yopiq jamiyat,
uning
aksiyalari ma’lum kishilar, masalan, faqat korxona ishchi va
xizmatchilariga sotiladi; 2)
ochiq jamiyat,
uning aksiyalari hamma
xohlovchilarga erkin sotiladi. Aksiya egasi korxonada ishlashi shart
emas. Firmalar birlashmasi ham bo‘ladi. Bularning eng ko‘p
uchraydigan turi xoldingdir. Xoldingdagi bosh korxonani ona korxona
deb ataydilar. Uning atrofida bola korxonalar (qiz korxonalar)
birlashadi. Xoldingning maqsadi korxonalar mustaqilligi saqlangan
holda ular ishini muvofiqlashtirish bo‘ladi. Misol uchun quyidagi
chizmadan neft xoldingi tarkibini ko‘rib chiqamiz:
3 2
Òadbirkorlik riski — bu tadbirkorning mo‘ljallagan maqsadiga
erisha olmay qolish xavf-xatari.
Yirik firmalarning turli yerlarda, hatto chet elda filiallari —
shoxobchalari bo‘ladi, lekin ular mustaqil bo‘lmaganidan bosh firmaning
bir qismi sifatida ish yuritadilar. Kimga tegishli bo‘lishiga qarab firmalar
milliy, xorijiy, aralash (milliy-xorijiy), millatlararo yoki xalqaro bo‘ladi.
Xalqaro firmaga misol qilib DEU korporatsiyasini olish mumkin. Òurli
mamlakatlar kapitaliga tayangan va xalqaro miqyosda ish yurituvchi
firmalar transmilliy korporatsiyalar (ÒMK) deb yuritiladi.
3.6. Òadbirkorlik riski
Risk
inglizcha (risk) so‘z bo‘lib, tavakkalchilik degan ma’noni
anglatadi. Riskka bozorning hamma ishtirokchilari kabi tadbirkorlar
ham yo‘liqadi. Xo‘sh, risk nima?
Savdo-moliya va
servis sho‘ba
korxonasi
Neft mahsulotlarini
yetkazib beruvchi
sho‘ba korxona
Neft xoldingi
(bosh korxona)
Neftni qayta
ishlovchi sho‘ba
korxona
Geologiya-qidiruv
sho‘ba korxonasi
Neft qazib oluvchi
sho‘ba korxona
Risk iqtisodda bor narsa, lekin bir firma riski katta bo‘lsa,
boshqasiniki kichik bo‘ladi. Riskning sababi bozorda noaniqlik
bo‘lishidir. Firmalar g‘oyat ko‘p, ular bir-biridan alohida, mustaqil
ish yuritadi, o‘zaro raqobatlashadi, bir firma boshqasi nima ish qilishini
oldindan bilmaydi, ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi vosita bozordir,
ular nima qilganligi bozorda ma’lum bo‘ladi. Firmalar yaxshi ishlagan
bo‘lsa, tovarlari sotiladi, foydasi ko‘payadi, yomon ishlagan bo‘lsa,
buning aksi yuz beradi. Firma bozordan kelgan signal — axborotga
qarab ishlaydi. Bu axborot simmetrik va asimmetrik bo‘ladi. Simmetrik
axborot — bu haqiqiy bo‘lib, bozordagi real holatni bildiradi.
Asimmetrik axborot bozordagi holatni to‘la va real aks ettirmaydi.
Axborot haqiqiy bo‘lmay, vaziyatni chala aks ettirgan holda firma
unga binoan ish qilganida riskka duch keladi.
3 3
Firma riskining uch turi bor:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |