Obsadka quvurlarini tushirish
Kolonkaviy burg‘ilashda obsadka quvurlari quduqqa probka —
vertlyug yoki oddiy xomut va stropalar yordamida tushiriladi, ular
xomut yoki quvur ushlagichlar yordamida osilgan holda ushlab
turiladi. Quvurlarni quduq ustiga keltirish uchun quvur tashiladigan
aravachalar ishlatiladi. Quvurlar quduqqa tushirilishidan avval qayta
shablondan o‘tkaziladi.
Quvurlar o‘zaro sharnirli kluchlar yordamida ulanadi.
Quvurlarning ustki qismi korroziyaga qarshi moylovchi
moddalar bilan qoplanadi.
Rezbali ulangan joylarning germetikligini ta’minlash maqsadida
zichlashtiruvchi ÓÑ-1, Ð
1
-2 va boshqa moylar ishlatiladi.
Òeskari klapan ishlatilganda kolonnani tushirish vaqtida uning
ichiga har 100—200 m oraliqda quvurlarning tashqi gidrostatik bosim
ta’sirida ezilib ketmasligi uchun gil eritmasi quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |