3.3-§. Ko‘tarib-tushirish operatsiyasini bajarishda
ishlatiladigan yordamchi asboblar
Burg‘ilash jarayonida texnologik asboblarga xizmat ko‘rsatish
va ko‘tarib-tushirish operatsiyalarini bajarishda yordamchi asboblar:
kluchlar, elevatorlar, ostki vilka va nagolovniklar ishlatiladi. Yor-
damchi asboblarning o‘lchamlari ishlatilayotgan burg‘ilash
quvurlari diametriga mos kelishi kerak (3.5-rasm).
Sharnirli kluchlar burg‘ilash, kolonkaviy va obsadka quvurlarini
tekis joydan ushlash uchun xizmat qiladi. Kluchlar burg‘ilash snarya-
dini va obsadka quvurlarini yechish va yig‘ish uchun xizmat qiladi.
Ostki vilka qulf yoki niðpelning kesilgan joyiga kiritiladi va
burg‘ilash snaryadini uzaytirish paytida yoki svechalarni ajratishda
quduq ustida ushlab turish uchun ishlatiladi (3.5-rasm, b).
64
Do'stlaringiz bilan baham: |