O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


SIYDIK A’ZOLARINING RIVOJLANISHI


bet156/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

SIYDIK A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
Buyrak rivojlanishida uch davr farq qilinadi:
1. Boshlang'ich (bosh) buyrak—pronefroz embrion rivojlanishining 
uchinchi haftalarida mezodermadan paydo bo'lgan 5—7 ta kalta naychadan 
tuzilgan. Bu naychalar qorin bo'shlig'ining orqa devorida joylashgan bo'lib, 
ulaming tashqi uchlari qo'shilib, bitta umumiy yo'l hosil qiladi. Naychalar- 
ning bir oz kengaygan medial uchlari qarshisiga arteriya mayda tarmoqlari 
keladi. Odamda pronefroz ishlamasdan to'rtinchi haftada yo'qoladi.
2. Birlamchi buyrak—mezonefroz yoki Volf tanasi naychalari bosh 
buyrak naychalaridan pastroqda mezodermadan embrion rivojlanishining 
to'rtinchi haftalarida paydo bo'ladi. Naychalar uchi bosh buyrakning 
umumiy yo'liga qo'shiladi, so'ngra bu yo'l birlamchi buyrak yo'li Volf 
kanaliga aylanib qoladi. Naychalarning ikkinchi (medial) uchlari borib- 
borib xaltacha shakliga aylanadi. Bu xaltacha ichiga arteriya kapillyarlaridan 
hosil bo'lgan chigal koptokcha joylashadi. Xaltacha bilan arteriya chigali 
buyrak tanasini paydo qiladi. Embrion o'sish davrida Volf kanalining 
yuqori qismidan paydo bo'lgan buyrak tanachalari shimilib yo'qoladi, 
ular o'rnida pastroqda yangi tanachalar vujudga keladi. Birlamchi buyrak


embrion rivojlanishining ikkinchi oyida vazifasini bajarib, uchinchi oyida 
rivojlanayotgan doimiy buyrakka o'rin beradi.
3. Doimiy buyrak — metanefroz ikki qism — ikki joydan rivojlanadi. 
Jumladan, buyrak va uning siydik chiqarish qismi nefrotomlar (mezoderma) 
dan alohida rivojlanadi. Keyinchalik buyrak tanasi naychalar orqali siydik 
yig'uvchi naychalarga qo'shiladi va buyrak piramidasi hosil bo'ladi. Bu 
vaqtda Volf nayining pastki qismidan siydik yo'li vujudga keladi. Siydik 
yo'li yuqoriga qarab o'sib, uning uchidan buyrak jomi, buyrakning katta 
va kichik kosachalari rivojlanadi. Keyinchalik ulardan siydik yig'uvchi 
mayda yo'llar paydo bo'lib, buyrakning siydik ajratuvchi qismi (nefron) 
bilan qo'shiladi va bir butun sistemani, ya’ni siydik ajratish va chiqarish 
yo'lini hosil qiladi.
Qovuq birlamchi ichak nayining pastki kengaygan joyi (kloaka) dan 
rivojlanadi. Embrion rivojlanishida kloaka ketma-ket joylashgan ikki qismga 
ajraladi. Orqadagi qismidan to 'g 'ri ichak rivojlanadi. Kloaka oldingi 
bo'lagining ustki qismidan qovuq, pastki qismidan esa siydik va tanosil 
bo'shlig'i rivojlanadi. Bo'lg'usi qovuq (siydik pufagi) embrionda naycha 
shaklida bo'lib, kindik orqali ona organizmiga siydikni o'tkazib turadi. 
Bola tug'ilib kindik kesilgandan so'ng, siydik yo'lining tepa qismi burishib, 
boylamga o'tadi. Pastki qismidan esa qovuq hosil bo'ladi. Bu vaqtda 
siydik-tanosil bo'shlig'idan siydik chiqarish yo'li rivojlanadi.
TANOSIL A’ZOLARI
Tanosil (jinsiy) a’zolari funksiyasiga qarab erkak va ayollar tanosil 
a’zolariga, o'z navbatida joylanish o'rniga qarab ichki va tashqi tanosil 
a’zolariga bo'linadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish