O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

3.5. Firma turlari
Firmalar mulkiy, tashkiliy-huquqiy, faoliyat ko‘lami va faoliyat
doirasiga qarab turlanadilar. Mulkiy jihatdan xususiy, jamoa hamda
davlat firmalari va aralash firmalar mavjud.
Òashkiliy-huquqiy jihatdan firmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Individual,
ya’ni 
yakka firma.
Bu ayrim shaxslarga yoki oilalarga
qarashli korxona. Xususiy firma egasi yakka sohib, topilgan foydani
o‘zi oladi, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko‘rmaydi, zararni ham
faqat o‘zi ko‘taradi.


3 1
2. Shirkat firmasi.
Bu bir necha sohiblar mulkini birlashtirish va
tadbirkorlikdan olingan foydani baham ko‘rishga asoslangan
sherikchilik firmasidir.
Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab tadbir-
korlikka qo‘yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik uchun
javobgarlikni ko‘pchilik zimmasiga yuklaydi; uchinchidan,
ko‘pchilikka, hatto puli ozlarga ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga
imkon beradi. Shirkat firmalar hozir keng tarqalgan, ular ikki xil
bo‘ladi:
a)
Mas’uliyati cheklanmagan firma.
Bu tadbirkorlik mas’uliyati
sheriklar o‘rtasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan firma. Mulk
hissadorlari to‘la huquqli sheriklar va huquqi cheklangan sheriklarga
bo‘linadi. Òo‘la huquqli sheriklar firmaning ham javobgarligini, ham
foyda-zararini baham ko‘ruvchilardir. Ular firma foydasidan qo‘y-
gan puliga qarab ulush oladilar, zararni ham birgalikda qoplaydilar.
Agar 5 kishi sherik bo‘lsa-yu, ulardan 2 tasi firma zararini to‘lashga
qodir bo‘lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham o‘zi-
nikiga qo‘shib ko‘taradi. Bu yerda «Kemaga tushganning joni bir»
degan maqolga amal qilinadi.
b)
Mas’uliyati cheklangan firma.
Uning kapitali sheriklarning pay
puli (hissasi) hisobidan shakllanadi. Shunday firmalar nomiga «limited»
degan so‘z qo‘shiladi, bu inglizcha «cheklangan» degan ma’noni
bildiradi. Bunday firmaning majburiyati faqat dastlabki (nizom)
kapitali bilan ta’minlanadi. Uning to‘lov majburiyatidagi bundan
ortiqcha bo‘lgan qarzni hech qanday yo‘l bilan undirib bo‘lmaydi.
Mas’uliyati cheklangan firmalarning hozirda eng keng tarqalgan shakli
aksiyadorlik — hissadorlik jamiyatlari (AJ) yoki korporatsiyalardir.
Jamiyat kapitaliga qarab maxsus qiymatli qog‘oz — aksiya chiqaradi.
Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadilar va foydadan o‘z
hissasi — ya’ni aksiyasi miqdoriga qarab dividend degan daromad
oladilar. Hissadorlik jamiyatlari 2 xil bo‘ladi: 1) 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish