ÄÄA-59ÒK turdagi doloto (3.21-b rasm) korpusdagi 1 va unga
payvandlangan lapka 2 dan iboratdir. Lapkaga pales 5 yordamida
sharoshkalar 3 va 4 o‘rnatilgandir. Katta sharoshka 3 yarimsferik
ko‘rinishda, kichigi 4 esa shar ko‘rinishida ishlangan. Bu esa zaboyda
jinslarni parchalashni yengillashtiradi.
ÐÇØÑ-59 kengaytirgich (3.21- d rasm) uchta seksiyadan iborat
bo‘lib, ular o‘zaro payvandlanib ulangan bo‘ladi. Barcha seksiyalar
kengaytirgich o‘qiga nisbatan ekssentrik joylashtirilgan yuvish kanal-
lariga egadir. Har bir kengaytirgich seksiyasida bittadan sharoshka
3 joylashtirilgan. Yig‘ilgan holdagi sharoshkalar o‘z o‘qi atrofida
erkin aylanadi va bir-biriga nisbatan 120° ostida joylashishgan.
Baquvvat tayanchlarga ega bo‘lgan ÄÄÀ dolotolar boshqa turdagi
dolotolarga nisbatan yuqori o‘tuvchanlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |