O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

3-BOB. ÒADBIRKORLIK
3.1. Biznes va uning turlari
Bozor iqtisodiyoti biznesga asoslanadi. 
Biznes
inglizcha (business)
so‘z bo‘lib, ish, faoliyat, mashg‘ulot degan ma’noni anglatadi. Biznes-
ga iqtisod ilmida quyidagicha ta’rif beriladi:
«Biznes — bu ayrim kishilarning yoki korxona-tashkilotga
birlashgan kishilarning tavakkaliga pul qo‘yib, undan foyda ko‘rishga
yoki puldan pul chiqarib olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatidir».
Biznesni tadbirkorlik va ishbilarmonlik deb ham ataydilar.
Biznes degani keng ma’noda pul topishni, pul qilishni bildiradi.
Ammo bu har qanday yo‘l bilan pul topish emas, balki kishilarga
naf keltiradigan, ularning hojatini chiqaradigan, og‘irini yengil
qiladigan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir. O‘g‘rilik, bosqin-
chilik, reket yoki qalloblik yo‘li bilan ham pul topiladi, lekin bu biznes
emas.
Biznes — bu kommersiya ishi, ya’ni tekinga emas, balki pulga
ishlashdir. Ammo biznes yollanib ishlashdan farq qiladi. Biznesmen,
ya’ni bizneschining o‘z ishi bor, u mustaqil, o‘z kapitaliga ega, uni
bironta ishga qo‘yadi, u birovga qaram emas. Yollanib ishlovchining
o‘z ishi yo‘q, birovlarning qo‘lida ishlaydi, kapital sohibi ham emas, u
ish beruvchiga qaram.
Biznesda yaratuvchilik bo‘lganda tadbirkorlik kelib chiqadi. Masalan,
yer, pul, uy yoki avtomashina egasi uni o‘zi ishlatib xizmat ko‘rsat-
ganda yoki mahsulot yaratganda u tadbirkor bo‘ladi. Agar bu mulk
egasi uni ijaraga bersa, ijaraga olib ishlatuvchi, ya’ni tovarlar va xiz-
matlar yaratuvchi tadbirkorlik qilgan bo‘ladi. Mulk egasi esa ijara biznesi
bilan shug‘ullangan bo‘ladi, lekin tadbirkor emas. Katta puldorlar ham
borki, ular pulidan kelgan foiz hisobidan boylik orttiradilar yoki pulini
(ko‘pincha valutani) qarzga berib sudxo‘rlik qiladilar. Bular ham pultopar
bizneschilar, lekin tadbirkorlar emas.
Biznes — eng avval qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan
shug‘ullanib pul topishdir. O‘zining xarakteriga qarab biznes
ochiq — qonuniy va yashirin — g‘ayriqonuniy bo‘ladi. Ruxsat berilgan
biznes qonuniydir, u oshkora olib boriladi. Ochiq biznes – bu kishilar
hayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin biznes qonun yo‘li
bilan taqiqlangan biznesdir. Bunga misol qilib narkobiznesni va qurol-


2 7
yarog‘ biznesini olish mumkin, bular kishilarning, ayniqsa, yoshlarning
sog‘lig‘iga putur yetkazadi, ularni yomon yo‘lga boshlaydi.
Biznes turlari uning natijasida qanday tovar va xizmatlar
yaratilishiga va qaysi sohada yuz berishiga qarab farqlanishi quyidagi
chizmada ko‘rsatilgan:
Sanoat biznesi
Agro (qishloq
xo‘jaligi) biznesi
Sayohat biznesi
Moliya biznesi
Savdo biznesi
Tibbiyot biznesi
Sport biznesi
Biznes turlari
Shou (tomosha)
biznesi
Pulli — kommersiya faoliyat turlari qanchalik ko‘p bo‘lsa,
shunchalik biznes turlari ham ko‘p bo‘ladi, biznes miqyosi kengayadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish