m
2
 ni tashkil etadi.
Kameralar  tog‘  sexlari  tomonidan  burg‘ilash  sexi  xodimlari
tomonidan  ishlab  chiqilgan  burg‘i-portlatish  ishlari  pasporti  va
mahkamlash pasporti eskizlari asosida loyiha ishlariga mos ravishda
bunyod etiladi. Òayyor bo‘lgan kamera tog‘ sexi tomonidan topshi-
riladi  va  akt  (dalolatnoma)  bo‘yicha  burg‘ilash  sexi  qabul  qilib
oladi. Shundan so‘ng  montajchilar yoki montajchilar brigadasi
burg‘ilash uskunalarini montaj qilishga kirishadi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish