O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet164/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

3 -
bo'lakchalar; 
4
- teri osti yog'


Aksincha, M yuller naychasi rivojlansa, indifferent hujayralardan 
tuxumdon hosil bo‘ladi. Volf naychasining tuxumdon bilan qo‘shilib turgan 
qismidan boshqa hammasi yo'qolib ketadi. Myuller naychasining yuqori 
qismi rivojlanib, bachadon naylariga aylanadi, qolgan qismlari o'zaro 
qo'shiladi, ular o'rtasidagi devorlar yo‘qolib, umumiy bo'shliq hosil bo'ladi. 
Ana shu bo'shliqdan bachadon va qin rivojlanadi.
Tashqi tanosil a’zolari quyidagicha rivojlanadi. Embrion rivojlani­
shining sakkizinchi haftasida tananing pastki qismida kloakaga ochiladigan 
teshik vujudga keladi. Keyinchalik ana shu teshik tepasida tanosil 
do'm bog'i va ikki yonboshida teri burmasi paydo bo'ladi. Yuqorida 
ko'rsatilgandek, ichki tanosil a’zolari o 'g 'il bola tomonga moyil o'sa- 
yotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'idan olat va siydik chiqarish yo'li o'sadi. 
Aksincha, qiz bola o'sayotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'i sekin o'sib 
klitor paydo bo'ladi. Teri burmalari esa o 'g 'il bolalardagi singari o'sib, 
ularning chetlari o'zaro qo'shilmaydi. Natijada kichik va kalta uyatli 
lablar vujudga keladi.
Qorin bo'shlig'ida paydo bo'lgan moyak asta-sekin pastga tusha bosh- 
lashi bilan bir vaqtda rivojlanib boradi. Moyak bola tug'ilishiga bir oy 
chamasi qolganda yoki tug'ilgandan so'ng chov kanali orqali chiqib, 
yorg'oqqa tushadi.
Moyak 13— 14 yoshgacha asta-sekin rivojlanadi, so'ngra o'sish juda 
tezlashadi. Jinsiy tafovut (belgilar) bolalarning (5— 8) yoshlik davrida 
sekin o'sib, balog'at yoshida tez avj oladi.
SIYDIK-TANOSIL A’ZOLARINING ANOMALIYALARI
Siydik a’zolari rivojlanish davrida g'ayritabiiy tuzilishlar ham uchraydi. 
Ayrim odamlarda ikkita buyrakdan tashqari uchinchi buyrak ham rivojlanadi 
yoki ikkita buyrak qo'shilib, bitta katta taqasimon buyrakni hosil qilishi, 
qovuqning old devori ochiq holda rivojlanishi mumkin.
Siydik chiqarish nayi erlik olatining ustida yoki ostki tomonida 
bekilmasdan, ochiq (ariqcha shaklida) qolishi mumkin.
Tanosil a’zolarining noto'g'ri rivojlanishi natijasida turlicha anomaliyalar 
paydo bo'ladi.
Ba’zan yorg'oqqa moyaklar tushmay, qorin bo'shlig'ida yoki chov 
kanali ichida qolishi kuzatiladi. Ayrim hollarda ikki jin slilik -
germafroditizm holati ham uchraydi. Bunda mavjud a’zolardan biri (erlik 
yoki ayollik a ’zosi) ustun turadi. Ayollarda klitor taraqqiy etib, erlik 
olatiga o'xshab qoladi. Ba’zida qo'shimcha tuxumdon paydo bo'ladi. 
Bachadon va qin rivojlanishida ular o'rtasidagi devor yo'qolmasdan qolishi 
mumkin. Bunda bachadon va qin bo'shliqlari ikkiga bo'linadi. Bachadon 
tubining ikki shoxga ajralishi yoki ikkita mustaqil bachadon vujudga 
kelishi singari hodisalar ham kuzatiladi.


1. Siydik ajratish va chiqarish a’zolari qaysi a’zolardan tuzilgan, ularning funksiyasi.
2. Buyrak tuzilishi, joylashgan o‘rni, topografiyasi.
3. Buyrak pardalari qanday bo'ladi?
4. Siydik qanday ajraladi, nefronning tuzilishi va uning har qaysi buyrakdagi 
miqdori va vazifasi.
5. Siydik yo'lining tuzilishi va joylashgan o'rni, vazifasi.
6. Qovuqning tuzilishi va funksiyasi.
7. Qovuq erkaklarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
8. Qovuq ayollarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
9. Qovuqdan siydik qaysi nay orqali tashqariga chiqadi? Uning tuzilishi.
10. Erkaklarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
11. Ayollarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
12. Erkaklaming ichki tanosil a’zolari.
13. Moyak (urug'donning) tuzilishi.
14. Moyak ortig'ining tuzilishi va vazifasi.
15. Moyak pardalari.
16. Urug' chiqarish yo'llari.
17. Urug' pufakchalari.
18. Urug' tizimchasi.
19. Prostata va Kuper bezlari va vazifalari.
20. Tashqi tanosil a’zolari.
21. Erlik olatining tuzilishi.
22. Yorg'oqning tuzilishi va vazifasi.
23. Urug'ning tuzilishi va vazifasi.
23. Ayollarning tanosil a’zolari.
24. Ichki tanosil a’zolari.
25. Tuxumdonning tuzilishi, joylashgan joyi, vazifasi.
26. Follikulning tuzilishi.
27. Ayollar tuxumining yelilishi.
28. Tuxumdon yuzasida sariq tananing paydo bo'lish sababi.
29. Klimaks nima?
30. Bachadon nayi, joylashgan joyi, qismlari.
31. Nay shilliq qavatining ayol tuxumi harakatidagi roli.
32. Bachadonning tuzilishi. Uning qismlari va joylashgan o'rni.
33. Qorin parda bachadonni qanday o'ragan?
34. Bachadon boylamlari.
35. Bachadonning homiladorlik davridagi tuzilishi.
36. Bachadondan tashqaridagi homiladorlik.
37. Qinning tuzilishi va joylashuvi.
38. Ayollarning tashqi tanosil a’zolari.
39. Qizlik pardasining tuzilishi va joylashgan o'rni.
40. Ayollarda qorin parda bo'shlig'ining tashqi muhit bilan qo'shilishini tushun­
tiring.
41. Bachadon flziologiyasini tushuntiring.
42. Sut (ko'krak) bezlarining tuzilishi va patologiyasini tushuntiring.


43. Oraliq chegarasi va tuzilishi.
44. Erkaklar oralig'i.
45. Ayollar oralig'ining erkaklar oralig'idan farqi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish