O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


buyrak b o'sh lig'i; 6 - buyrak arteriyasi; 7 -


bet152/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

buyrak b o'sh lig'i; 6 - buyrak arteriyasi; 7 -
buyrak venasi; 
8
 - siydik y o 'li; 9 -b u y r a k
jom i; 
1 0 -
kichik kosacha; 
I I
- katta kosacha.
bo'shlig'ining orqa tomonida muskul va diafragmaga tegib turadi. Qorin 
parda buyraklarni faqat old tomondan berkitadi. Qorin bo'shlig'i o'ng 
tomonining yuqori qismida jigar joylashganligi uchun o'ng buyrak usti 
qismiga jigar chap bo'lagining pastki yuzasi tegib turadi. Shuning uchun 
o 'n g buyrak, chap buyrakka nisbatan pastroqda joylashadi. Chap 
buyrakning yuqori uchi II — III bel umurtqalarining oralig'iga to 'g 'ri 
keladi.
Ikki pallaga ajratilgan buyrakda uning tashqi tomonida joylashgan 
jigar rangli, qalinligi 
A
— 5 mm keladigan buyrak po'sti moddasini va 
ichki tomonda alohida-alohida to'dalashib, piramida shaklida joylashgan 
miya (oq) moddasini ko'rish mumkin.
Piramidalarning keng tomoni buyrak po'sti tomoniga, so 'rg 'ich
shaklidagi uchi buyrak bo'shlig'iga qarab o'rnashgan. Piramidalar taxmi­
nan 1 mln mayda kanalchalar (nefronlar)dan tuzilgan. Kanalchalaming 
oxirgi uchi qovuzloq shaklidagi Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi buyrak 
po'sti moddasida joylashgan. Kapsulaning ichkarisini arteriya qon tomiri 
kapillar koptokchasi to'ldirib turadi. Ana shu joyda kapillarlardan qondagi 
suyuqlik (suv va mineral) tuzlar ajraladi. Bu suyuqlik (birlamchi siydik) 
kapsuladan ketuvchi yuqoridagi ilon izi shaklidagi birlamchi buralma 
naychaga, undan to'g'ri naychaga o'tadi. To'g'ri naycha bukilib, yana 
yuqoriga ko'tarilib, ikkinchi buralma naychaga, undan qo'shuvchi naycha 
orqali siydik yig'uvchi, so'ngra to 'g 'ri naychaga o'tadi. Bir qancha (15— 
20 ta) to'g'ri naychalar qo'shilib, so'rg'ich yo'li orqali piramida uchiga 
ochiladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi, birlamchi buralma naycha, 
ikkilamchi buralma naycha va qo'shuvchi naycha birgalikda buyrak asosi
— nefronni hosil qiladi. Suv va mineral tuzlar, boshqa kerakli moddalar 
(birlamchi siydik) birlamchi va ikkilamchi buralma naychalardan o'ta


turib, organizmga qaytadan shimiladi, natijada haqiqiy siydik paydo bo'ladi. 
Siydik piramida so‘rg‘ichidan uni o'rab turgan kichik kosachalarga o'tadi. 
Kichik kosachalar 8—9 ta bo'lib, 2— 3 ta kosacha qo'shilishi natijasida 
ikki-uchta katta kosacha hosil qiladi. Kosachalar qo'shilishidan buyrak 
jomi hosil bo'ladi. Jom buyrak darvozasidan chiqishi bilan siydik yo'li 
nomi bilan davom etib qovuqqa ochiladi.
Buyrak topografiyasi.
Buyraklarning orqa yuzasi qorin devoriga 
(muskullarga) va diafragmaga tegib turadi. Har ikkala buyrakning yuqori 
uchi buyrak usti bezi bilan qoplangan. O'ng buyrakning oldingi yuzasi tepadan 
jigarga, pastki qismi chambar ichakning o'ng burmasiga, ichki qirg'og'iga 
esa o'n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi bo'lagi tegib turadi.
Chap buyrak oldingi yuzasining tepa qismi me’da osti beziga, pastki 
qismi esa och ichak bilan chambar ichak chap burmasiga tegib turadi. 
Buyrakning tashqi qirg'og'i taloqqa tegib joylashgan.
Buyrak fibroz to'qimadan tuzilgan parda bilan o'ralgan bo'lib, uning 
tashqarisini yog' qatlami (pardasi) qoplaydi. Yog'li pardaning ko'p yoki 
oz bo'lishi odamning semiz-ozg'inligiga bog'liq. Yog'li parda ustidan 
fassiya o'raydi. Buyrakning o 'z joyida qimirlamasdan turishida yuqorida
keltirilgan pardalar va fassiyadan 
tashqari qorin b o 's h lig 'id a g i 
bosim, buyrak qon tomirlari va 
buyrakka tegib turgan a’zolar 
katta rol o'ynaydi.
Buyrak qon tomirlari.
Qorin 
aortasidan chiqqan buyrak arte­
riy a si b u y rak d a rv o z a sid a n
ichkariga kirib, uchta (tepa, o'rta 
va pastki) 
tarmoqqa bo'linadi. 
Bu tarmoqlar segmertlar ora­
liq arteriyasini beradi. Oxiri 
Shumlyanskiy-Boumen kapsu- 
lasiga kiruvchi arteriyalarga o'tadi 
va shu k a p su la n in g u ch id a 
kapillarlar tomir chigalini hosil 
qiladi. So'ngra qaytib chiquvchi 
arteriya nomi bilan kapsuladan 
c h iq ib , n e fro n (1 2 3 -ra s m ) 
naychalarini o'rab, venula va 
venaga o'tadi. Bunga arteriya- 
n ing ajo y ib t o 'r i d e y ila d i. 
Kapsulaga kiruvchi arteriya de­
vorida muskul qavati borligi

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish