131-rasm. Ayollar oralig'i.
1 -yorg'oq; 2 - oraliqning
siydik-
tanosil diafragma bo'lagi; J-siydik
chiqarish nayi;
4
- siydik chiqarish nayi
bezi; 5,
6
-oraliq ko'ndalang musku
li; 7-orqa teshikning tashqi muskuli;
8
- oraliqning chanoq bo'lagi.
130-rasm. Erkaklar oralig'i.
/-klitor; 2 - kichik uyatli lab;
3, 9 -
oraliqning siydik-tanosil bo'lagi;
4, 8 -
oraliqning ko'ndalang muskullari; 5-
oraliqning chanoq-diafragma bo'lagi;
6 -dumbaning katta muskuli; 7 - orqa
teshikni siquvchi tashqi muskul;
1 0 -
qin; //-siydik
chiqarish nayining
tashqi teshigi.
bo‘lib, chanoqning pastki teshigini qoplab turadi. Oraliqda tashqi tanosil
a’zolari va tashqi teshik joylashgan. Oraliq ikki qism — oldingi siydik-
tanosil diafragmasi va orqadagi chanoq diafragmasiga bo'linadi.
Siydik-tanosil diafragmasi qismi quymich va qov suyaklarining butoqlari
bilan chegaralangan. Bu qismni oraliqning chuqur ko'ndalang muskuli,
siydik chiqarish nayining chiquvchi muskullari va fassiyalari qoplab turadi.
Bundan tashqari, siydik-tanosil diafragmasi yuzasida piyoz-g'ovak muskuli
joylashgan. Bu muskul siydik va erkaklik urug'i (spermatozoid)
suyuqligini
chiqarishga xizmat qiladi. Ayollarda esa qinga kirish qismini siqadi.
Quymich-g'ovak muskuli esa qisqarib, vena qonining oqishini qiyinlash-
tiradi, bu bilan erkaklarda olatni, ayollarda klitomi qo'zg'atadi. Erkaklar-
ning siydik-tanosil diafragmasi orqali siydik chiqarish nayi,
ayollarda esa
siydik chiqarish nayi bilan qin o'tadi.
Oraliqning chanoq diafragmasi oldingi siydik-tanosil diafragmasiga
qaraganda kattaroq. Oraliqning bu bo'lagi gumbaz shaklida tuzilgan.
Chanoq gumbazi bilan quymich suyagi oralig'ida hosil bo'lgan to'g'ri
ichak quymich bo'shlig'ini yog' to'qimalari to'ldirib turadi va nerv ham
da qon tomirlari o'tadi.
Chanoq diafragmasidan o'tgan to'g'ri ichak orqa teshik bo'lib tugay
di. Orqa teshikning atrofini teri ostida joylashgan orqa teshikning yuza
siquvchi muskuli o'rab turadi.
Sut bezlari
(132-rasm) bir juft bo'lib, katta ko'krak muskulining
ustida joylashgan. Shuning uchun ular ko'krak bezlari deb ham ataladi.
Sut bezlari ter bezlaridan tuzilgan bo'lib, sut ishlab chiqarishga moslashib
rivojlangan. Sut bezlari yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (qiz va o'g'il bolalarda
ham) bir xil bo'lib, qizlar balog'atga
yetishi bilan sut bezlari kattalashib, sut
ishlab chiqaradigan
bezlar takomillasha-
di. Sut bezining kattalashishi homilador
lik davrida ayniqsa zo'rayadi.
Sut bezlarining uchida so'rg'ich va
uning atrofida pigmentga
boy doira
bo'ladi. Doira sohasida mayda bezlar
b o 'lg a n lig i tufayli tekis em as. Sut
bezlarining uchi 15—20 ta alohida bez
b o'laklaridan iborat bo'lib, ularning
uchlari s o 'rg 'ic h tomon yo 'n alg an .
Bo'lakchalar biriktiruvchi to'qima devor
lari bilan ajralib turadi. Har bir bo'lak-
cha o'z navbatida
sut ishlab chiqaruvchi
bezlardan iborat bo'lib, ular mayda sut
y o 'lla ri orqali b ir-b irig a q o 'sh ilib ,
bo'lakcha sut chiqarish yo'lini (15— 20
ta) hosil qiladi. Bu yo'llar so'rg'ichga
yaqinlashganda bir-biri bilan qo'shilib, 8—
10 ta teshik ochiladi.
qavati; j-ten.
TANOSIL A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
Sakkiz haftalik embrion umurtqa pog'onasining ikki yonida indiffe
rent (jinsiy jihatdan tafovut etilmagan) hujayralar paydo bo'ladi. Buning
pastrog'ida Volf tanasi («Buyrakning rivojlanishi»ga qaralsin) deb ataluvchi
naychalar joylashgan. V olf tanasining pastki uchi bilan M yuller
naychasining pastki uchlari siydik-tanosil bo'shlig'iga ochiladi. Agar Volf
tanasi va uning ustida joylashgan hujayralar Myuller naychasiga qaraganda
tezroq o'sadigan bo'lsa, u holda bu hujayradan erkak tanosil bezi —
moyagi rivojlanadi va uning ichida burmalar va to'g'ri
naychalar paydo
bo'ladi. Volf naychasining siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismidan
urug' pufakchasi vujudga keladi. Bu vaqtda Myuller naychasining ko'p
qismi yo'qoladi. Ulardan faqat siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismi
saqlanib, «erkaklar bachadoni»ga (prostata bezining ichida siydik chiqarish
yo'lida) aylanadi.
132-rasm. Sul bezi.
/-so'rg'ich; 2 -sut yo'llari;
Download
Do'stlaringiz bilan baham: