Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Rossiyaning qaysi tarmoq va sohalari geosiyosiy ahamiyat kasb etadi?
2. Rossiya uchun eng dolzarb muammolar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Rossiya qanday tashqi siyosat olib boradi va u geosiyosatga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
4. Rossiya siyosati haqida o‘z fikr-mulohazalaringizni ayting.
57-§. GEOSIYOSIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA AQSHNING O‘RNI
1783-yilda Amerika bilan Angliya o‘rtasida imzolangan Versal
shartnomasi AQShning Angliya ustidan g‘alabasini
tasdiqladi va
bu shartnoma hozirgi vaqtda ham dunyodagi eng qudratli davlatga
poydevorlik vazifasini o‘tamoqda.
XX asr oxiri va XXI asr boshida AQSh uchun globallashuv
g‘oyalarini hayotga tadbiq etish kundan kunga qiyin bo‘lib bor-
moqda. XX asr 80-yillarining o‘rtalariga
kelib AQSh eksport-
import «urush»ida eng muhim pozitsiyalaridan mahrum bo‘ldi.
Xuddi shunday vaziyat kapital eksportida ham yuz berdi. hozirgi
vaqtda AQSh o‘ziga eng yaqin turgan Yaponiya va Germaniya-
ning «nafasi»ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
barchasida sezib
turibdi.
Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati
bo‘yicha AQSh dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo‘q
hisoblanadi. Chunki AQSh bilan ikkinchi o‘rinda
borayotgan
Yaponiya o‘rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni tashkil etadi.
Bugungi kunda AQSh xalqlar taqdirini hal qilishdek murak-
kab va mas’uliyatli bo‘lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlay-
di Prezident J. Bush. U AQSh
Yevrosiyo uchun aniq va rav-
shan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi lozim,
deb hisobla-
moqda.
AQSh g‘oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy
rolni materik g‘arbidagi Fransiya va Germaniya o‘ynaydi. Materik
sharqida Xitoy mavqeyining kundan kunga oshib borish Vashing-
ton bilan Pekin o‘rtasida siyosiy konsensus o‘rnatishni
taqozo
etmoqda. Bu o‘rinda AQSh geosiyosatchilari, avvalo Z. Bjezinskiy
fikriga ko‘ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki
mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi
lozim. Rossiya janubida vujudga kelgan etnik mojarolarni «buyuk
149
?
www.ziyouz.com kutubxonasi
davlat»lar (AQSh, Xitoy, Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qi-
lishlari kerak.
AQSh geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy
NATO va
Yevropa ittifoqini sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish
lozim, deb hisoblashmoqda. hozirgi kunga kelib Sharqiy Yevropa
mamlakatlaridan Polsha, Chexiya, Vengriya NATO a’zolari bo‘ldi-
lar va Yevropa Ittifoqiga qabul qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo‘yi
davlatlari — Latviya, Litva, Estoniya va boshqa Sharqiy Yevropa
davlatlari 2006-yilda esa Bolgariya
va Ruminiya davlatlari ham
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga
2010-yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainani NATO ga qabul qilinishi
kiritilmoqda. Shunday qilib, AQSh geosiyosatchilari bashorat qil-
gan dunyoning yangi geosiyosiy holati shakllana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: