3 -
bo'lakchalar;
4
- teri osti yog'
Aksincha, M yuller naychasi rivojlansa, indifferent hujayralardan
tuxumdon hosil bo‘ladi. Volf naychasining tuxumdon bilan qo‘shilib turgan
qismidan boshqa hammasi yo'qolib ketadi. Myuller naychasining yuqori
qismi rivojlanib, bachadon naylariga aylanadi, qolgan qismlari o'zaro
qo'shiladi, ular o'rtasidagi devorlar yo‘qolib, umumiy bo'shliq hosil bo'ladi.
Ana shu bo'shliqdan bachadon va qin rivojlanadi.
Tashqi tanosil a’zolari quyidagicha rivojlanadi. Embrion rivojlani
shining sakkizinchi haftasida tananing pastki qismida kloakaga ochiladigan
teshik vujudga keladi. Keyinchalik ana shu teshik tepasida tanosil
do'm bog'i va ikki yonboshida teri burmasi paydo bo'ladi. Yuqorida
ko'rsatilgandek, ichki tanosil a’zolari o 'g 'il bola tomonga moyil o'sa-
yotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'idan olat va siydik chiqarish yo'li o'sadi.
Aksincha, qiz bola o'sayotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'i sekin o'sib
klitor paydo bo'ladi. Teri burmalari esa o 'g 'il bolalardagi singari o'sib,
ularning chetlari o'zaro qo'shilmaydi. Natijada kichik va kalta uyatli
lablar vujudga keladi.
Qorin bo'shlig'ida paydo bo'lgan moyak asta-sekin pastga tusha bosh-
lashi bilan bir vaqtda rivojlanib boradi. Moyak bola tug'ilishiga bir oy
chamasi qolganda yoki tug'ilgandan so'ng chov kanali orqali chiqib,
yorg'oqqa tushadi.
Moyak 13— 14 yoshgacha asta-sekin rivojlanadi, so'ngra o'sish juda
tezlashadi. Jinsiy tafovut (belgilar) bolalarning (5— 8) yoshlik davrida
sekin o'sib, balog'at yoshida tez avj oladi.
SIYDIK-TANOSIL A’ZOLARINING ANOMALIYALARI
Siydik a’zolari rivojlanish davrida g'ayritabiiy tuzilishlar ham uchraydi.
Ayrim odamlarda ikkita buyrakdan tashqari uchinchi buyrak ham rivojlanadi
yoki ikkita buyrak qo'shilib, bitta katta taqasimon buyrakni hosil qilishi,
qovuqning old devori ochiq holda rivojlanishi mumkin.
Siydik chiqarish nayi erlik olatining ustida yoki ostki tomonida
bekilmasdan, ochiq (ariqcha shaklida) qolishi mumkin.
Tanosil a’zolarining noto'g'ri rivojlanishi natijasida turlicha anomaliyalar
paydo bo'ladi.
Ba’zan yorg'oqqa moyaklar tushmay, qorin bo'shlig'ida yoki chov
kanali ichida qolishi kuzatiladi. Ayrim hollarda ikki jin slilik -
germafroditizm holati ham uchraydi. Bunda mavjud a’zolardan biri (erlik
yoki ayollik a ’zosi) ustun turadi. Ayollarda klitor taraqqiy etib, erlik
olatiga o'xshab qoladi. Ba’zida qo'shimcha tuxumdon paydo bo'ladi.
Bachadon va qin rivojlanishida ular o'rtasidagi devor yo'qolmasdan qolishi
mumkin. Bunda bachadon va qin bo'shliqlari ikkiga bo'linadi. Bachadon
tubining ikki shoxga ajralishi yoki ikkita mustaqil bachadon vujudga
kelishi singari hodisalar ham kuzatiladi.
1. Siydik ajratish va chiqarish a’zolari qaysi a’zolardan tuzilgan, ularning funksiyasi.
2. Buyrak tuzilishi, joylashgan o‘rni, topografiyasi.
3. Buyrak pardalari qanday bo'ladi?
4. Siydik qanday ajraladi, nefronning tuzilishi va uning har qaysi buyrakdagi
miqdori va vazifasi.
5. Siydik yo'lining tuzilishi va joylashgan o'rni, vazifasi.
6. Qovuqning tuzilishi va funksiyasi.
7. Qovuq erkaklarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
8. Qovuq ayollarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
9. Qovuqdan siydik qaysi nay orqali tashqariga chiqadi? Uning tuzilishi.
10. Erkaklarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
11. Ayollarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
12. Erkaklaming ichki tanosil a’zolari.
13. Moyak (urug'donning) tuzilishi.
14. Moyak ortig'ining tuzilishi va vazifasi.
15. Moyak pardalari.
16. Urug' chiqarish yo'llari.
17. Urug' pufakchalari.
18. Urug' tizimchasi.
19. Prostata va Kuper bezlari va vazifalari.
20. Tashqi tanosil a’zolari.
21. Erlik olatining tuzilishi.
22. Yorg'oqning tuzilishi va vazifasi.
23. Urug'ning tuzilishi va vazifasi.
23. Ayollarning tanosil a’zolari.
24. Ichki tanosil a’zolari.
25. Tuxumdonning tuzilishi, joylashgan joyi, vazifasi.
26. Follikulning tuzilishi.
27. Ayollar tuxumining yelilishi.
28. Tuxumdon yuzasida sariq tananing paydo bo'lish sababi.
29. Klimaks nima?
30. Bachadon nayi, joylashgan joyi, qismlari.
31. Nay shilliq qavatining ayol tuxumi harakatidagi roli.
32. Bachadonning tuzilishi. Uning qismlari va joylashgan o'rni.
33. Qorin parda bachadonni qanday o'ragan?
34. Bachadon boylamlari.
35. Bachadonning homiladorlik davridagi tuzilishi.
36. Bachadondan tashqaridagi homiladorlik.
37. Qinning tuzilishi va joylashuvi.
38. Ayollarning tashqi tanosil a’zolari.
39. Qizlik pardasining tuzilishi va joylashgan o'rni.
40. Ayollarda qorin parda bo'shlig'ining tashqi muhit bilan qo'shilishini tushun
tiring.
41. Bachadon flziologiyasini tushuntiring.
42. Sut (ko'krak) bezlarining tuzilishi va patologiyasini tushuntiring.
43. Oraliq chegarasi va tuzilishi.
44. Erkaklar oralig'i.
45. Ayollar oralig'ining erkaklar oralig'idan farqi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |