investitsiya
yuz beradi.
7 1
Xonadon pulini investitsiyalashning asosiy shakllari uni bankka
qo‘yish, unga qimmatli qog‘ozlar olish, o‘z biznesi uchun sarflash,
aylantirib turish maqsadida o‘zgalarga qarzga berishdan iborat bo‘ladi.
Bu usullarning qaysi birini qo‘llash xonadonning tanloviga bog‘liq.
Xonadon investitsiyani faqat hozir pul topish uchun qiladi, deb
tushunish xato bo‘ladi. U o‘z pulini kelajakni o‘ylab inson kapitaliga
ham qo‘yadi.
Inson kapitaliga investitsiya qilish
— bu mablag‘ni ish
kuchiga, uning sifatini oshirishga, ya’ni insonning aqliy va jismoniy
ish qobiliyatini oshirishga sarflanishini bildiradi. Bu investitsiya eng
samarali hisoblanadi, chunki bu insonning qobiliyatida mujassam-
lashadi, uzoq vaqt naf keltiradi. Ammo buning asosiy sharti puli
investitsiyalangan kishi ish bilan band bo‘lishi zarur, aks holda u
o‘zini oqlamaydi.
I. ÒAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Xonadon xo‘jaligi.
2. Xonadon funksiyasi (vazifasi).
3. Xonadon turlari.
4. Xonadon budjet chegarasi.
5. Xonadon riski.
6.Xonadon tanlovi.
II. ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Xonadon xo‘jaligi nima?
2. O‘zbekistondagi xonadonning qanday xususiyatlari bor?
3.Xonadonning asosiy vazifasi nimadan iborat?
4. Xonadon kimlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladi?
5. Xonadon xarid qobiliyatini nimalar belgilaydi?
6. Xonadon budjet chegarasi nimani bildiradi?
7. Xonadon qanday riskka yo‘liqadi?
8. Xonadon tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
9. Qanday omillar xonadondagi ishlab chiqarishni yashovchan, jonsarak
qiladi?
10. Nima sababdan xonadonda jamg‘arish yuz beradi?
11. Jamg‘arish koeffitsiyenti nima degani?
12. Xonadon investitsiyasi nima va uning qanday turlari bor?
III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zni to‘g‘ri topib o‘rniga
qo‘ying:
7. Xonadon jamg‘arishi.
8. Jamg‘arish koeffitsiyenti.
9. Jamg‘arish shakllari.
10. Xonadon investitsiyasi.
11. Inson omiliga investitsiya.
7 2
a) Xonadon.............birligidir;
b) Xonadan iqtisodiyotning ......................................dir;
d) Xonadon tanlovi 2 narsaga bog‘liq .................................va
bozordagi..............................;
e) Xonadondagi jamg‘arish koeffitsiyenti har doim..................kam
bo‘ladi;
f) Xonadon investitsiyasi uni kelajakda daromad topish uchun
..............................dir.
2. Quyidagilarga javob topishga urinib ko‘ring:
a) Uchta xonadon bor, birinchisining daromadi asosan foydadan,
ikkinchisiniki ish haqidan, uchinchisiniki uyini ijaraga berishdan kelgan
puldan iborat. Qaysi xonadon tadbirkor hisoblanadi?
b) Xonadon o‘zini o‘zi bir qator oziq-ovqat bilan ta’minlaydi,
mahsulotlarning bir qismini sotadi. Bu xonadonning nimasi bor?
d) Xonadondagi jamg‘arish koeffitsiyenti K-1, K-0,5, K-0,3, K-0,2,
qayerda jamg‘arish bo‘lishi mumkin emas?
e) Xonadon puldor emas, lekin har oyda daromadining 5 foizini
jamg‘arib boradi. Bu xonadon nima qilmoqchi?
f) Xonadon xotirjamlikni afzal ko‘radi. Uning 2 mln so‘m puli bor.
Bu pulni qo‘shnisiga qarz bersa, oyiga 200 ming so‘m oladi, aksiya olsa,
1,5 ming so‘m dividend oladi, bankka qo‘ysa, 400 so‘m foiz oladi. Oila
qaysi ishni qilish ehtimoli ko‘proq?
3. Quyidagi masalalarni yechib ko‘ring:
a) Ikki xonadon bor, har ikkisida ham televizor bor. Birinchi xonadon
televizori 180 ming so‘m turadi, 10 yil xizmat qiladi, lekin shu davrda 60
ming so‘mga tuzatiladi. Bir oyda bir kishining televizor ko‘rishi 400 so‘mni
tashkil etadi. Ikkinchi oilada ham televizor xarajatlari shunday, lekin jon
boshiga televizor ko‘rish 500 so‘m turadi. Xonadonlarda necha kishi
istiqomat qilgan?
b) Xonadon daromadining 5/4 qismi iste’mol uchun ishlatiladi, iste’mol
etilgan qismning 25 foizga teng summasi jamg‘ariladi, buning 4/3 qismi
investitsiyalangan bo‘lib, investitsiya miqdori 15000 so‘m. Xonadon
daromadi necha so‘m?
7 3
Do'stlaringiz bilan baham: |